﻿{"id":12072,"date":"2024-05-31T21:33:31","date_gmt":"2024-05-31T16:33:31","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=12072"},"modified":"2024-05-31T21:33:31","modified_gmt":"2024-05-31T16:33:31","slug":"v-buhare-nachalos-stroitelstvo-krupnyh-kompleksov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/v-buhare-nachalos-stroitelstvo-krupnyh-kompleksov\/","title":{"rendered":"Buxoroda yirik majmualar qurilishi boshlandi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi ulkan loyihalarga asos bo\u2018lishi yaxshi an\u2019anaga aylangan, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7277\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Bu gal ham shunday bo\u2018ldi \u2013 Buxoro viloyatida yirik energetika va transport majmualarining qurilishi boshlandi.\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/novosti-uzbekistana\/v-buhare-nachalos-stroitelstvo-krupnyh-kompleksov\/attachment\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277\/\" rel=\"attachment wp-att-12073\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-12073\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b11dc995-bd14-6f67-ae2c-9033ed6071ec_lists_slider_7277.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda so\u2018nggi 5 yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,4 barobarga ko\u2018payib, birgina o\u2018tgan yilda 553 trillion so\u2018mni tashkil etdi. Buxoroda esa bu ko\u2018rsatkich 1,6 barobarga oshib, 30 trillion so\u2018mga yetdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda 7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobidan 41 ta va yana shuncha qiymatdagi 39 ta mahalliy loyiha bo\u2018yicha ish olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Endi yana uchta yirik inshoot \u2013 gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi, Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejalashtirilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu munosabat bilan o\u2018tkazilgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalarning ahamiyati haqida so\u2018zladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ulardan biri \u201cQorako\u2018l\u201d erkin iqtisodiy zonasida quriladigan gaz-kimyo majmuasidir. U \u201cmethanol to olefins\u201d (MTO) texnologiyasi asosida ishlaydigan yurtimizdagi birinchi zavod bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Loyiha doirasida qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb etilib, AQSH, Germaniya, Daniya, Avstriya, Italiya va Xitoyning eng ilg\u2018or texnologiyalari keltirib o\u2018rnatiladi. Yagona majmua doirasida yiliga 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz va 430 ming tonna nafta qayta ishlanib, yurtimiz va jahon bozorida talab yuqori bo\u2018lgan 1,1 million tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, bunday mahsulotlar gaz narxiga nisbatan 5 barobar ko\u2018p qo\u2018shilgan qiymat beradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yangi zavodda 2 ming kishi ish bilan ta\u2019minlanadi. Shuningdek, u qurilish, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal, avtomobilsozlik, elektrotexnika va boshqa turdosh sohalarda o\u2018nlab korxonalar, yana 4 mingta ish o\u2018rni ochilishiga turtki bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida Buxoroda nafaqat turizm, balki sanoat ham haqiqiy \u201cdrayver\u201dga aylanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Iqtisodiyotning barqaror o\u2018sishi elektr energiyaga bo\u2018lgan talabni yiliga o\u2018rtacha 6 foizga oshirmoqda. Shu bois joylarda yangi generatsiya quvvatlari barpo etib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yillarda 2 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 2 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. Bugungi kunda xorijiy sheriklar bilan jami 19 milliard dollarlik 18,3 gigavattli 32 ta \u201cyashil\u201d generatsiya quvvatlari qurilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Joriy yilning o\u2018zida 14 ta quyosh va shamol stansiyasining dastlabki 2,6 gigavatti tarmoqqa ulanadi. Natijada yurtimizda ishlab chiqariladigan jami quvvatda muqobil energiya ulushi 9 foizdan 15 foizga oshadi. Umuman, 2030-yilgacha bu ko\u2018rsatkichni 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda, albatta, serquyosh Buxoroning alohida o\u2018rin tutadi. Hozirgi kunda viloyatda qariyb 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 4 gigavattli 9 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Endi ularning safiga Birlashgan Arab Amirliklarining \u201cMasdar\u201d kompaniyasi tomonidan quriladigan 250 megavattli quyosh elektr stansiyasi ham qo\u2018shiladi. Bu loyiha uchun Olot tumanidan 648 gektar yer ajratilgan. Stansiya 2025-yil dekabrda yagona elektr tarmog\u2018iga ulanishi rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, Buxoro viloyatida Saudiya Arabistonining \u201cACWA Power\u201d, Xitoyning \u201cGezhouba\u201d kompaniyalari tomonidan ham muqobil energiya majmualari barpo etilmoqda. 2030 yilga borib viloyatdagi quvvatlar 9 karra ortib, yiliga 12,5 milliard kilovatt soat \u201cyashil\u201d energiya ishlab chiqariladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Startdagi yana bir loyiha \u2013 yangi xalqaro aeroport.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimizning ochiqlik siyosati natijasida dunyo bilan aloqalar jadallashdi. O\u2018zbekistonda 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bularning natijasida yurtimizga keluvchilar ko\u2018paydi. Oxirgi 2 yilda xizmatlar eksportining 40 foizi turizm sohasiga to\u2018g\u2018ri kelgag. 283 ta mehmonxona, 486 ta xostel, 1,2 mingta oilaviy mehmon uyi barpo etilgan. Turizm oqimi 35 foizga oshgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xususan, birgina 2023-yilda Buxoroga 1 million 400 mingga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu kabi omillar viloyat xalqaro aeroportida parvozlar sonini ko\u2018paytirishni talab etmoqda. Shu bois xususiy sheriklik shartlari asosida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurish ko\u2018zda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">226 million dollarlik ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasi tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo\u2018lovchiga xizmat ko\u2018rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo\u2018lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, mazkur majmualar qurilishini boshlab berdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu yerda Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilgan majmualar, jumladan, yangi aeroport loyihasi taqdimot qilindi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi ulkan loyihalarga asos bo\u2018lishi yaxshi an\u2019anaga aylangan, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Bu gal ham shunday bo\u2018ldi \u2013 Buxoro viloyatida yirik energetika va transport&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12073,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-12072","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12072","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12072"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12072\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12075,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12072\/revisions\/12075"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12073"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12072"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12072"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12072"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}