﻿{"id":14197,"date":"2025-03-19T15:46:46","date_gmt":"2025-03-19T10:46:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14197"},"modified":"2025-03-19T15:47:52","modified_gmt":"2025-03-19T10:47:52","slug":"prezident-podderzhka-predprinimatelstva-nash-strategicheskij-put","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-podderzhka-predprinimatelstva-nash-strategicheskij-put\/","title":{"rendered":"Prezident: Tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash \u2013 strategik yo\u2018limiz"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o\u2018rta biznes vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/7955\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14198\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f0895c2-2f7a-8530-bcee-b56e8686bec4_lists_slider_.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yurtimizda bu soha ish o\u2018rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo\u2018shilgan qiymat va eksportni ko\u2018paytirishga eng katta turtki berayotgan yo\u2018nalishga aylandi. So\u2018nggi besh yilda kichik va o\u2018rta tadbirkorlar soni 2 karra ko\u2018paydi. Ularda 10 million 500 ming odam \u2013 jami band aholining 74 foizi daromad topib, ro\u2018zg\u2018or tebratayapti. Iqtisodiyot hajmining yarmidan ko\u2018pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga to\u2018g\u2018ri kelayapti.<\/p>\n<p>Ushbu raqamlarning o\u2018ziyoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun kichik va o\u2018rta biznes qanchalik muhimligini yaqqol ko\u2018rsatib turibdi. Davlatimiz rahbari shu bois bu yo\u2018nalishni qo\u2018llab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash \u2013 bizning strategik yo\u2018limiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Uchrashuvda kichik va o\u2018rta biznes yo\u2018nalishidagi ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi.<\/p>\n<p>Xususan, 2025-yilda uning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko\u2018tarib, 70 milliard dollarlik qo\u2018shilgan qiymat yaratish;<\/p>\n<p>&#8211; yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standartiga ko\u2018maklashib, kichik biznes eksportini o\u2018tgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;<\/p>\n<p>&#8211; ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo\u2018l, qurilish, kommunal xo\u2018jalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;<\/p>\n<p>&#8211; 1,5 million doimiy ish o\u2018rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;<\/p>\n<p>&#8211; 100 nafardan ko\u2018p ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;<\/p>\n<p>&#8211; kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish;<\/p>\n<p>&#8211; kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish kabi katta maqsadlar qo\u2018yilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada xorijiy ekspertlar bilan birga dastur ishlab chiqildi. Unga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar yo\u2018naltirilmoqda.<\/p>\n<p>Prezidentimiz buning samarasida kichik va o\u2018rta biznesga yaratiladigan yangi imkoniyatlarni alohida qayd etib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so\u2018mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shuning 2,5 trillion so\u2018mi yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo\u2018naltiriladi. Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Joriy yildan kichik biznesga 300 million so\u2018mgacha kredit berila boshlandi. Endi oxirgi bir yilda yiriklashib, kichik yoki o\u2018rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuning 150 million so\u2018mi garovsiz beriladi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik bo\u2018yicha ham 50 million so\u2018mgacha garovsiz kredit bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Biznesni moliyalashtirishda muqobil manba sifatida venchur fondlar ommalashmoqda. Besh yilda ular ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirilgan.<\/p>\n<p>Buni kengaytirish maqsadida davlat banklari tomonidan yana 3 ta venchur kompaniya ochilib, 50 million dollar fond shakllantirildi. Xorijdan ham yana 50 million dollar jalb qilinadi. Bu biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun qo\u2018shimcha imkoniyat bo\u2018ladi. Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yo\u2018nalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qo\u2018shilgan qiymat olib kiradi.<\/p>\n<p>Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mahsulot yoki xizmatlar texnik reglament va standartlarga kiritiladi. Bu ularga davlat buyurtmasi uchun yo\u2018l ochadi.<\/p>\n<p>Biznes uchun yaratilgan sharoitlar evaziga so\u2018nggi uch yilda 250 ming yangi korxona tashkil topdi. Endi ularning faoliyati kengayishi uchun joy va bino kerak. Shu bois hokimlar yer tanlashda, eng avvalo, ishini yo\u2018lga qo\u2018yib, rivojlanish istagida yurgan tadbirkorlar so\u2018ragan joylarni auksionga chiqarishi zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Yana bir yangilik: bu yil Qo\u2018ng\u2018irot, Chimboy, Asaka, G\u2018ijduvon, G\u2018allaorol, Yakkabog\u2018, Xatirchi, Chortoq, Bulung\u2018ur, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari hamda Yangiyo\u2018l va Marg\u2018ilon shaharlarida barcha davlat idoralari bitta ko\u2018p qavatli binoga ko\u2018chiriladi. Ulardan bo\u2018shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.<\/p>\n<p>Bunday yangiliklar qishloq xo\u2018jaligi sohasida ham bor. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5 ming gektardan ziyod yer yangicha tartibda ijaraga berilmoqda. U yerda tadbirkorlar o\u2018zi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishi ham mumkin. Bu yil yana 30 ming gektar yer shunday tizim asosida savdoga chiqarilishi aytildi.<\/p>\n<p>Yaqinda \u201cUzagrostar\u201d xolding kompaniyasi tashkil qilingan edi. Uning tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochildi. Endi, bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat majmualari quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard so\u2018m beriladi.<\/p>\n<p>Salohiyatli yo\u2018nalishlardan yana biri \u2013 ishlab chiqarish. Joylarda bunga intiluvchilar ko\u2018p, lekin hammasi ham ishni nimadan boshlash, qayerdan mutaxassis va texnologiya olib kelishni bilmaydi.<\/p>\n<p>Shu bois, 20 ta tumanda kichik va o\u2018rta sanoat korxonalarini rivojlantirish bo\u2018yicha loyiha ofislari ochilishi ma\u2019lum qilindi. Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bunga shu yilning o\u2018zida 100 milliard so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, kichik biznesda yangi \u201cdrayver\u201d bo\u2018ladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha alohida dasturlar qabul qilinishi aytildi.<\/p>\n<p>Yangi tadbirkorlar \u201coyoqqa turib olishi\u201d uchun faoliyatining birinchi yili muhim. Shu bois ularni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida \u201cbirinchi imkoniyat\u201d tamoyili joriy etiladi. Ya\u2019ni, ilk bor ma\u2019muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.<\/p>\n<p>Hozirda faoliyatni tugatish uchun barcha toifadagi tadbirkorlarga bir xil talab belgilangan. Endi bu jarayon ham soddalashadi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard so\u2018mdan oshmagan, soliqdan qarzi bo\u2018lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o\u2018tkazilmaydi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, yurtimizda 2028-yil 1-yanvarga qadar qo\u2018shimcha qiymat solig\u2018i va foyda solig\u2018i stavkasi oshirilmasligi belgilangan. Endi kichik va o\u2018rta biznesga qo\u2018shimcha talab va majburiyat yuklaydigan me\u2019yoriy hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>Fermerlar uchun ham muhim yangilik: soliqdan qarzini vaqtida to\u2018lay olmagani uchun shu paytgacha yig\u2018ilib qolgan 1 trillion so\u2018mlik penyani undirishdan voz kechildi.<\/p>\n<p>Dunyoda keng rivojlanayotgan sun\u2019iy intellekt, raqamli va yashil texnologiyalar, kreativ xizmatlar sohasidagi loyihalarga ham qulay sharoitlar yaratib berilishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish strategiyasini xalqaro moliya tashkilotlari ham qo\u2018llab-quvvatlamoqda. Prezidentimiz uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligining vakolatxonalari rahbarlari bilan ham muloqot qildi. Xalqaro moliya tashkilotlariga amaliy hamkorligi va ko\u2018rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda tadbirkorlar so\u2018zga chiqib, faoliyatini kengaytirish, yangi bozorlarga kirib borish, standartlarni o\u2018rganish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarish bo\u2018yicha takliflarini aytdi. Davlatimiz rahbari buning uchun Kichik biznes uyushmasi tashkil qilish tashabbusini qo\u2018llab-quvvatladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar hamisha qonun va davlat himoyasida ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Prezident doimo sizlarga eng yaqin ko\u2018makchi, tayanch va suyanch bo\u2018ladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qo\u2018llab-quvvatlashdan charchamayman,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar va takliflardan kelib chiqib, Prezident farmoni qabul qilinadigan bo\u2018ldi. Ushbu farmondagi yengilliklar qo\u2018shimcha hujjatlarni kutmasdan to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri amaliyotga kiritiladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o\u2018rta biznes vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Yurtimizda bu soha ish o\u2018rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo\u2018shilgan qiymat&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14198,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14197","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14197","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14197"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14197\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14200,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14197\/revisions\/14200"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14198"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14197"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14197"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14197"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}