13 Iyul 2022

YEK delegatsiyasi Toshkentga keldi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEK) hay’ati raisi Mixail Myasnikovich amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

YEK rasmiy saytining xabar berishicha, ikki kunlik tashrif davomida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va O‘zbekistonning YOIIda kuzatuvchi davlat sifatida o‘zaro hamkorligini oshirishga qaratilgan hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.