12 Iyun 2022

JB: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda 4,3 foizga o‘sadi

O‘zbekistonda 2022-yilda YaIM o‘sishi 4,3 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Jahon bankining iyun oyidagi “Jahon iqtisodiy istiqboli” hisobotida aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil aprel oyida bank ekspertlari O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 2022-yilda 3,6 foizgacha sekinlashishini bashorat qilgan edi.

Jahon banki 2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,3 foizni tashkil etishi mumkinligini ta’kidlamoqda, bu bankning yanvar oyidagi prognozidan (5,8 foiz) 0,5 foizga past.