﻿{"id":13438,"date":"2024-10-16T10:53:37","date_gmt":"2024-10-16T05:53:37","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=13438"},"modified":"2024-10-16T10:53:37","modified_gmt":"2024-10-16T05:53:37","slug":"proanalizirovano-razvitie-tashkentskoj-oblasti-i-zadachi-na-perspektivu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/proanalizirovano-razvitie-tashkentskoj-oblasti-i-zadachi-na-perspektivu\/","title":{"rendered":"Toshkent viloyatining rivoji va kelgusi vazifalar tahlil qilindi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Olmaliq shahrida 15-oktabr kuni Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7618\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-13439\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_-768x511.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/aaf3d72d-d6e2-d403-a60f-d329115e151d_lists_slider_.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi iqtisodiy-ijtimoiy natijalarni atroflicha tahlil qilib, qo\u2018shimcha imkoniyatlarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yetti yilda Toshkent viloyatida ham katta o\u2018zgarishlar bo\u2018ldi. Hudud iqtisodiyoti 1,5 barobarga o\u2018sib, o\u2018tgan yili 119 trillion so\u2018mlik qo\u2018shilgan qiymat yaratildi, tadbirkorlar 16 mingtaga ko\u2018payib, 170 ming doimiy ish o\u2018rni ochildi. 6 milliard dollarlik 826 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, 5 milliard dollarlik eksport bo\u2018ldi. Bularning natijasida o\u2018tgan to\u2018rt yilda 70 ming, bu yilning o\u2018zida 19 ming oila kambag\u2018allikdan chiqarildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent viloyati tuman va shaharlar soni bo\u2018yicha respublikada birinchi o\u2018rinda turadi. Hududdagi davlat idoralarida salkam 10 ming xodim ishlaydi. 1 ming 25 ta mahallada 6 ming 123 nafar \u201cmahalla yettiligi\u201d bor. Bu ichki imkoniyatlarni ishga solib, shaharu qishloqlarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish uchun yetarli kuch ekani ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shunday manzilli o\u2018rganishlar natijasida qo\u2018shimcha 13 milliard dollar investitsiya, 500 ming ish o\u2018rni, budjetga 3,5 trillion so\u2018m tushum qilish imkoniyatlari aniqlangan. Bu imkoniyatlarni natijaga aylantirish uchun 22 ta tuman-shaharning har biri bo\u2018yicha hukmatning alohida qarorlari chiqishi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Viloyatda tadbirkorlik qilishga ishtiyoq kundan-kun oshayapti. Poytaxtdagi korxonalar ham infratuzilma yaqinligi, yer, mulk solig\u2018i, ishchi kuchi arzonligi uchun Toshkent viloyatidan joy qidirayapti. Shu bois Toshkent, Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, O\u2018rta Chirchiq tumanlari, Chirchiq va Nurafshon shaharlari poytaxt tumanlari bilan hamohang rivojlanishi kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Masalan, Toshkent tumanida 97 gektarda industrial texnopark tashkil qilinadi. Unda tadbirkorlar va banklar ishtirokida 350 million dollarlik yuqori qo\u2018shilgan qiymatli loyihalar joylashtiriladi. Shuningdek, tumanda ko\u2018p qavatli uylar, yangi sanatoriylar, sport va ko\u2018ngilochar maskanlar qurish imkoniyati bor.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi. Ular yonma-yon joylashgan bo\u2018lib, xomashyo zaxirasiga juda boy. Shu bois bu shahar va tumanlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim \u2013 \u201csanoat uchburchagi\u201d dasturi amalga oshirilishi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu hududda 1 ming 100 ta korxona ishlayapti. Yangi loyihalar hisobiga 2-3 yilda ular 1,5 mingga yetadi. Bu kooperatsiya natijasida transport xarajati ham, tannarxi ham kamayadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Masalan, Olmaliq kombinati yiliga 9 trillion so\u2018mlik mahsulot xarid qilayapti. Bu \u2013 atrofda joylashgan 5 ta shahar va tuman uchun katta imkoniyat ekani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, yil yakunigacha xorijiy investitsiyalar hajmini 2 milliard dollarga va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish, 661 ta loyihani yakunlab, 30 ming yangi ish o\u2018rni yaratish mumkinligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mashinasozlik sohasidagi talabni to\u2018liq tahlil qilib, mahalliylashtirishni kengaytirish hamda yirik korxonalar bilan kooperatsiyasini kuchaytirish bo\u2018yicha uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent viloyatida yer va suv mo\u2018l. Lekin 1 gektardan o\u2018rtacha daromad boshqa viloyatlarga nisbatan kam. So\u2018nggi uch yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonchilik uchun 57 ming aholiga berilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Meva-sabzavot eksporti ham o\u2018tgan yilgicha bo\u2018lmagan.\u00a0\u00a02 ming 200 gektar samarasiz bog\u2018 va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yo\u2018qotilayapti. Suv tejovchi texnologiya bo\u2018yicha Toshkent viloyati eng oxirgi o\u2018rinlarda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu kabi kamchiliklar sababli viloyat hokimining qishloq xo\u2018jaligi bo\u2018yicha o\u2018rinbosari vazifasidan ozod etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bog\u2018dorchilik bo\u2018yicha yangi tizim asosida Ohangaron va Bo\u2018stonliqdagi tog\u2018oldi yerlarda malina va golubika plantatsiyasi, Parkent va Ohangaronda uzum va gilos bog\u2018lari tashkil qilinishi aytildi. Angrenda anor sharbati ishlab chiqarish, Ohangaron tumanida olxo\u2018rini qayta ishlash yo\u2018lga qo\u2018yiladi.\u00a0\u00a0Bu yil ham Toshkent viloyatidagi oilalarga dehqonchilik va bog\u2018dorchilik uchun qo\u2018shimcha 5 ming gektar yer beriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, viloyatni bog\u2018dorchilikda namunali hudud qilib, eksportni 300 million dollarga yetkazish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda kambag\u2018allikni qisqartirish masalalari ham tahlil qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bugungi kunda Toshkent viloyatida 63 mingta kambag\u2018al oila qolgan bo\u2018lib, ularning 190 ming nafar a\u2019zolari mehnatga layoqatli. \u201cKambag\u2018allikdan farovonlik sari\u201d dasturi doirasida kelasi yili viloyatda 116 ming aholini kambag\u2018allikdan olib chiqish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Lekin bu yetarli emas. Masalan, Toshkent viloyati kichik biznes orqali aholini ishli qilish bo\u2018yicha respublikada eng oxirgi o\u2018rinda. Viloyat sanoatining atigi 25 foizi kichik biznesga to\u2018g\u2018ri keladi. Shu bois tadbirkorlikni rivojlantirib, aholiga daromad manbai yaratish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Buning uchun bir yil ichida \u201cSayxunobod\u201d tajribasi asosida 27 ming, \u201cZarbdor\u201d tajribasi asosida 8,5 ming, \u201cUychi\u201d tajribasi asosida 39 ming, \u201cG\u2018ijduvon\u201d tajribasi asosida 10 ming kambag\u2018al aholini band qilish vazifasi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kichik tadbirkorlik loyihalari uchun ajratiladigan 1 trillion so\u2018m imtiyozli kredit va 32 milliard so\u2018m subsidiyalar natijasida 30 ming aholi tadbirkorlikka jalb qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Keyingi paytlarda Toshkent viloyatidan xorijga arzon ishlarga ketganlar 30 mingga kamaygan. Lekin hali 158 ming kishi chet elda mehnat qilayotgani qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Endi Migratsiya agentligi faoliyati takomillashtirilib, aholini xavfsiz va yuqori daromadli ish bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha yangi yondashuvlar joriy etiladi. Chet elda mavsumiy ishlab qaytgan va yana ketish istagida bo\u2018lgan kishilarga yuqori daromadli kasblar o\u2018rgatiladi. Kasb-hunari borlar xorijiy tillarga o\u2018qitiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Go\u2018zal tabiati, qulay infratuzilmasi bor Toshkent viloyatida turizm salohiyati yuqori. Lekin taklifga nisbatan talab ko\u2018p bo\u2018lgani sababli narxlar qimmat. Turizm maskanlarini ko\u2018paytirib, xizmatlar hajmini 2 karra oshirish, 10 million sayyohni jalb qilish imkoniyati borligi qayd etildi. Mutasaddilarga kelgusi yil uchun 1,5 milliard dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya iste\u2019moli masalalariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi. Yirik korxonalarda energiya sarfi yuqori uskunalarni tejamkoriga almashtirish, mahallalarni issiqlik bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent viloyati, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari yig\u2018ilishdan xulosalari va kelgusi rejalari yuzasidan axborot berdi. Davlatimiz rahbari aholi vakillari bilan samimiy muloqot qildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olmaliq shahrida 15-oktabr kuni Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi iqtisodiy-ijtimoiy natijalarni&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13439,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-13438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13438"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13440,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13438\/revisions\/13440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13439"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}