﻿{"id":13989,"date":"2025-02-17T14:49:11","date_gmt":"2025-02-17T09:49:11","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=13989"},"modified":"2025-02-17T14:49:11","modified_gmt":"2025-02-17T09:49:11","slug":"forum-v-el-kuvejte-opredelil-novye-sfery-sotrudnichestva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/forum-v-el-kuvejte-opredelil-novye-sfery-sotrudnichestva\/","title":{"rendered":"Al-Quvaytda bo\u2018lib o\u2018tgan forum hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<strong>Shu yilning 15-fevral kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Quvaytga rasmiy tashrifi arafasida ushbu mamlakat poytaxtida O\u2018zbekiston-Quvayt biznes-forumi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/gov.uz\/oz\/miit\/news\/view\/36328\">xabar qilmoqda<\/a> ISSV matbuot xizmati. Tadbirda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda 100 dan ko\u2018proq yirik kompaniya va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-13990\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-1024x1024.webp\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"1024\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-1024x1024.webp 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-300x300.webp 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-150x150.webp 150w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-768x768.webp 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_-190x190.webp 190w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/70b4cae7-275c-4a86-abec-84e695ad4570_lists_slider_.webp 1080w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Forumda delegatsiyalarga O\u2018zbekiston tomonidan \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Quvayt tomonidan \u2013 Quvayt Savdo-sanoat palatasi rahbari Rabah al-Rabah boshchilik qildi.<\/p>\n<p>Forumning ochilish marosimida qutlov so\u2018zi bilan so\u2018zga chiqqan Laziz Kudratov so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston bilan Quvayt o\u2018rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini alohida ta\u2019kidladi. Yirik quvaytlik kompaniyalar O\u2018zbekistonda sog\u2018liqni saqlash, qishloq xo\u2018jaligi, infratuzilma, mehmonxona biznesi, farmatsevtika va ko\u2018chmas mulk sohalarida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratilganligi ta\u2019kidlandi. Xususan, imtiyozlar va preferensiyalar joriy etildi, tadbirkorlar duch kelayotgan to\u2018siqlar olib tashlanmoqda, xususiylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda, infratuzilmasi rivojlangan o\u2018nlab EIZlar tashkil qilindi, MDH va Yevropa Ittifoqi bozorlariga bojsiz kirish ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Natijada so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston iqtisodiyoti qariyb ikki baravar oshdi. Birgina 2024-yilda YaIM 6,5 foizga o\u2018sib, 115 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobar ko\u2018payib, 34,9 milliard dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasidagi vazifalar keng ko\u2018lamli islohotlar bilan birgalikda 2030-yilga borib O\u2018zbekiston yalpi ichki mahsulotini 200 milliard dollarga yetkazish, daromadi o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan, yiliga 110 milliard dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar va 45 milliard dollarlik eksportga ega mamlakat maqomiga erishish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ikki davlat o\u02bbrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo\u02bbyicha foydalanilmayotgan ulkan salohiyatga e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, agrosanoat tarmog\u2018i, to\u2018qimachilik sanoati, tog\u2018-kon sanoati, energetika va neft-kimyo, sog\u2018liqni saqlash va farmatsevtika, xususiylashtirish, logistika, aloqa va turizm kabi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari sanab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>O\u02bbz navbatida, Quvayt Savdo-sanoat palatasi rahbari Rabah al-Rabah O\u02bbzbekistonning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi sa\u02bcy-harakatlarini yuqori baholadi hamda Quvayt va O\u02bbzbekiston tadbirkorlarini hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqirdi, ularni tomonlarning yangi loyihalar va tashabbuslarni qo\u02bbllab-quvvatlashga o\u02bbzaro tayyor ekaniga ishontirdi.<\/p>\n<p>Biznes-forum doirasida \u201cB2B\u201d va \u201cG2B\u201d muzokaralari va milliy mahsulotlar ko&#8217;rgazmasi tashkil etildi. Tadbirkorlar yangi aloqalarni o&#8217;rnatish, qo&#8217;shma loyihalarning muhim jihatlari va tovarlarni o&#8217;zaro yetkazib berish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Shuningdek, forum doirasida\u00a0milliy mahsulotlari ko\u2018rgazmasi tashkil etilib, unda tadbirkorlar tashqi bozorda talab yuqori bo\u2018lgan mahsulotlarni namoyish etdi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunlari bo\u2018yicha qator investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi. \u00a0Biznes doiralari vakillariga ko&#8217;ra, imzolangan hujjatlar qisqa vaqt ichida O\u2018zbekiston-Quvayt aloqalarini sezilarli darajada kengaytirish va ikki davlat o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish imkonini beradi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shu yilning 15-fevral kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Quvaytga rasmiy tashrifi arafasida ushbu mamlakat poytaxtida O\u2018zbekiston-Quvayt biznes-forumi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati. Tadbirda ikki davlatning tegishli vazirlik&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13990,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-13989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13989"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13991,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13989\/revisions\/13991"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13990"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}