26 May 2022

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda qariyb 155 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 154,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bo‘lgan indeksi 105,9 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng ko‘p ulush sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi ulushi 81,5 fozini tashkil etgan ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri keldi.