﻿{"id":12219,"date":"2024-06-14T16:09:36","date_gmt":"2024-06-14T11:09:36","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=12219"},"modified":"2024-06-14T16:18:39","modified_gmt":"2024-06-14T11:18:39","slug":"o-merah-po-realizatsii-zakona-respubliki-uzbekistan-o-tehnicheskom-regulirovanii-postanovlenie-kabineta-ministrov-respubliki-uzbekistan-dd-25-03-2024-g-pkm-153","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/zakonodatelstvo\/o-merah-po-realizatsii-zakona-respubliki-uzbekistan-o-tehnicheskom-regulirovanii-postanovlenie-kabineta-ministrov-respubliki-uzbekistan-dd-25-03-2024-g-pkm-153\/","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASINING \u201cTEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO\u2018G\u2018RISIDA\u201dGI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI DD 25 \u2013 MART, 2024-y. 153-son"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">QARORI<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">25 \u2013 MART, <\/span><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">2024-y.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">153-son<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><span style=\"display: inline-block; height: 1em;\"><span style=\"display: none;\">.<\/span><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2; margin-left: 7.1pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASINING \u201cTEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO\u2018G\u2018RISIDA\u201dGI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 0pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.2;\"><span style=\"display: inline-block; height: 1em;\"><span style=\"display: none;\">.<\/span><\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTexnik jihatdan tartibga solish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunini amalga <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">oshirishni<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">ta\u2019minlash<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">maqsadida<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">Vazirlar<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">Mahkamasi<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">qaror<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">qiladi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">1. O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTexnik jihatdan tartibga solish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga muvofiq:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi maxsus vakolatli davlat organi va (yoki) vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida texnik reglamentlar loyihalarini, ularga doir o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarni ekspertizadan o\u2018tkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish bo\u2018yicha takliflar hamda ularga oid xulosalar tayyorlash uchun tuzilishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">yangi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> texnik reglament ishlab chiqilgan yoki amaldagilariga o\u2018zgartirishlar kiritilgan taqdirda, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar Jahon savdo tashkilotiga (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 JST) a\u2019zo davlatlar va manfaatdor tomonlarga Axborot markazi orqali tegishli axborot (xabarnoma)larni taqdim qilishi nazarda tutilganligi ma\u2019lumot uchun qabul qilinsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">2. JSTning Savdodagi texnik to\u2018siqlar (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 STT) to\u2018g\u2018risidagi bitimi doirasida ma\u2019lumot almashish va STT masalalari bo\u2018yicha xabar berish funksiyalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O\u2018zbekiston Standartlar instituti tuzilmasida xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida 4 ta shtat birligi ajratilgan holda, Savdodagi texnik to\u2018siqlar bo\u2018yicha axborot markazi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Axborot markazi) tashkil etilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Axborot markaziga respublikada texnik reglamentlar <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> muvofiqlikni baholash tartib-qoidalarini ishlab chiqish, qabul qilish va amaliyotda qo\u2018llash bo\u2018yicha JST kotibiyati, JSTga a\u2019zo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan axborot almashish bo\u2018yicha hamkorlik qilish vazifalari yuklansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ijro etuvchi hokimiyat organlari JST kotibiyati <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> unga a\u2019zo davlatlarni STT masalalari bo\u2018yicha xabardor qilish va ular tomonidan kelib tushgan so\u2018rovlarga o\u2018z vakolati doirasida batafsil javob tayyorlashi hamda zarur ma\u2019lumotlar bilan birga Axborot markaziga taqdim etilishini ta\u2019minlasin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">a) Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi to\u2018g\u2018risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasini shakllantirishning umumiy qoidalari;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasining vazifa va huquqlari, komissiya a\u2019zolarining majburiyatlari va javobgarligi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasi faoliyatini tashkil etish, komissiyaning ishchi organlari vakolatlari;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ishlab<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiqilgan texnik reglamentlar, ularga kiritiladigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarning loyihalarini ekspertizadan o\u2018tkazish, shuningdek, texnik reglamentlarni bekor qilish bo\u2018yicha takliflarni ko\u2018rib chiqish tartibi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">b) Savdodagi texnik to\u2018siqlar <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> axborot markazi to\u2018g\u2018risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Axborot markazi faoliyatining asosiy yo\u2018nalishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">JST Kotibiyatiga <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> boshqa manfaatdor tomonlarga xabarnomalarni tayyorlash va taqdim etish tartibi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">JSTga a\u2019zo mamlakatlardan STT sohasida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yoki qabul qilingan hujjatlar to\u2018g\u2018risidagi xabarnomalarni qabul qilish, qayta ishlash <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> muhokama qilish tartibi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">JSTning STT <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> xabarnomasi shakli, uni to\u2018ldirish yo\u2018riqnomasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">4. O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o\u2018zgartirishlar kiritilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">5. O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o\u2018z kuchini yo\u2018qotgan deb hisoblansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 14.2pt; text-indent: 42.5pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">O\u2018zbekiston<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">Respublikasining<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> Bosh <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">vaziri<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> A. ARIPOV<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">Vazirlar<\/span> <span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">Mahkamasining<\/span><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\"> 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">1-ILOVA<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi to\u2018g\u2018risida<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">NIZOM<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">I BOB. UMUMIY QOIDALAR<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">1. Ushbu Nizom texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 ekspert komissiyasi) shakllantirish <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">ularning<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">faoliyatini<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">tashkil<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">etish<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">tartibini<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">belgilaydi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">2. Ekspert komissiyasi ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga kiritiladigan <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar loyihalarini (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 texnik reglamentlar loyihalari) ekspertizadan o\u2018tkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish bo\u2018yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va (yoki) tegishli sohada davlat siyosatini yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 vakolatli organlar) huzurida tuziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">3. Texnik reglamentlar loyihalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">hujjatlariga muvofiqligini baholash, shuningdek, mahsulotlar <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> (yoki) jarayonning xavfsizligini ta\u2019minlash uchun zarur bo\u2018lgan minimal talablar yetarli darajada <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">belgilanganligini, ular respublikaning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini, moddiy-texnik bazani hamda ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish darajasiga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ekspertizaga yuboriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">4. Ekspert komissiyasi o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasining qonunlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarining qarorlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">5. Ekspert komissiyasining tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">II BOB. EKSPERT KOMISSIYASINING VAZIFALARI VA HUQUQLARI<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">6. Quyidagilar ekspert komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ishlab<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiqilgan texnik reglament loyihalarini ekspertizadan o\u2018tkazish;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentlarni qabul qilishga asos bo\u2018lgan holatlar yoki sabablar endilikda mavjud bo\u2018lmasa yoxud ushbu holatlar yoki sabablarning o\u2018zgarishi savdoga nisbatan kamroq cheklovli ta\u2019sir ko\u2018rsatadigan usullardan foydalanishga imkon beradigan hollarda texnik reglamentlarni bekor qilish bo\u2018yicha takliflarni tayyorlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">o\u2018z<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> vakolatlari doirasida xulosalar berish, texnik reglamentlarni tasdiqlash yoki takomillashtirishga qaytadan yuborish bo\u2018yicha takliflar kiritish.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">7. Ekspert komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentlarni ekspertizadan o\u2018tkazishga davlat organlari va tashkilotlari, loyihalashtirish, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari mutaxassislarini jalb etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ishlab<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiquvchi tashkilotlardan, ya\u2019ni davlat organlari va tashkilotlaridan texnik reglamentlar loyihalari bo\u2018yicha zarur axborotni so\u2018rash va olish;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">o\u2018z<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> vakolatlari doirasida tegishli vakolatli organ orqali Vazirlar Mahkamasiga texnik reglamentlarga o\u2018zgartirish va (yoki) qo\u2018shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament loyihasining talablari bo\u2018yicha tushuntirish berish uchun ishlab chiquvchilarni jalb qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">III BOB. EKSPERT KOMISSIYASI A\u2019ZOLARINING MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">8. Ekspert komissiyasi a\u2019zolari:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasi ishida, qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018rib<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlarning loyihalari bo\u2018yicha tegishli xulosalarni o\u2018z vaqtida taqdim etishi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ushbu<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> Nizom talablariga rioya qilishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">9. Ekspert komissiyasi a\u2019zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga o\u2018zgartirish va (yoki) qo\u2018shimchalar kiritish <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> o\u2018tkazilgan ekspertizaning to\u2018liqligi va xolisligi, shuningdek, texnik reglamentlarni bekor qilish <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha takliflar, ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi hamda taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">IV BOB. EKSPERT KOMISSIYASINI SHAKLLANTIRISH<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">10. Ekspert komissiyasi komissiya raisi, rais o\u2018rinbosari, komissiya kotibi <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> a\u2019zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ekspert komissiyasining a\u2019zolari soni toq <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiya raisini o\u2018z ichiga olgan holda kamida 7 kishidan iborat bo\u2018lishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">11. Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o\u2018rinbosari ekspert komissiyasi raisi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">12. Ekspert komissiyasi tarkibiga:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">iqtisodiyot<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> tarmoqlaridagi tadbirkorlik subyektlari (umumiy tarkibga nisbatan 30 foizdan kam bo\u2018lmasligi kerak), Savdo-sanoat palatasi vakillari;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">loyihalashtirish<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda laboratoriyalar mutaxassislari kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">13. Texnik jihatdan tartibga solish obyektining tarmoq mansubligidan kelib chiqqan holda texnik reglament <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018rib<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiqilishidan manfaatdor bo\u2018lgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentni joriy etadigan davlat organlari va tashkilotlari;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">qayta<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> ko\u2018rib chiqilishi, o\u2018zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi lozim bo\u2018lgan mahsulotga, jarayonlarga o\u2018zaro bog\u2018liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qo\u2018llaydigan) davlat organlari va tashkilotlari, texnik qo\u2018mitalarning yetakchi olimlari va mutaxassislari ham ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">14. Ekspert komissiyasi tarkibi ushbu Nizomning 12-13-bandlarida <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018rsatilgan<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> tashkilotlar taklifi bo\u2018yicha vakolatli organning qarori bilan tasdiqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">V BOB. EKSPERT KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">15. Ekspert komissiyasiga rais rahbarlik qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ekspert komissiyasi raisi:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">kun<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> tartibini belgilaydi va ekspert komissiyasining majlislarini chaqiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi bo\u2018yicha komissiya a\u2019zolari ishini muvofiqlashtiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspert<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> komissiyasining samarali ishlashini ta\u2019minlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">16. Ekspert komissiyasi majlisini rais olib boradi. Ekspert komissiyasi majlisi unda komissiya a\u2019zolarining to\u2018rtdan uch qismi qatnashganda huquqiy vakolatli <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018ladi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">. Komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, majlisni uning o\u2018rinbosari olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">17. Ekspert komissiyasining kotibi etib vakolatli organning mas\u2019ul xodimi tayinlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Kotib:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">ekspertizaga<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> kelib tushgan texnik reglament loyihalari va tegishli hujjatlar to\u2018plamini ekspert komissiyasi a\u2019zolariga yetkazadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">navbatdagi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> majlisga barcha zarur hujjatlarning o\u2018z vaqtida tayyorlanishini ta\u2019minlaydi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">kun<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> tartibidagi masalalar bo\u2018yicha ekspert komissiyasi majlislarini o\u2018tkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etiluvchilarni ekspert komissiyasi raisi bilan kelishadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ekspert komissiyasining a\u2019zolarini <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> taklif etilgan shaxslarni majlisning o\u2018tkaziladigan sanasi, vaqti hamda joyi haqida xabardor qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">18. Uzrli sabablarga <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018ra<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> majlisda qatnashmagan komissiya a\u2019zolarini, ularning ovoz berish huquqisiz qatnashayotgan vakillari bilan almashtirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">VI BOB. EKSPERT KOMISSIYASIGA HUJJATLAR TO\u2018PLAMINI TAQDIM ETISH VA EKSPERTIZA O\u2018TKAZISH TARTIBI<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">19. Texnik reglament loyihalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ekspertizadan o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">20. Davlat organlari <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> tashkilotlari texnik reglamentlar loyihalarini vakolatli organlar huzuridagi ekspert komissiyasiga ekspertizadan o\u2018tkazish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda kiritadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament yoki texnik reglamentga kiritilayotgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar loyihasi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentni ishlab chiqish to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar e\u2019lon qilinganligini tasdiqlovchi loyihani ishlab chiqish to\u2018g\u2018risidagi xabarnoma nusxasi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament loyihasi bo\u2018yicha manfaatdor tomonlarning hamda jamoatchilik muhokamalari natijasida olingan mulohazalar haqidagi ma\u2019lumotnoma;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish natijalari to\u2018g\u2018risida kelishmovchiliklar jadvali (agar mavjud bo\u2018lsa);<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">qabul<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta\u2019minlaydigan standartlar ro\u2018yxati;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentda belgilangan mahsulotlar muvofiqligini baholash uchun zarur bo\u2018lgan namunalar olish, sinash va o\u2018lchash usullarini belgilaydigan standartlarning ro\u2018yxati;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentni amalga oshirish bo\u2018yicha tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">21. Ekspert komissiyasi texnik reglament loyihasini <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018rib<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> chiqish davomida qo\u2018shimcha materiallarni, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo\u2018yicha hisobotlarni (ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash laboratoriyalari akkreditatsiyasi to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar va boshqalar) so\u2018rashga haqli.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">22. Texnik reglament loyihasi ekspert komissiyasi tomonidan uning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatiga, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTexnik jihatdan <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">tartibga solish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Texnik reglament loyihasining ekspertizasi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament loyihasi sifatli ishlab chiqilganligi, asoslanganligi, dolzarbligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi baholanadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">mahsulotlar<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> va (yoki) jarayonning xavfsizligini ta\u2019minlash uchun zarur minimal talablar yetarli belgilanganligi, ushbu talablar respublikaning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi, moddiy-texnik bazani hamda ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish darajasiga muvofiqligi tahlil qilinadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglamentni qabul qilishdan kelib chiqishi mumkin bo\u2018lgan salbiy oqibatlar tahlil qilinadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">texnik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> reglament loyihasi texnik reglament bayoni va mazmunining to\u2018g\u2018riligi, ekologik norma va talablarga muvofiqligi, o\u2018lchashlarni yagona birlikda bo\u2018lishini ta\u2019minlash tizimiga muvofiqligi hamda davlat va tarmoq terminologik standartlarida belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo\u2018llanilishi nuqtai nazaridan ko\u2018rib chiqiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">23. Ekspert komissiyasi a\u2019zosi texnik reglament loyihasi olingan paytdan boshlab 15 kalendar kundan ortiq <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018lmagan<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> muddatda ekspertiza natijalari bo\u2018yicha o\u2018z mulohaza va takliflarini ekspert komissiyasi kotibiga taqdim qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><strong><span style=\"color: #2e74b5; font-size: 12pt;\">VII BOB. EKSPERT KOMISSIYASI TOMONIDAN QAROR QABUL QILISH VA UNING BAJARILISHINI TASHKIL ETISH<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">24. Ekspert komissiyasi majlisida texnik reglament loyihasi yuzasidan ekspertiza natijalari asosidagi mulohaza <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> takliflar bo\u2018yicha ma\u2019lumotnomalar yoki texnik reglamentlarni bekor qilish to\u2018g\u2018risidagi takliflar va ular yuzasidan xulosalar ko\u2018rib chiqiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">25. Texnik reglamentni ishlab chiquvchi ekspert komissiyasining yakuniy yig\u2018ilishida ishtirok etadi. Munozarali masalalar yuzaga kelganda, ishlab chiquvchi ekspert komissiyasiga tegishli xalqaro <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> (yoki) mintaqaviy standartlarni, qoidalarni hisobga olgan holda ilmiy ma\u2019lumotlarga asoslangan ma\u2019lumotlarni taqdim etishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">26. Ekspert komissiyasi qarori majlisda ishtirok etgan komissiya a\u2019zolarining oddiy <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">ko\u2018pchilik<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> ovozi bilan qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ovozlar teng <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018lgan<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">Ekspert komissiyasi a\u2019zosining komissiyaning qabul qilingan qaroridan farq qiladigan alohida fikri majlis bayonida aks ettiriladi yoki yozma shaklda alohida rasmiylashtiriladi hamda ekspert komissiyasi majlisi bayonining uzviy qismi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">27. Ekspert komissiyasi texnik reglament loyihasi ekspertizasini yakunlab qaror qabul qilgandan so\u2018ng ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq xulosa tayyorlaydi, unda texnik reglamentning O\u2018zbekiston Respublikasining qonunchilik <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan asosli xulosalar bo\u2018lishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">28. Ekspertiza natijalari <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> xulosaga ekspert komissiyasining barcha a\u2019zolari tomonidan imzo (viza) qo\u2018yiladi, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda komissiya a\u2019zolariga hamda manfaatdor tomonlarga yuboriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">29. Ekspert komissiyasining xulosasi ijobiy <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018lgan<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> taqdirda, texnik reglamentlar loyihalari tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">30. Vakolatli organlar ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini veb-saytda e\u2019lon qiladi, shuningdek, belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mas\u2019ul vakolatli davlat organi \u2014 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u2018zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga rasmiy veb-saytida e\u2019lon qilish uchun taqdim etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">31. Texnik reglament loyihasi <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">bo\u2018yicha<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\"> ekspert komissiyasi xulosasini berishning umumiy muddati loyiha kelib tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 12pt;\">32. <\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">Ekspert<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">komissiyasi<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">xulosasining<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">asl<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">nusxasi<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">va<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">unga<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">doir<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">materiallar<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">vakolatli<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">organda<\/span> <span style=\"font-size: 12pt;\">saqlanadi<\/span><span style=\"font-size: 12pt;\">.<\/span><\/p>\n<p style=\"margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"display: inline-block; height: 1em;\"><span style=\"display: none;\">.<\/span><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>Hujjat<\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em> \u201cS VERENIN\u2019S LEGAL GROUP\u201d <\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>advokatlik<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>firmasining<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>ma\u02bclumotlar<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>bazasidan<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>taqdim<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>etilgan<\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>;<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center; margin-top: 0pt; padding-top: 0; margin-bottom: 8pt; padding-bottom: 0; line-height: 1.3; margin-left: 21.3pt; text-indent: 35.4pt;\"><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>Hujjat<\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em> _______2024 <\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>yil<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>holatiga<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>ko&#8217;ra<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>taqdim<\/em><\/span> <span style=\"font-size: 10pt;\"><em>etilgan<\/em><\/span><span style=\"font-size: 10pt;\"><em>.<\/em><\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 25 \u2013 MART, 2024-y. 153-son . O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASINING \u201cTEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO\u2018G\u2018RISIDA\u201dGI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA . O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTexnik jihatdan tartibga solish&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[15,65],"tags":[],"class_list":["post-12219","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zakonodatelstvo","category-mezhdunarodnye-otnosheniya"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12219","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12219"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12219\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12225,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12219\/revisions\/12225"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12219"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12219"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12219"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}