﻿{"id":12888,"date":"2024-08-13T20:09:48","date_gmt":"2024-08-13T15:09:48","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=12888"},"modified":"2024-08-13T20:09:48","modified_gmt":"2024-08-13T15:09:48","slug":"obsuzhdeny-mery-po-ekonomicheskomu-razvitiyu-rajonov-i-povysheniyu-dohodov-naseleniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-mery-po-ekonomicheskomu-razvitiyu-rajonov-i-povysheniyu-dohodov-naseleniya\/","title":{"rendered":"Tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadini oshirish choralari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlar yaratish chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7462\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-12890\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/268758db-9428-daaa-b1f0-7e330f108f4d_lists_slider_.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ma\u2019lumki, yurtimizda aholi bandligini ta\u2019minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G\u2018ijduvon tajribalari yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Yig\u2018ilish avvalida shu boradagi ishlarning natijadorligi ko\u2018rib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Masalan, Sayxunobod tajribasi bo\u2018yicha har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha qilish vazifasi qo\u2018yilgan. Bu orqali respublikada jami 132 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 242 ming kishining bandligi ta\u2019minlangan. Lekin 26 ta tumandagi 46 ta mahallada bu ishlar sust ketmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uychi tajribasi asosida banklar mijozi bilan ishlab, respublika bo\u2018yicha 500 mingta yangi ish joyi ochilgan. Ammo 15 ta tuman va shaharda natija yetarli emas.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">G\u2018ijduvon tajribasi mingta mahallada ko\u2018p qavatli sanoat binolari tashkil etish, Zarbdor tajribasi joylarda drayver loyihalar qilishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu 4 ta tuman tajribasi davlat siyosati ekani ta\u2019kidlanib, ularni bajarishda sustkashlikka yo\u2018l qo\u2018ygan rahbarlarga qattiq chora ko\u2018rilishi haqida ogohlantirildi. Umuman, tajribalarning har biri bo\u2018yicha mas\u2019ullarga aniq \u201cKPI\u201d belgilanib, ijrosi ustidan qat\u2019iy so\u2018rov bo\u2018lishi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-12889\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/60f3b5c5-c645-e014-6f80-71d082b2c219_lists_slider_.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilish kun tartibidagi asosiy mavzu Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga ko\u2018proq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish haqida bo\u2018ldi. Yig\u2018ilishda hukumat a\u2019zolari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari va boshqa viloyatlar hokimlari ham ishtirok etdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu yil 31-may &#8211; 1-iyun kunlari davlatimiz rahbari Buxoro viloyatida bo\u2018lgan edi. Tashrifdan so\u2018ng hududga 1,4 trillion so\u2018m ajratildi. Bugun tadbirkorlikka qo\u2018shimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratish bo\u2018yicha qaror imzolandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda Buxorodagi imkoniyatlar beshta yo\u2018nalishga bo\u2018lib tahlil qilindi hamda vazifalar belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shulardan birinchisi bu \u2013 xizmatlarni rivojlantirish.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik va fitnes markazlari bor. Buxoroning taomlari mashhur, lekin har ming kishiga to\u2018g\u2018ri keladigan oshxona va restoranlar soni Samarqanddagidan 10 karra kam. 103 ta loyiha tashkiloti, 2 ming 372 ta qurilish tashkiloti ham to\u2018liq ishga solinmayapti. Hududlarning master rejasini ishlab chiqib, savdo va servis shoxobchalarini joylashtirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois Buxorodagi 62 ta massiv va 54 ta ko\u2018chada xizmatlarni rivojlantirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi. Ularning biri ovqatlanish, ikkinchisi salomatlik, boshqalari mehmonxona, hunarmandchilik, savdo va xizmatlarga ixtisoslashtiriladi. Jami 4 mingta tadbirkorlik tashkil qilinib, 6 ming aholining bandligi ta\u2019minlanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari sanoat zonalarida yer ajratishni yengillashtirish, bunga xizmat ko\u2018rsatishni ham qo\u2018shish taklifini qo\u2018llab-quvvatladi. Bundan buyon servis joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi \u2013 \u201cxizmat ipotekasi\u201d yo\u2018lga qo\u2018yilishi ma\u2019lum qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda energiyadan oqilona foydalanish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi. Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi qayd etildi. Bu \u2013 umumiy iste\u2019molning 20 foiziga teng. Jumladan, 42 ta yirik korxonada uskunalarni yangilab, 25 foizgacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eng katta iste\u2019molchi \u2013 \u201cAmu-Buxoro kanali\u201d. Nasoslarni yangilash natijasida yiliga 200 million kilovatt yoki 204 milliard so\u2018m iqtisod qilinmoqda. Lekin bu kam.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nasos stansiyalari hududida 100 megavattli quyosh stansiyasi va 100 megavattli saqlash tizimi o\u2018rnatilsa, umumiy tarmoqdan olinadigan elektrni 25 foiz kamaytirish, kunlik o\u2018rtacha tarifni 12,5 foizga pasaytirish mumkinligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, 200 ming ko\u2018chmas mulk binosida kamida 3 kilovattli quyosh paneli o\u2018rnatib, 600 megavatt quvvat yaratish imkoni bor. Bu bilan viloyat elektr iste\u2019moli yana 20 foiz iqtisod bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois Energetika vazirligi, viloyat va tuman mutasaddilariga yil yakunigacha 4 mingta inshootda quyosh panellari o\u2018rnatish vazifasi qo\u2018yildi. Buning uchun ularni sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xususiy sektorni keng jalb qilgan holda, aholiga suyultirilgan gazni o\u2018z vaqtida yetkazib berish choralari belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Buxoro viloyatida 3 ta yirik gaz-kimyo majmuasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularda 1 milliard dollarlik ehtiyot qismga ehtiyoj bor. Lekin ko\u2018p klaster va korxonalar bir xil mahsulot ishlab chiqarib, yangisini yaratish ustida ishlamayapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda 1,5 million tonna meva-sabzavot tayyorlanadi. Bu \u2013 Buxoro ehtiyojidan 2 barobar ko\u2018p. Lekin, ularning atigi 11 foizi qayta ishlanadi, 30 foizi tashishda isrof bo\u2018ladi. Viloyatni 4 ta kichik agrologistika markazi quvvati 66 ming tonna mahsulotni qayta ishlashga yetadi, xolos.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois Prezident har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Masalan, Jondor tumanida uy tekstili bo\u2018yicha 3 mingga yaqin xotin-qizlarda yetarli tajriba bor. Vobkent tumanida voyish usulida uzum, gul va ko\u2018chat yetishtirish yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Buxoro tumanida 27 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega yangi korxona ishga tushgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu kabi har bir tuman ixtisoslashuvidan kelib chiqib, xomashyo, infratuzilma, kadr va bozor masalalarini qamrab olgan dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu reja va maqsadlarning ro\u2018yobi uchun professional kadrlar zarur. Lekin ko\u2018p hollarda kasbga o\u2018qitish mehnat bozoridagi talab va yoshlarning qiziqishini hisobga olmasdan, mavjud o\u2018qituvchilar doirasida amalga oshirilayapti. Yoshlarning atigi 2 foizi dual ta\u2019lim shaklida o\u2018qitiladi, viloyatdagi 30 ming korxonadan 350 tasi bilan hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan, xolos. Oqibatda quvvati 28 ming o\u2018quvchi bo\u2018lgan kollej va texnikumlarga qabul 50 foizga yetmaydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuning uchun endi quvvatidan to\u2018liq foydalanmayotgan o\u2018quv binolari va xonalari tadbirkorlarga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri ijaraga beriladi. Tushgan mablag\u2018lar binolarni ta\u2019mirlash va uskunalar xarid qilishga sarflanadi. Yagona shart \u2013 bu yerda yoshlarni kasbga o\u2018qitib, ishli qilish ekani ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hududlarda ish yurishiga eng katta to\u2018siq \u2013 tuman tashkilotlaridagi o\u2018zibo\u2018larchilik kayfiyati. Xodimlarga \u201cKPI\u201d belgilanmagan, raqamlashtirish chala, yangiliklarga o\u2018qitish yo\u2018q. Shu bois vazirliklarga o\u2018z tizimida metodologiya, reglament va raqamlashtirishni tartibga solish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda Buxoro viloyati va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlarining axboroti eshitildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlar yaratish chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar beradi davlatimiz&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12890,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-12888","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12888","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12888"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12891,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12888\/revisions\/12891"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12890"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}