﻿{"id":14299,"date":"2025-04-04T16:57:18","date_gmt":"2025-04-04T11:57:18","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14299"},"modified":"2025-04-04T16:57:18","modified_gmt":"2025-04-04T11:57:18","slug":"prezident-uzbekistan-vydvinul-novye-initsiativy-po-ukrepleniyu-sotrudnichestva-mezhdu-tsentralnoj-aziej-i-evropejskim-soyuzom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistan-vydvinul-novye-initsiativy-po-ukrepleniyu-sotrudnichestva-mezhdu-tsentralnoj-aziej-i-evropejskim-soyuzom\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash bo\u2018yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<strong>4-aprel kuni Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Yevropa Ittifoqi&raquo; birinchi sammiti bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8024\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14300\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64a7d943-859c-861b-20c8-fd14ee3fcb70_lists_slider_8024.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko\u2018rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p>Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko\u2018paytirish, innovatsiyalar, &laquo;yashil&raquo; energetika, tog\u2018-kon, qishloq xo\u2018jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo\u2018shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta\u2019lim va boshqa ustuvor yo\u2018nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tadbirni ochar ekan, Markaziy Osiyo va Yevropa o\u2018rtasidagi chuqur tarixiy ildizlarga ega munosabatlar jadal rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.<\/p>\n<p>Sammit arafasida bo\u2018lib o\u2018tgan konstruktiv va samarali uchrashuvlar ikki mintaqa manfaatlari yo\u2018lida sheriklik va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga bo\u2018lgan siyosiy iroda va qat\u2019iyatni namoyon etdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Yevropa Ittifoqining asosiy siyosiy va iqtisodiy institutlari rahbarlariga Markaziy Osiyoda integratsiya va barqaror taraqqiyot jarayonlarini har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14301\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d0695442-bcc3-7c5c-e78f-ed75dd50db4d_lists_slider_8024.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ta\u2019kidlaganidek, umumiy siyosiy iroda tufayli Markaziy Osiyodagi chuqur transformatsiya jarayonlari barqaror va ortga qaytmas tus oldi. Ishonch va yaxshi qo\u2018shnichilik mustahkamlanmoqda, keng ko\u2018lamli hamkorlik va kooperatsiya aloqalari kengaymoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013\u00a0Bundan yetti-sakkiz yil avval buning uchun hatto sharoit ham yo\u2018q edi. Ba\u2019zi mamlakatlar o\u2018rtasidagi chegaralar yopiq edi. Na savdo, na tranzit, na biznes, hech qanday gumanitar almashuvlar yo\u2018q edi. Munosabatlar shunchaki muzlatib qo\u2018yilgandi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Shu yil sentyabr oyida Toshkentda mintaqadagi davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvini o\u2018tkaziladi. Bu hamkorlik formati umumiy kun tartibidagi barcha dolzarb vazifalarni ochiq va konstruktiv hal qilishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi kuni kecha tarixiy voqea &#8211; Qirg\u2018iziston va Tojikiston o\u2018rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalari to\u2018liq tartibga solingani va kelishuvlar imzolanganini alohida qayd etdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mintaqada yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari birgalikda amalga oshirilayotgani, ularni qo\u2018llab-quvvatlash uchun investitsiya fondlari va kompaniyalari faoliyat yuritayotgani ta\u2019kidlandi. Mintaqa ichidagi savdo ko\u2018paymoqda, chegaraoldi savdo zonalari tashkil etilmoqda. Bularning barchasi mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>YTTB prognozlariga ko\u2018ra, joriy yilda mintaqaviy yalpi ichki mahsulot hajmi 6 foizgacha oshadi, bu boshqa mintaqalardagi o\u2018rtacha ko\u2018rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori.<\/p>\n<p>Umummintaqaviy o\u2018ziga xoslikni shakllantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar va ta\u2019lim almashinuvini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha birgalikdagi ishlar alohida qayd etildi. Mamlakatlarimizda yetakchi milliy ta\u2019lim muassasalarining filiallari ochilmoqda. Xorijiy sayyohlar uchun yagona Markaziy Osiyo vizasi loyihasi ilgari surilmoqda.<\/p>\n<p>Mintaqa va Yevropa Ittifoqi o\u2018rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashgani kuzatilmoqda. So\u2018nggi yetti yilda mamlakatlar o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar o\u2018sib, 54 milliard yevroni tashkil etdi. Samarali hamkorlik platformalari ishga tushirildi. Barcha muhim yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha vazirlar yig\u2018ilishlari, forumlar va sammitlar muntazam o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi o\u2018rta va uzoq muddatli istiqbolga mo\u2018ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari yuzasidan o\u2018z nuqtayi nazarini bayon qildi.<\/p>\n<p>Avvalo, siyosiy muloqotni, ko\u2018p tomonlama hamkorlikning huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o\u2018rtasida strategik sheriklik o\u2018rnatish haqida qabul qilinayotgan hujjat qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Strategik sheriklikni aniq qarorlar, loyiha va dasturlar bilan boyitish maqsadida ikki mintaqamiz o\u2018rtasida sheriklik va hamkorlik bo\u2018yicha to\u2018laqonli Bitimni imzolash masalasini ko\u2018rib chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar bo\u2018yicha umumiy pozitsiyalarni ishlab chiqish uchun tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvlarini doimiy o\u2018tkazib borish; parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Yevropa Ittifoqi\u201d parlamentlararo hamkorlik forumini ta\u2019sis etish hamda uning ilk tadbirini shu yil kuzda O\u2018zbekistonda o\u2018tkazish; yetakchi tahlil markazlari hamkorligini kengaytirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Kelishuvlarini o\u2018z vaqtida amalga oshirishni ta\u2019minlash bo\u2018yicha tizimli ishlash maqsadida navbatdagi yig\u2018ilishga qadar sammit kotibiyati funksiyasini O\u2018zbekiston o\u2018z zimmasiga olishga tayyorligi bildirildi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyot va texnologik modernizatsiyaga investitsiyalar kiritish o\u2018zaro hamkorlikning ustuvor mezoni sifatida belgilandi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli 30 milliard yevrodan oshdi.<\/p>\n<p>Navbatdagi Toshkent investitsiya forumi doirasida ikki mintaqaning investitsiyaviy imkoniyatlariga bag\u2018ishlangan alohida sessiya o\u2018tkazish va Yevropa kompaniyalari uchun O\u2018zbekistonda Mintaqaviy sanoat parki konsepsiyasini taqdimot qilish taklif etildi.<\/p>\n<p>Kuni kecha Toshkent shahrida Yevropa investitsiya banki ofisini ochish to\u2018g\u2018risida bitim imzolangani, bu YI mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri investitsiyalar oqimini rag\u2018batlantirishga xizmat qilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari &laquo;yashil&raquo; energetika, innovatsiyalar, transport, infratuzilma va agrar sohadagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surish uchun Investitsiya platformasini ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekiston Prezidenti bir qator boshqa tashabbuslarni aytdi. Investitsiyalarni himoya qilish va rag\u2018batlantirish to\u2018g\u2018risida ko\u2018p tomonlama bitim imzolash, &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Yevropa Ittifoqi&raquo; qo\u2018shma savdo palatasini ishga tushirish, Kichik va o\u2018rta biznes, xotin-qizlar tadbirkorligi loyihalarini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha qo\u2018shma mintaqaviy dasturni qabul qilish shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Joriy yilda O\u2018zbekiston Transport bog\u2018liqligi bo\u2018yicha navbatdagi iqtisodiy forum va Investorlar forumini o\u2018tkazishga tayyor.<\/p>\n<p>Eksportchilarimiz salohiyatini oshirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish laboratoriyalari va markazlarini tashkil etish uchun Yevropa Ittifoqining texnik ko\u2018magini kengaytirish masalalariga ham e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Strategik mineral resurslar sohasida hamkorlik va investitsiyalarni chuqurlashtirish o\u2018zaro manfaatli sheriklikning yana bir istiqbolli yo\u2018nalishi sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bu borada Yevropaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilish bo\u2018yicha ijobiy tajribaga ega. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlarni, shuningdek, tayyor sanoat va qishloq xo\u2018jaligi tovarlarini Yevropa bozoriga yetkazib berish uchun samarali transport yo\u2018laklari mavjud emasligi bu boradagi sheriklikni kengaytirishga to\u2018sqinlik qilmoqda.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, Transkaspiy transport yo\u2018lagini kengaytirish va undan foydalanish uchun muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar va qulay sharoitlarni ishlab chiqish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p><em>\u2013\u00a0Ishonaman, ushbu vazifalar \u201cGlobal darvoza\u201d umumevropa dasturining maqsadlariga to\u2018liq mos keladi,\u00a0<\/em>&#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Shu maqsadda Yevroittifoq shafeligida ushbu yo\u2018nalishda joylashgan mamlakatlar transport vazirlarining uchrashuvini chaqirib, o\u2018zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish taklif qilindi.<\/p>\n<p>&laquo;Yashil&raquo; energetika va ekologik barqarorlikka sarmoya kiritish strategik ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo\u2018yicha xalqaro loyihani to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlashi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda 2030 yilga qadar energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish, 24 ming megavatt &laquo;yashil&raquo; quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>\u201cToza\u201d energiya bo\u2018yicha \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Yevropa Ittifoqi\u201d sherikligining yo\u2018lga qo\u2018yilishi bilan o\u2018zaro hamkorlikning muhim platformasi yaratilishi mumkin.<\/p>\n<p>Loyihalarni moliyalashtirish va &laquo;uglerod kreditlari&raquo; bozorini rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Inson kapitaliga yo\u2018naltirilayotgan investitsiyalar ikki mintaqa hamkorligini rivojlantirishda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo\u2018yicha &laquo;Erazmus plyus&raquo; dasturi doirasida mintaqa mamlakatlari uchun maxsus kvotalar joriy etilishi ushbu maqsadga erishishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy-ta\u2019lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida O\u2018zbekistonda &laquo;Ufq &#8211; Yevropa&raquo; dasturi ofisini ochishga tayyor.<\/p>\n<p>Sun\u2019iy intellekt, &laquo;katta ma\u2019lumotlar&raquo;, raqamlashtirish va kosmik tadqiqotlar sohasida ilmiy-texnologik almashinuv bo\u2018yicha qo\u2018shma dastur ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti mintaqa mamlakatlarini Yevropaning raqamli ta\u2019lim sohasidagi Harakatlar dasturiga kiritish, shuningdek, yetakchi oliy ta\u2019lim muassasalari o\u2018rtasidagi sheriklikning &laquo;yo\u2018l xaritasi&raquo;ni amalga oshirish bo\u2018yicha takliflar bildirdi.<\/p>\n<p>Yevropalik mutaxassislar ishtirokida &laquo;Lazgi&raquo; milliy baleti sahnalashtirilgani, shuningdek, Yevropaning eng yirik muzeylarida Markaziy Osiyo tarixiy merosi ko\u2018rgazmalari tashkil etilgani madaniyat sohasidagi hamkorlikning yorqin namunasidir.<\/p>\n<p>Jahon auditoriyasini mintaqamizning boy madaniyati bilan tanishtirish borasidagi sa\u2019y-harakatlarning davomi sifatida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadigan YUN\u0415SKO Bosh konferensiyasidan Markaziy Osiyo xalqlari san\u2019atini targ\u2018ib etishda faol foydalanish muhimligi alohida ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Joriy yilda Buxoroda &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Yevropa Ittifoqi&raquo; birinchi turizm forumini o\u2018tkazish ham rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><em>\u2013\u00a0Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasini joriy etish asosida \u201cBir tur \u2013 butun mintaqa\u201d konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, mintaqamiz sayyohlari uchun viza rejimini soddalashtirish masalasini ko\u2018rib chiqishda yevropalik sheriklarimizning ko\u2018magiga tayanamiz,\u00a0<\/em>&#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Terrorizm, ekstremizm, radikalizm, kiberjinoyatchilik, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilish dolzarb ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Yevropalik hamkorlarning terrorizmga qarshi kurash masalalari bo\u2018yicha muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yish taklifi qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>\u201cBOMCA\u201d va \u201cCADAP\u201d dasturlari doirasidagi amaliy hamkorlikni, shuningdek, Afg\u2018onistonda tinch taraqqiyotni ta\u2019minlash masalalari bo\u2018yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ilgari surilgan tashabbus va kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida Bosh vazirlar o\u2018rinbosarlari darajasida &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; YI&raquo; formatida Sheriklik qo\u2018mitasini ta\u2019sis etish va har yili uchrashuvlar o\u2018tkazishni taklif etdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda delegatsiyalar rahbarlari ikki mintaqa o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish bo\u2018yicha takliflar bildirdi.<\/p>\n<p>Birinchi sammit yakunida ikki mintaqa o\u2018rtasida strategik sheriklik o\u2018rnatishni nazarda tutuvchi Qo\u2018shma deklaratsiya va o\u2018ta muhim minerallar sohasida hamkorlik to\u2018g\u2018risida deklaratsiya qabul qilindi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>4-aprel kuni Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Yevropa Ittifoqi&raquo; birinchi sammiti bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta,&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14301,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14299","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14299","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14299"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14299\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14302,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14299\/revisions\/14302"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14301"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14299"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14299"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14299"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}