22 Mart 2022

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard AQSH dollarini tashkil etdi

2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard AQSH dollarga teng bo’ldi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 4,1 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘z navbatida, eksport tizimida tovar aylanmasi 3,7 milliard dollar, xizmat ko’rsatish tizimi esa 348,5 million dollar deb belgilandi.
Shuningdek, tashqi savdo aylanmasidagi import hajmi 4,6 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mahsulotlar 4,3 milliard dollarga, xizmatlar esa 304,6 million dollarga import qilindi.