04 May 2022

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining majlisi boshlandi

Vengriya hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bugun ertalab Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining 7-majlisi o‘z ishini boshladi.

Anjumanga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto raislik qilmoqda.

Tadbirda, shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, hududlari maʼmuriyatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda tomonlar sarmoyaviy, sanoat, savdo-iqtisodiy, bank-moliya va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, hududlararo hamkorlik sohasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolanishi rejalashtirilgan.