﻿{"id":11184,"date":"2024-03-26T19:54:51","date_gmt":"2024-03-26T14:54:51","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=11184"},"modified":"2024-03-26T19:54:51","modified_gmt":"2024-03-26T14:54:51","slug":"problemy-proanalizirovany-opredeleny-zadachi-po-polnomu-ispolzovaniyu-vozmozhnostej","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/problemy-proanalizirovany-opredeleny-zadachi-po-polnomu-ispolzovaniyu-vozmozhnostej\/","title":{"rendered":"Muammolar tahlil qilinib, imkoniyatlarni to\u2018liq ishga solish bo\u2018yicha vazifalar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7117\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/08d6e166-4a1f-649e-0532-79c634994a59_lists_slider_7117.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16982\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/08d6e166-4a1f-649e-0532-79c634994a59_lists_slider_7117.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Odamlarning mehnati va tadbirkorligi bilan Namanganda hayot o\u2018zgarayotgani qayd etildi. Oxirgi yetti yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o\u2018sib, aholi jon boshiga daromad 15,5 million so\u2018mga yetgan. 65 trillion so\u2018m investitsiya hisobiga 600 ming ish o\u2018rni yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Lekin hali ko\u2018p imkoniyatlar ishga solinmagan, joylarda kamchiliklar ham bor. Masalan, viloyat eksportining 86 foizi to\u2018qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to\u2018g\u2018ri keladi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo\u2018rg\u2018onda sanoatlashish darajasi past. Viloyatda 56 ming tomorqada mahsulot yetishtirilmayapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tanqidiy ruhda o\u2018tgan yig\u2018ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib, imkoniyatlarni to\u2018liq ishga solish bo\u2018yicha vazifalar belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari eng asosiy masala aholi bandligini ta\u2019minlash va daromadini oshirish ekanini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sayxunobod tajribasi asosida Namanganda ham katta harakat boshlangan. Viloyatning 14 ta tumanidagi 788 ta mahallaga bank filiallari biriktirilgan. Ular \u201cmahalla yettiligi\u201d bilan birga xonadonlardagi imkoniyatlarni, oilaning xohish-istaklarini o\u2018rganmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Birinchi bosqichda kam daromadli 4 mingta xonadon tanlab olinib, oila a\u2019zolari jon boshiga oylik daromadni 2 million so\u2018mgacha oshirish choralari ko\u2018riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko\u2018rinishdagi amaliy yordam beriladi. Mahallalarda gulchilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay va kartoshka yetishtirish imkoniyati, ayniqsa, yaxshi. Bunga imtiyozli kreditlar ajratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Bu ishlarni kim qilishi kerak? Prezident vakili bo\u2018lgan hokimlar, sektor rahbarlari, 5 mingdan ortiq iqtisodiy idora xodimlari, mahalladagi \u201cyettilik\u201d qilishi lozim. Buning uchun barcha mas\u2019ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydigan tizimni yo\u2018lga qo\u2018yishi kerak,<\/em>\u00a0\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yillarda to\u2018qimachilikda xomashyoni to\u2018liq qayta ishlash yo\u2018lga qo\u2018yilib, eksport hajmi 1 milliarddan 4 milliard dollarga ko\u2018paydi. Xuddi shunday, zargarlikda ham salohiyat hozirgidan ancha yuqori. Yurtimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda. Lekin uning atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo\u2018g\u2018i 78 million dollar eksport bo\u2018lgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinishi aytildi. Sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko\u2018rib chiqiladi. Bu borada qonunchilikka ham takliflar kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">To\u2018la foydalanilmayotgan imkoniyatlar yana yo\u2018llar va turizmdir. Angren shahridan to To\u2018raqo\u2018rg\u2018ongacha 100 kilometr yuriladi, avtomobil oqimi kuniga 10 mingdan oshadi. Tadbirkorlar bu yo\u2018l bo\u2018yida oshxonalar, savdo va xizmat ko\u2018rsatish shoxobchalarini ko\u2018paytirib, 10 ming aholini doimiy band qilishga tayyor. Buni tartibli tashkil qilish uchun master-reja ishlab chiqib, yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Namangan viloyatining tog\u2018li va xushmanzara hududlarida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga qulaylik yaratish uchun avia va temiryo\u2018l qatnovlarini ko\u2018paytirish zarurligi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda sanoat salohiyati ham yuqori. So\u2018nggi yillarda 72 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari ishga tushdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Lekin 16 ta sanoat zonasida 78 gektarda qo\u2018shimcha loyiha joylashtirish imkoniyati bor. 29 ta noruda koniga sanoat kirib bormagan. Viloyatning qo\u2018shni davlatlarga eksporti 568 million dollar. Bu bor imkoniyatga mutlaqo to\u2018g\u2018ri kelmaydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois konlarni savdoga chiqarish, qo\u2018shimcha bojxona postlari va savdo uylari ochish, Namangan xalqaro aeroportida yuk terminali va Qamchiq dovoniga yaqin joyda logistika markazi tashkil etish choralari belgilandi. To\u2018qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, elektr texnikasi, qurilish materiallari tarmoqlaridagi loyihalar bo\u2018yicha ko\u2018rsatmlar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kuni kecha Norin daryosida GESlar kaskadi, Pop tumanida ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli kichik GESlar kaskadi ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buni davom ettirib, gidroenergetikani har bir soy, har bir mahallaga olib kiradigan tizim qilish muhimligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qishloq xo\u2018jaligidagi masalalar muhokama qilinar ekan, kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ekani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchqo\u2018rg\u2018on, Pop, Uychi va Mingbuloqda Sloveniya tajribasi asosida intensiv baliqchilik yo\u2018lga qo\u2018yilishi, bu tarmoqda 4 ta yirik loyiha ishga tushirilishi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Namanganda 1,5 million tonna meva-sabzavotdan 10 foizi eksport qilingan. Agar ish to\u2018g\u2018ri tashkil qilinsa, eksportini 3-5 barobar oshirish mumkin. Shu maqsadda viloyat meva-sabzavot eksporti geografiyasi Xitoy, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Arab davlatlariga kengaytiriladi. 54 ming gektar yerning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari \u201cGSP+\u201d talablariga moslashtiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda meva-sabzavot, go\u2018sht va sutni qayta ishlash darajasi ham kam. Masalan, Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo\u2018lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi yo\u2018q.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois bu yo\u2018nalishda 141 million dollarlik 62 ta loyiha ishga tushiriladi. Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari tashkil etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shahar va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash vazifalari ham juda muhim. Bugungi kunda 200 ming aholi uchun Yangi Namangan shahri qurilmoqda. Endi Chust va Pop tumanida 10 ming aholi uchun \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivlari, yana 20 ming xonadonli turar joylar, IT-park va bog\u2018 barpo etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tumanlarda ichimlik suvi ta\u2019minotini yaxshilash, yo\u2018llar qurish va ta\u2019mirlash vazifalari belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatdagi 16 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazi negizida ikkita \u2013 birinchi va ikkinchi Namangan tibbiyot markazlari tashkil etiladi. Bunda shoshilinch va boshqa tibbiy xizmatlar, diagnostik tekshiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlash, aholiga tunu kun xizmat ko\u2018rsatish imkoni yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Oliy o\u2018quv yurtlarida ta\u2019lim sifatini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta\u2019minlash vazifalariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari, vazirlar axborot berdi. Videoaloqa orqali tumanlar jamoatchiligi bilan samimiy muloqot bo\u2018ldi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Odamlarning mehnati va tadbirkorligi bilan Namanganda hayot o\u2018zgarayotgani qayd&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11185,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-11184","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11184","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11184"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11184\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11186,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11184\/revisions\/11186"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11185"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11184"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11184"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11184"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}