﻿{"id":13812,"date":"2024-12-13T13:36:29","date_gmt":"2024-12-13T08:36:29","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=13812"},"modified":"2024-12-13T13:36:29","modified_gmt":"2024-12-13T08:36:29","slug":"rassmotreny-rezultaty-i-predlozheniya-v-legkoj-promyshlennosti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotreny-rezultaty-i-predlozheniya-v-legkoj-promyshlennosti\/","title":{"rendered":"Yengil sanoatdagi natijalar va takliflar ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni to\u2018qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo\u2018yicha yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7760\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-13813\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/86a26c28-f2a8-c974-c565-5815b4f96dba_lists_slider_7760.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda katta o\u2018ringa ega. Xususan, bunday korxonalarda 430\u00a0ming fuqaro ish bilan ta\u2019minlangan. Yengil sanoatning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 14\u00a0foizni, eksportda 16\u00a0foizni tashkil qiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Lekin bugungi murakkab sharoitda tashqi bozordagi vaziyat tez o\u2018zgarayapti. Buning ta\u2019sirida eksport narxlari ip kalavada 9\u00a0foizga, gazlamada 15\u00a0foizga, tayyor mahsulotda 13\u00a0foizga tushgan. Asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamaygan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda bu vaziyatga moslashib ishlash, ichki imkoniyatlarni to\u2018liq safarbar etish choralari muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yanvar-noyabr oylarida to\u2018qimachilik eksporti 2,6\u00a0milliard dollarni tashkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oshirish mumkinligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Jahon bozorida tola narxi pasayib borayotgan sharoitda tola va ip kalavani chuqur qayta ishlashni ko\u2018paytirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun mato ishlab chiqarish va bo\u2018yash korxonalarini qo\u2018shimcha qo\u2018llab-quvvatlash choralari belgilandi. Bu orqali ip kalavani qayta ishlash darajasini 70 foizga yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, bu yil qo\u2018y va echki terisi eksportidan 10\u00a0foizlik yig\u2018im bekor qilingani natijasida 3 million dollarlik eksport shartnomalari tuzilgan. Buni kelasi yil ham davom ettirib, eksportni oshirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Charm sanoati korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta\u2019minlash choralari va kelgusidagi rejalar bo\u2018yicha mas\u2019ullarning hisoboti eshitildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o\u2018rta bo\u2018g\u2018in kadrlari yetishmayotgani, bu yo\u2018nalishda yiliga bor-yo\u2018g\u2018i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg\u2018ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog\u2018lab, \u201cdual ta\u2019lim\u201dni yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda kelgusi yilga mo\u2018ljallangan rejalar haqida ham axborot berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qayd etilganidek, yengil sanoat tarmog\u2018iga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oshirish hamda 25 mingta ish o\u2018rni yaratish ko\u2018zda tutilgan. To\u2018qimachilik mahsulotlari eksportini 4\u00a0milliard dollarga, charm mahsulotlari eksportini 250\u00a0million dollarga olib chiqish maqsad qilingan.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni to\u2018qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo\u2018yicha yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13813,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-13812","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13812","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13812"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13814,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13812\/revisions\/13814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13813"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}