﻿{"id":13091,"date":"2024-09-05T18:39:46","date_gmt":"2024-09-05T13:39:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=13091"},"modified":"2024-09-05T18:39:46","modified_gmt":"2024-09-05T13:39:46","slug":"glavnaya-zadacha-v-elektrotehnicheskoj-otrasli-obespechenie-kachestva-i-snizhenie-sebestoimosti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/glavnaya-zadacha-v-elektrotehnicheskoj-otrasli-obespechenie-kachestva-i-snizhenie-sebestoimosti\/","title":{"rendered":"Elektrotexnika sohasida asosiy vazifa \u2013 sifatni ta\u2019minlash va tannarxni tushirish"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-sentabr kuni elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini ko\u2018paytirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7527\">xabar beradi<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-13092\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6a835877-00d0-5bf9-b3e6-b6edd22eff4d_lists_slider_7527.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatmiizda bu borada katta salohiyat bor. So\u2018nggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Natijada 762 ta korxona ishga tushirilib, 45 turdagi yangi mahsulot tayyorlash yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Buning natijasida sohadagi korxonalar tomonidan budjetga tushum 8 barobar oshgan. Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar o\u2018sgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eksport geografiyasi so\u2018nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 ta davlatga yetdi. Ishlab chiqarilayotgan 200 turdagi mahsulotning 195 turi eksport bo\u2018layapti. Umuman, elektr texnikalari eksporti 1 milliard dollarga yetib, to\u2018qimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmog\u2018iga aylandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, ishlab chiqarish va logistikadagi uzilishlar, aylanma mablag\u2018 va tannarx bilan bog\u2018liq masalalar bor. Hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga kirishgan. Yangi bozorlarga kirish, borlarini saqlab qolish ham qiyin bo\u2018layapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Bunday sharoitda yagona yo\u2018limiz \u2013 sifatni ta\u2019minlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.\u00a0<em>\u2013 Bunga tarmoqdagi korxonalar boshini qovushtirib, qo\u2018shilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkin.<\/em><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda sanoat tarmoqlari mutasaddilari va tadbirkorlar ishtirokida shu boradagi imkoniyatlar tahlil qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Korxonalarda qayta ishlash darajasi va tarmoqlararo kooperatsiya kamligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Masalan, avtomobil sanoati uchun talab yuqori bo\u2018lgan kabellar ishlab chiqaruvchi korxona 4 tagina, xolos. Yoki mis quvurlarni kompozit izolyatsiya qilish yo\u2018lga qo\u2018yilsa, qiymati oshadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois, bundan buyon, elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yondosh yo\u2018nalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi belgilandi. Buning uchun Ohangaron, Farg\u2018ona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratiladi. Bu yo\u2018nalishdagi aniq loyihalar uchun tayyor bino qurilib, sanoat ipotekasi shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga beriladi. Ushbu korxonalarga elektrotexnika korxonalari kabi, mol-mulk va foyda solig\u2018idan 50 foizgacha imtiyoz beriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yillarda maishiy texnika yo\u2018nalishi keng rivojlandi. Lekin birgina shu bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Bugungi kunda energetika, qurilish, suv xo\u2018jaligi, avtomobilsozlikda elektrotexnika mahsulotlariga talab kun sayin oshib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Masalan, energetika sohasida 36 milliard dollarlik 27 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilayapti. Suv xo\u2018jaligida nasoslarni zamonaviysiga almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarida hisoblagichlar o\u2018rnatish bo\u2018yicha ko\u2018p rejalar bor.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yurtimizda yiliga 100 mingta xonadonli ko\u2018p qavatli uylar hamda 13 million kvadrat noturar binolar qurilayapti. Ularga ham kabel, transformator, isitish va sovitish tizimlari, nasos, lift, kuzatuv vositalari kerak.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shunga asoslanib, davlat investitsiya dasturlari va yirik loyihalar bo\u2018yicha \u201cmahalliy kontent\u201dni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha topshiriq berildi. Buning uchun tegishli vazirlik va tarmoqlar mahalliy korxonalarga o\u2018z talabini yetkazishi, mahsulot sifatini yaxshilash va standartlarga moslashtirishga ko\u2018maklashishi zarurligi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, bu yil elektrotexnika sohasida ishlab chiqarishni 40 trillion so\u2018mga yetkazish imkoniyati borligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tarmoqdagi yana bir masala qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i bilan bog\u2018liq. Hozirda tashqi qarz hisobidan bo\u2018layotgan loyihalar uchun chetdan olib kelinayotgan tovarlar bundan ozod qilingan. Lekin shu loyihalarda qatnashayotgan o\u2018zimizning korxonalar qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i to\u2018layapti. Oqibatda ular import tovarlar bilan narx bo\u2018yicha raqobat qila olmayapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qayd etilganidek, endi xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i qaytarib beriladi. Bu orqali elektrotexnika ishlab chiqaruvchi korxonalarimizga qo\u2018shimcha 250 million dollarlik bozor bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu o\u2018rinda davlatimiz rahbari soha vakillariga murojaat qilib, endi sifat va raqobat ustida ishlash, xalqaro sertifikatlarni olish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, boshqa davlatlarda yirik uzelli yig\u2018ishni tashkil etib, ularga butlovchi qism va yarim tayyor mahsulotni ortiqcha yig\u2018imlarsiz yetkazib berish mumkinligi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Jumladan, qo\u2018shni bozorlarga texnologiya, malakali mutaxassis va butlovchi qismlar yetkazib, O\u2018zbekistonni mintaqaviy \u201celektrotexnika xabi\u201dga aylantirish salohiyati bor. Shu maqsadda milliy brendlar ostida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni tanitish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cO\u2018zeltexsanoat\u201d uyushmasi faqat yirik korxonalar bilan chegaralanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan yaqindan ishlashi muhim. Shu bois uning faoliyati tubdan o\u2018zgartirilishi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xususan, endi uyushma ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo\u2018lgan tovarlarni aniqlaydi, ular bo\u2018yicha loyiha qilib, tadbirkorlarga beradi. Sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, korxonalarda joriy qilish va sertifikat olishda ko\u2018maklashadi. Boshqa tarmoqlardagi ehtiyojni aniqlab, ularning buyurtmalarini elektrotexnika korxonalariga yetkazadi. Injener-texnolog va o\u2018rta bo\u2018g\u2018in kadrlarini tayyorlash bo\u2018yicha oliygoh va texnikumlarga buyurtma beradi hamda o\u2018quv dasturlarini birga ishlab chiqadi. Mahalliy korxonalardagi istiqbolli mutaxassislarni xorijiy ilg\u2018or kompaniyalarga ish o\u2018rganishga jo\u2018natadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uyushmaga yangi a\u2019zo bo\u2018lganlardan 2 yil, aylanmasi 10 milliard so\u2018mdan kam korxonalardan esa umuman badal olinmaydi. Ularning mahsulotlari \u201cEltex Lab\u201d laboratoriyasida bepul sinovdan o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 500 million dollarlik 85 ta loyihani ishga tushirish rejalari bo\u2018yicha axborot berdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari sohadagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning muammo va takliflari asosida mutasaddilarga eksport uchun aylanma mablag\u2018 miqdorini oshirish, sanoat elektrotexnikasi uchun lizing tizimini kengaytirish, ilmiy tadqiqot va konstruktorlik tajribalarini moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlarga ustuvorlik berish, sifatsiz va qalbaki mahsulotlar savdosini cheklash va boshqa masalalar bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-sentabr kuni elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini ko\u2018paytirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Mamlakatmiizda bu&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13092,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-13091","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13091","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13091"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13091\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13093,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13091\/revisions\/13093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13092"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13091"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13091"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13091"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}