﻿{"id":10227,"date":"2023-08-22T22:19:02","date_gmt":"2023-08-22T17:19:02","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=10227"},"modified":"2023-08-22T22:19:02","modified_gmt":"2023-08-22T17:19:02","slug":"prezidenty-uzbekistana-i-azerbajdzhana-obsudili-perspektivy-razvitiya-dvustoronnego-prakticheskogo-sotrudnichestva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezidenty-uzbekistana-i-azerbajdzhana-obsudili-perspektivy-razvitiya-dvustoronnego-prakticheskogo-sotrudnichestva\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar"},"content":{"rendered":"<p><strong>\u00abZug\u2018ulba\u00bb qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Bu haqida davlatimiz rahbari matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/president.uz\/ru\/lists\/view\/6600\">xabar beradi<\/a>.<\/strong> <\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentiga tashrif bilan kelish taklifi hamda O\u2018zbekiston delegatsiyasiga ko\u2018rsatilayotgan samimiy mehmondo\u2018stlik uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Yetakchilar O\u2018zbekiston bilan Ozarbayjon o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, tashqi siyosiy va boshqa idoralar, tahliliy doiralar o\u2018rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur\u2019atda oshib bormoqda. Qo\u2018shma korxonalar soni 4 barobar ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Ozarbayjonda O\u2018zbekiston avtomobillarini yig\u2018ish, ipakchilik va to\u2018qimachilik klasterlari tashkil etilgani samarali hamkorlikka misol bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p>Tashrif arafasida o\u2018tkazilgan biznes forumi natijasida yangi kooperatsiya loyihalari va savdo shartnomalarining salmoqli to\u2018plami shakllantirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari energetika, mashinasozlik, metallurgiya, shaharsozlik, qishloq xo\u2018jaligi, foydali qazilmalar, to\u2018qimachilik, ipakchilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p>Qo\u2018shma loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida O\u2018zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasining samarali faoliyatini ta\u2019minlash muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratildi. O\u2018rta koridor orqali yuk tashishni ko\u2018paytirish, logistika va portlar infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Prezidentlar hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va ilgari surish uchun ikki mamlakat hududlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish muhimligini qayd etdilar.<\/p>\n<p>Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, ta\u2019lim va fan sohasida qo\u2018shma dasturlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p>Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasida sa\u2019y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar, ko\u2018p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqotni va o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abZug\u2018ulba\u00bb qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Bu haqida davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabar beradi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentiga&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10228,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-10227","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10227","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10227"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10227\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10229,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10227\/revisions\/10229"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10228"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10227"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10227"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10227"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}