﻿{"id":14246,"date":"2025-03-27T16:38:58","date_gmt":"2025-03-27T11:38:58","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14246"},"modified":"2025-03-27T16:38:58","modified_gmt":"2025-03-27T11:38:58","slug":"obsuzhdeny-prioritetnye-zadachi-v-oblasti-privatizatsii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-prioritetnye-zadachi-v-oblasti-privatizatsii\/","title":{"rendered":"Xususiylashtirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo\u2018yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7979\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14247\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/98f7634d-967c-8af5-0865-258169dcb5b6_lists_slider_7979.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va inshootlardan samarali foydalanish maqsadida xususiylashtirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar qilinmoqda. 2021-2024-yillarda 47 trillion so\u2018mlik davlat aktivlari sotilgan. Bu \u2013 oldingi o\u2018n yillikdagi ko\u2018rsatkichdan 30 karra ko\u2018p.<\/p>\n<p>Bular hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 karra qisqardi, iqtisodiyotda davlat ulushi 13 foizga kamaydi. Xususiylashgan mulk samaradorligi ham bir necha barobar oshdi.<\/p>\n<p>Oldinlari, asosan, kichik korxona va obyektlar sotilgan bo\u2018lsa, endilikda yirik davlat aktivlari ham sotuvga chiqarilmoqda. Jumladan, Qo\u2018ng\u2018irot soda zavodi, \u201cFoton\u201d, \u201cTemiryo\u2018lkonteyner\u201d kabi yirik korxonalar, \u201cInternational\u201d va \u201cLotte\u201d mehmonxonalari xususiylashtirildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili noyabrda ilk bor \u201cxalq IPO\u201dsi bo\u2018yicha Tovar-xomashyo birjasining 3 milliondan ortiq aksiyasi aholiga sotildi, 11 ming odam aksiyadorga aylandi.<\/p>\n<p>Lekin hali tizimda kamchiliklar, hududlar va tarmoqlarda foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko\u2018p. Bo\u2018sh turgan joylarni iqtisodiy aktivga aylantirish, auksionga qo\u2018yilgan tayyor binolarni sotishda sustkashliklar bor.<\/p>\n<p>Masalan, hududning ixtisoslashuvi, kommunikatsiya o\u2018tkazish imkoniyati o\u2018rganilmasdan auksionga chiqarilgan 1,5 ming gektar yer 1-yildan ortiq sotilmagan. 4 mingta yer uchastkasini auksionga chiqarishda kelishish jarayonlari kechikkan. Vazirlar va hokimlar o\u2018tgan yili sotilishi kerak bo\u2018lgan 243 ta mulkni Davlat aktivlari agentligiga o\u2018tkazib bermagan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14248\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/83bb6908-c061-cc7f-d1c4-bd36fb23826c_lists_slider_7979.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yirik davlat korxonalarida ham ishlar jadal emas. \u201cAvtosanoat\u201d, \u201cKimyosanoat\u201d, \u201cMetallurgiya kombinati\u201d, \u201cO\u2018zbekneftgaz\u201d kabi 22 ta korxona haligacha xalqaro moliyaviy hisobot yuritishga o\u2018tmagan. \u201cO\u2018zbekiston pochtasi\u201d, \u201cUzbekistan Airports\u201d, \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d haligacha kredit reytingi olmagan.<\/p>\n<p>Tanqidiy ruhda o\u2018tgan yig\u2018ilishda bu kabi masalalarni hal etib, ishlarni jadallashtirish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Xususiylashtirish sohasidagi 2025 yilgi maqsadlar belgilab olindi. Jumladan:<\/p>\n<p>&#8211; 30 trillion so\u2018mlik davlat mulkini sotib, byudjetga kamida 10 trillion so\u2018m tushumni ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>&#8211; 116 ta korxonadagi davlat ulushini va 581 ta ko\u2018chmas mulk obyektini sotuvga chiqarish;<\/p>\n<p>&#8211; 6,1 ming gektar yerni auksionga qo\u2018yib, sotish hajmini 6 trillion so\u2018mga yetkazish;<\/p>\n<p>&#8211; kamida 300 ta kon va maydonni tashabbuskorlarga taklif etib, 500 milliard so\u2018m tushum tushirish.<\/p>\n<p>Bularning natijasida iqtisodiyotga qo\u2018shimcha investitsiyalar kirib kelib, tadbirkorlikka imkoniyat kengayadi, minglab ish o\u2018rinlari paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda bu maqsadlarga erishish uchun bir qator yengilliklar berilishi e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>Endi tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri o\u2018zi sotib olishi mumkin bo\u2018ladi. Bugungi kunda 632 ta shunday obyekt bor. Ushbu mulklarni ijarachilarning o\u2018ziga sotish orqali kamida 2 trillion so\u2018m tushum qilish mumkin.<\/p>\n<p>Paxtasanoatning sotilmay qolgan 131 ta aktivlarini boshlang\u2018ich bahosi 50 foizgacha pasaytirilib, auksionga chiqariladi. Bunda, tadbirkorlarga to\u2018lovlarni uch yilgacha bo\u2018lib to\u2018lash imkoniyati beriladi.<\/p>\n<p>Hozirda respublikadagi 537 ta bozor va savdo majmualarining kamida 51 foiz ulushi mahalliy hokimliklarga tegishli. Endi bu tartib ham o\u2018zgaradi. Bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to\u2018g\u2018risidagi talab bekor qilinadi. Bu ham tadbirkorlar uchun qo\u2018shimcha imkoniyat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yer maydonlarini sotish bo\u2018yicha ham imkoniyatlar kengaytiriladi. Masalan, auksionda uzoq vaqtdan buyon sotilmay turgan, maydoni kichik bo\u2018lgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.<\/p>\n<p>Davlat aktivlaridan samarali foydalanib, mahalliy byudjetga tushumni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha yaxshi tajribalar ham bor. Misol uchun, Toshkent shahrida munitsipal toifadagi joylar xatlov qilinib, elektron bazasi yaratildi. 102 ta samarasiz bino hamda 97 gektar bo\u2018sh yer aniqlanib, auksionga chiqarish boshlandi. O\u2018tgan yili bino-inshootlar ostidagi 118 gektar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan 60 milliard so\u2018m tushum bo\u2018ldi. Bu \u2013 2022-yilga nisbatan 5\u00a0karra ko\u2018p degani.<\/p>\n<p>Endi ushbu tajriba barcha viloyat markazlarida, keyingi yil tumanlarda joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Sohadagi yana bir muhim masala \u2013 davlat ishtirokidagi korxonalarni xalqaro bozorga olib chiqish. Bugungacha ushbu tizim o\u2018zini oqlagan va samarasini bergan. Xalqaro tashkilotlar ham buni e\u2019tirof etayapti.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga ekspertlarni jalb qilgan holda bu jarayonlarni davom ettirish vazifasi qo\u2018yildi. Bu yil xalqaro bozorlarda yana 28 ta, keyingi yil 10 ta yirik korxona aksiyalari ommaviy savdoga chiqarilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Bosh vazirga bu bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d tasdiqlab, ijrosini har oyda muhokama qilib borish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan maslalar yuzasidan vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar axborot berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo\u2018yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va inshootlardan&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14247,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14246","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14246","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14249,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14246\/revisions\/14249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14247"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}