28 Aprel 2022

O’zbekistonda go’sht importi oshib bormoqda

Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 46,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 10,4 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.

Qoramol goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qoramol goʻshtini import qilgan davlatlar:

  • Belarus — 6,3 ming tonna
  • Qozogʻiston — 2,6 ming tonna
  • Braziliya — 571 tonna
  • Ukraina — 437,5 tonna

Mart oyining boshida Pokiston Oʻzbekistonga goʻsht yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan edi. Dastlab 18 tonna, keyin esa yana 50 konteyner go’sht jo’natilgan.