16 Avgust 2022

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining II Iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Ikkinchi iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri “O‘zekspomarkaz”dan.

Forum boshlanishida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari Erik Ashimov so‘zga chiqdi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, ShHT makonida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Forum dasturida yalpi majlislar, panel sessiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar, «B2B» aloqalari bo’lib o’tadi.

Forum nafaqat hukumatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining oʻzaro hamkorligi, shuningdek, SHHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb qilish uchun samarali maydonga aylanishi koʻzda tutilgan.