﻿{"id":10689,"date":"2023-11-02T21:27:50","date_gmt":"2023-11-02T16:27:50","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=10689"},"modified":"2023-11-02T21:29:48","modified_gmt":"2023-11-02T16:29:48","slug":"lidery-uzbekistana-i-frantsii-prinyali-uchastie-v-sovmestnom-biznes-forume","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/lidery-uzbekistana-i-frantsii-prinyali-uchastie-v-sovmestnom-biznes-forume\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Fransiya yetakchilari qo\u2018shma biznes forumida ishtirok etdilar"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O\u2018zbekiston Respublikasiga\u00a0rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo\u2018shma biznes forumi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi, deb<a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/6816\"> xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/a703947a-f74b-1d9b-f58f-3c5bdb83a06e_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16517\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/a703947a-f74b-1d9b-f58f-3c5bdb83a06e_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida ham ushbu mamlakat ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashgan. O\u2018shanda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishilgan edi. Bugungi uchrashuv ushbu ochiq va konstruktiv muloqotning davomi bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Fransiya tomonidan tadbirda tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo\u2018yicha vazir-delegat Olive Besht, iqtisodiyot, moliya, sanoat va raqamli suverenitet vaziri huzuridagi sanoat masalalari bo\u2018yicha vazir-delegat Rolan Leskyur, \u201cMEDEF International\u201d biznes uyushmasi bosh direktori Klod Imoven, Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu qatnashdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, tadbirda EDF, Voltalia, Total Energies, Orano, Eiffage, Veolia, SUEZ, Lactalis, Semai, Semmaris, Alstom, Airbus Helicopters, ATR, Vicat, Mobilitas, Boehringer Ingelheim, Thales, Aramine, Meridiame, Societe Generale, Natixis kabi yirik kompaniya va banklar rahbarlari ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018hna Samarqanddagi uchrashuvni ochar ekan, davlatimiz rahbari Prezident Emmanuel Makronni va Fransiya ishbilarmon elitasi vakillarini samimiy qutladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Oliy darajadagi faol muloqotlar tufayli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikda ijobiy sur\u2019at kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yil boshidan o\u2018zaro savdo hajmi uch barobar, keyingi yillarda qo\u2018shma korxonalar soni to\u2018rt barobar ko\u2018paydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri savdo aloqalari va sanoat kooperatsiyasini yanada mustahkamlash ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga mos ekani qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Bugun qadrli hamkasbim bilan nihoyatda samarali muzokaralarni o\u2018tkazdik, hamkorligimizning yangi davri boshlanayotganini alohida ta\u2019kidlashni istardim. Kelgusida o\u2018zaro munosabatlarimizni strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarish niyatidamiz, \u2013 dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida yetakchilar kelgusida savdo hajmlarini keskin oshirish, Fransiya kompaniyalarining investitsiyaviy faoliyatini faollashtirish masalalariga har tomonlama ko\u2018maklashishga kelishib olganlarini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda qo\u2018shma loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy qilinadi, biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi va ishbilarmonlik tashabbuslariga har tomonlama ko\u2018maklashiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bugungi kunda energetika, tog\u2018-kon sanoati, suv ta\u2019minoti, transport, qishloq xo\u2018jaligi, bank-moliya va boshqa sohalardagi hamkorlikda katta natijalarga erishilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Fransiyaning ishbilarmon doiralari bilan samarali va ochiq muloqotni kengaytirish uchun yangi samarali platformalarni yaratishga tayyorlik bildirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu ma\u2019noda, mamlakatimiz yetakchisi O\u2018zbekiston-Fransiya savdo palatasini tashkil etish bo\u2018yicha forum doirasida erishilgan kelishuvni olqishladi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida \u201cBusiness France\u201d agentligining ofisini ochish rejalari qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Fransiya hukumati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari O\u2018zbekistondagi islohotlar dasturini faol qo\u2018llab-quvvatlashda davom ettirishidan manfaatdorlik bildirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Bir narsani aniq aytishim mumkin \u2013 islohotlarimiz orqaga qaytmas tus oldi. Bizning bosh ustuvor maqsadimiz \u2013 kuchli fuqarolik jamiyati institutlari, zamonaviy infratuzilma va qudratli sanoatga ega bo\u2018lgan demokratik davlatni qurishdir, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston-Fransiya sherikligini kengaytirish bo\u2018yicha to\u2018rtta eng ustuvor yo\u2018nalishni ko\u2018rsatib o\u2018tdi va qator tashabbuslarni ilgari surdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz \u201cyashil\u201d energetikadek muhim sohada strategik hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekani ta\u2019kidlandi. Bu borada \u201cEDF\u201d, \u201cVoltalia\u201d va \u201cTotal Energies\u201d kompaniyalari bilan yirik loyihalar boshlangan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kooperatsiyaning yana bir muhim yo\u2018nalishi sifatida strategik xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ilg\u2018or texnologiyalar asosida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish qayd etildi. Bu sohada \u201cOrano\u201d kompaniyasi bilan sheriklikni kengaytirish rejalari borligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Suv resurslaridan samarali foydalanish va zamonaviy infratuzilmani barpo etish muhim ustuvor yo\u2018nalish sifatida ko\u2018rsatib o\u2018tildi. \u201cSUEZ\u201d, \u201cEiffage\u201d va \u201cVeolia\u201d kompaniyalari bilan birgalikda yurtimiz suv ta\u2019minoti va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish bo\u2018yicha katta ishlar olib borilayotgani ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Navbatdagi muhim yo\u2018nalish sifatida qishloq xo\u2018jaligida raqobatbardoshlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashga katta e\u2019tibor qaratildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu munosabat bilan mamlakatimiz hududlarida zamonaviy agrologistika majmualarini qurish bo\u2018yicha Fransiya tomonidan bilan faol hamkorlik qilinishi qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Prezidenti biznes forumi ikki mamlakat ishbilarmonlari o\u2018rtasida amaliy muloqotni jadallashtirish hamda yangi o\u2018sish nuqtalarini belgilab olishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatli ekanini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0Yangi O\u2018zbekistonda ishlash uchun fransiyalik hamkorlarimizga eshiklarimiz doim ochiq ekanini, qanday foydali qo\u2018shma loyihalaringiz bo\u2018lsa, amalga oshirishga doim tayyorligimizni ta\u2019kidlamoqchiman, \u2013 dedi davlatimiz rahbari so\u2018zining yakunida.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham biznes forum ishtirokchilariga murojaat qildi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlab, ushbu siyosat tufayli ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik uchun katta imkoniyatlar ochilganini qayd etdi. O\u2018zaro manfaatli sheriklikda mavjud ulkan salohiyatni yanada faol ishga solishga chaqirdi, bundan mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari va xalqlari manfaat topishiga ishonch bildirdi.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Biznes forumi yakunida energetika, metallurgiya, suv ta\u2019minoti, qishloq xo\u2018jaligi, transport va boshqa muhim sohalarda erishilgan kelishuvlar bo\u2018yicha salmoqli hujjatlar to\u2018plami imzolandi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O\u2018zbekiston Respublikasiga\u00a0rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo\u2018shma biznes forumi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10690,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-10689","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10689","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10689"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10689\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10692,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10689\/revisions\/10692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10690"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10689"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10689"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10689"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}