17 May 2022

Markaziy bankda Shveysariya Milliy banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda tomonlar Shveytsariya Milliy banki (ShMB) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga DSGE Model loyihasi (dinamik stoxastik umumiy muvozanat modeli) doirasida ko‘rsatilayotgan texnik yordamni muhokama qildilar, uning maqsadi makroiqtisodiy siyosat va mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar iqtisodiyotga ta’sirni tahlil qilishdan iborat.

Shuningdek, ShMB vakillari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qo‘llaniladigan «QPM», «FAVAR», «ARDL» va «VECM» kabi makroiqtisodiy prognozlash modellari bilan tanishdilar.

Tomonlar Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan kelishilgan holda moliyaviy barqarorlik bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilari raqamli moliyalashtirish, naqd pul muomalasi va markaziy banklar faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish sohasida istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.