﻿{"id":10235,"date":"2023-08-23T18:59:20","date_gmt":"2023-08-23T13:59:20","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=10235"},"modified":"2023-08-23T18:59:20","modified_gmt":"2023-08-23T13:59:20","slug":"sostoyalis-peregovory-delegatsij-uzbekistana-i-azerbajdzhana-v-rasshirennom-formate","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/sostoyalis-peregovory-delegatsij-uzbekistana-i-azerbajdzhana-v-rasshirennom-formate\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/6601\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot ximzati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ko\u2018p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari dini bir, qadriyatlari, an\u2019analari, tili va madaniyati o\u2018xshash bo\u2018lgan xalqlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda eng yuksak darajaga ko\u2018tarilganini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston rahbari Ozarbayjon xalqini atoqli davlat arbobi, umummilliy yetakchi Haydar Aliyevning 100 yillik yubiley bilan tabrikladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezidentlar kuni kecha ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida o\u2018tgan biznes forumi yakunlarini yuqori baholadilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Savdo va sanoat kooperatsiyasida jadal o\u2018sish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin yillarda uchinchi mamlakatlardan qimmat importning o\u2018rnini milliy ishlab chiqaruvchilarning arzon va sifatli mahsulotlari bilan bosish orqali tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sanoat kooperatsiyasi xususida so\u2018z borar ekan, Prezidentlar energetika, metallurgiya, foydali qazilmalar, mashinasozlik, elektrotexnika, to\u2018qimachilik, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo\u2018yicha qat\u2019iy kelishuvlarga erishilganini olqishladilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunday loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun qo\u2018shma Investitsiya jamg\u2018armasining mablag\u2018larini faol o\u2018zlashtirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hududlar o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ularning sanoat salohiyatini hisobga olgan holda yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun hududiy ma\u2019muriyatlar rahbarlarining to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqotini va muntazam uchrashuvlarini yo\u2018lga qo\u2018yish g\u2018oyasi qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yetakchilar transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategik jihatdan muhimligini qayd etdilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018tgan yilda O\u2018zbekiston yuklarini Boku porti orqali tashish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Mamlakatimiz bundan buyon ham Ozarbayjonning zamonaviy transport tarmog\u2018idan foydalanib, yuk tashishni ko\u2018paytirish niyatida.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu ma\u2019noda, Transkaspiy yo\u2018lagi doirasida qo\u2018shma logistika kompaniyasini tashkil etish hamda Boku shahri va uchinchi mamlakatlar portlarida omborxona infratuzilmasi va logistika markazlarini barpo etish choralari muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi, shu jumladan Madaniyat va kino kunlari, ijodiy va ilmiy ziyolilar, yoshlar tashkilotlarining uchrashuvlarini o\u2018tkazishga kelishib olindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilish davomida tashqi siyosiy idoralar rahbarlari, Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport va energetika, qishloq xo\u2018jaligi va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yakunda davlat rahbarlari qo\u2018shma \u201cyo\u2018l xarita\u201dlarini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ta\u2019sis etishga topshiriq berdilar.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot ximzati. O\u2018zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10236,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-10235","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10235","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10235"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10235\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10237,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10235\/revisions\/10237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10236"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10235"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10235"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10235"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}