﻿{"id":11026,"date":"2023-12-21T18:47:03","date_gmt":"2023-12-21T13:47:03","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=11026"},"modified":"2023-12-21T18:47:03","modified_gmt":"2023-12-21T13:47:03","slug":"obsuzhdeny-aktualnye-zadachi-v-sfere-tsifrovizatsii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-aktualnye-zadachi-v-sfere-tsifrovizatsii\/","title":{"rendered":"Raqamlashtirish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-dekabr kuni tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo\u2018yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/6938\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/d5ab4f5a-de73-3756-c357-3fc4871b4786_lists_slider_6938.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16842\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/d5ab4f5a-de73-3756-c357-3fc4871b4786_lists_slider_6938.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Zamon talabidan kelib chiqib, mamlakatimizda telekommunikatsiya\u00a0infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga katta e\u2019tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o\u2018zida ta\u2019lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo\u2018jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100\u00a0ta dasturiy loyiha ishlab chiqilgan. 500\u00a0dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475\u00a0million dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya kirib kelgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yil yakuni bilan sohada xizmatlar hajmi 10\u00a0trillion so\u2018m bo\u2018lishi, eksporti esa 300\u00a0million dollardan oshishi kutilmoqda. Bu ko\u2018rsatkich Toshkent, Samarqand, Andijon viloyatlarida yuqori sur\u2019atlarda o\u2018sdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlar eksportini yo\u2018lga qo\u2018yib, 1\u00a0million dollardan oshirdi. Hududlarda 20\u00a0mingdan ortiq yoshlar mustaqil shug\u2018ullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda soha rivojiga qo\u2018shimcha sharoitlar yaratilishi belgilandi. Unga ko\u2018ra:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211; IT kompaniyalari hududlardagi bo\u2018sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211; iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211; 50 dan ortiq IT mutaxassisni ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatining 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211; eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, IT-parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun Germaniya va Saudiya Arabistonida uning sho\u2018ba korxonalari ochiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, shunday yangi imkoniyatlar hisobiga, 2024-yilda IT xizmatlari hajmini 2\u00a0barobar oshirish mumkinligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunga erishish uchun, avvalo, chet tili va texnologiyalarni biladigan kadrlar zarur. Shu bois Raqamli texnologiyalar vazirligiga kelgusi yilda 8 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni saralab, nufuzli xalqaro kompaniyalar talabiga mos dastur asosida o\u2018qitish vazifasi qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, kelgusi yildan \u201cHar bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi\u201d loyihasi boshlanishi, AQSHlik hamkorlar bilan \u201cInklyuziv raqamlashtirish\u201d loyihasi doirasida 20 ming aholi bandligi ta\u2019minlanishi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o\u2018tkaziladi. Bunga tayyorgarlik ko\u2018rish uchun tanlovlar o\u2018tkazilib, salohiyatli o\u2018quvchilarni tanlab olinadi, xorijdan malakali murabbiylar jalb qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari raqamlashtirish mahalladan boshlanishi kerakligini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hozir mahalla tizimi xodimlari planshet va kompyuter bilan ta\u2019minlangan. Lekin ulardan to\u2018la foydalanilmayapti. Masalan, yoshlar yetakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik bo\u2018limidan ishsizlik to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumotnoma olib kelishga majbur.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois mutasaddilarga \u201cRaqamli mahalla\u201d yagona platformasini ishga tushirish va \u201cmahalla yettiligi\u201dni raqamli tizimlardan foydalanishga o\u2018qitish topshirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda vazirlik va tarmoqlardagi raqamlashtirish holati tahlil qilindi. Iqtisodiyot tarmoqlarida tannarxni tushirish faqat va faqat raqamlashtirish orqali bo\u2018lishi ta\u2019kidlab o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ayrim vazirlik va idoralarda raqamlashtirish ishlari sustligi qayd etildi. Masalan, \u201cRaqamli sog\u2018liqni saqlash\u201d loyihasi, tibbiy sug\u2018urtani joriy qilish kechikayapti. Onkologik kasallarni elektron reyestri yo\u2018qligi sababli ularga nafaqalar to\u2018lashda qiyinchilik bo\u2018layapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qishloq xo\u2018jaligida pestitsidlar cavdosi va qo\u2018llanilishi bo\u2018yicha raqamli nazorat tizimi joriy qilgani yo\u2018q. Toshkent shahrida aholi tomonidan ijobiy qabul qilingan \u201cXalq nazorati\u201d tizimi o\u2018z holiga tashlab qo\u2018yilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu qoloqliklarni tezda bartaraf etish, har bir sohada raqamlashtirishni jadallashtirish zarurligi qat\u2019iy ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar \u2013 korrupsiyani yo\u2018q qilishga intilmagan rahbar, \u2013 dedi Prezident.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Soha infratuzilmasi, xususan, internet tezligini yaxshilash masalasiga e\u2019tibor qaratildi. Ayrim hududlarda internet tezligi pastligi, xalqaro magistral yo\u2018llarning 20 foizi mobil internet bilan qamrab olinmagani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb qilish vazifasi qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, kiberxavfsizlikni kuchaytirish, barcha elektron to\u2018lov tizimlari uchun bu borada yagona talablarni ishlab chiqish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, IT xizmatlari hajmini 20 trillion so\u2018mga, eksportni 800 million dollarga yetkazish, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qilish va 750 ta davlat xizmatlarini to\u2018liq raqamlashtirish borasidagi rejalarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan vazirlar, hokimlar va yosh dasturchilar bilan muloqot qildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-dekabr kuni tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo\u2018yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot xizmati&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11027,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-11026","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11026","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11026"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11028,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11026\/revisions\/11028"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11027"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}