01 Iyul 2022

Jahon banki O‘zbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari uchun 143 million dollar kredit ajratadi

Tashabbus doirasida qayta tiklanadigan energiya loyihalariga investitsiyalar uchun normativ-huquqiy muhitni takomillashtirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston binolarni toza energiya bilan taʼminlash uchun Jahon bankidan imtiyozli kredit oladi, deya xabar beradi Energetika vazirligi 

Vazirlik ITSV va Energiya tejash jamgʻarmasi bilan birgalikda “Oʻzbekistonda binolar uchun toza energiya” loyihasini tayyorladi. Unga koʻra, mamlakatimizning barcha hududlarida 800 dan ortiq taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashabbus energiya tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga investitsiyalarni jalb qilishni tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi JB guruhi tarkibida O‘zbekiston hukumatiga past foiz stavkasida 143 million dollar ajratadi. Kreditni qaytarish muddati 30 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr.

Kredit shartlari bo‘yicha muzokaralar 24-25 may kunlari bo‘lib o‘tdi. Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya salohiyatini safarbar etish sohasidagi yetakchi mavqeini hisobga olgan holda” loyihaga pul ajratishni bir ovozdan ma’qulladi.

Taʼkidlanishicha, loyiha energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya sohalariga sarmoya kiritish uchun ragʻbat yaratishda muhim oʻrin tutadi.