06 Avgust 2022

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 50 mingga yaqin kichik biznes subyekti tashkil etildi

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, birinchi yarim yillikda yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno) 49 ming 765 tani tashkil etdi.