08 May 2022

Toshkentda ShHT turizm forumi boʻlib oʻtadi

19-20-may kunlari tashkilotga aʼzo davlatlarning turizm sohalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasining ShHTning 2022-yilgi sammitiga raisligi doirasida Toshkentda yigʻiladi.

20-may kuni akademik va ishbilarmon doiralar, shuningdek, tashkilotga aʼzo davlatlarning turizm sohasi vakillari ishtirokida “ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” nomli turizm forumi boʻlib oʻtadi. Forumda xalqaro turizmning dolzarb masalalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning madaniy merosini asrab-avaylash va targʻib qilish, shuningdek, turizm va madaniy meros sohasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Yig‘ilishda turizm boshqarmalari rahbarlari turistik sayohatlarni qayta tiklashni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar, turizmning iqtisodiy o‘sish multiplikatori sifatidagi rolini oshiradigan yangi loyiha va dasturlarni ko‘rib chiqadi.

Bo‘lajak yig‘ilishlar kun tartibidan Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Bitim va ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida muzey ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum loyihalarini muvofiqlashtirish ham o‘rin olgan.