﻿{"id":14338,"date":"2025-04-11T12:54:25","date_gmt":"2025-04-11T07:54:25","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14338"},"modified":"2025-04-11T12:54:25","modified_gmt":"2025-04-11T07:54:25","slug":"obsuzhdeny-voprosy-turizma-i-investitsij","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-voprosy-turizma-i-investitsij\/","title":{"rendered":"Turizm va investitsiya masalalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-aprel kuni hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8049\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14339\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f515bbc1-beb1-f65d-25a8-169d3e75ce40_lists_slider_8049.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizning turizm eksporti 1,6 karra oshib, 3 milliard 500 million dollarga yetdi, bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O\u2018tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi.<\/p>\n<p>Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez rivojlanayapti. Xususan, o\u2018tgan 8 yilda 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130 mingta mehmon o\u2018rni ochilgan.<\/p>\n<p>Bugungi kunda 20 ta turizm qishlog\u2018i faoliyat yuritayapti. Parkent tumanining \u201cOltin bel\u201d cho\u2018qqisida xalqaro darajadagi yangi tog\u2018-chang\u2018i zonasi barpo etilayapti.<\/p>\n<p>Aslida, yurtimiz tarixi, madaniyati va tabiatiga asoslanib, sayyohlarni yana 2-3 karra ko\u2018paytirish mumkin. Lekin ayrim hududlarda yo\u2018l va transport noqulayligi, ko\u2018ngilochar joylar va qiziqarli dasturlar yetishmasligi kabi kamchiliklar bor.<\/p>\n<p>Shu bois yig\u2018ilishda joylardagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, turizm yo\u2018nalishlarini ko\u2018paytirish, sayyohlarga sharoitlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Masalan, Sariosiyo tumanining asosiy qismi tog\u2018lardan iborat bo\u2018lib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjud. U yerda dor yo\u2018li, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa bo\u2018ladi. Chortoq tumani ham go\u2018zal tabiati, shifobaxsh suvi bilan mashhur.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga shu kabi 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish bo\u2018yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14340\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512053f6-0f20-2871-9c10-af7f7c264493_lists_slider_8049.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bugungi kunda \u201cBBC\u201d, \u201cEuronews\u201d kabi nufuzli telekanallarda, 20 dan ortiq xalqaro ko\u2018rgazmalarda O\u2018zbekistonga sayohat keng targ\u2018ib qilinmoqda. Viza tartiblari soddalashtirilyapti, zamonaviy samolyotlar olib kelinyapti.<\/p>\n<p>Endi bu imkoniyatlardan foydalanib, sohadagi salohiyatli bozorlardan sayyohlarni jalb qilish, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlarni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Ayni paytda Milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda. Endi unga elektron viza berish, chipta olish jarayonlari ham ulanadi. Shuningdek, barcha tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan \u201cyagona turistik karta\u201d joriy qilinadi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda ichki turizmga e\u2019tibor kuchaygani uchun mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi. Lekin haligacha boshqa viloyatlarga sayohatga bormaganlar ko\u2018p topiladi.<\/p>\n<p>Shu bois endi har oyning bir shanba-yakshanbasi \u201coila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni\u201d, deb e\u2019lon qilinadi. Yoshlar o\u2018rtasidagi musobaqa g\u2018oliblariga O\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat yo\u2018llanmasi sovg\u2018a qilinadi.<\/p>\n<p>Sohadagi yana bir yo\u2018nalish \u2013 madaniy meros obyektlari. Oxirgi 4 yilda 327 ta shunday majmua restavratsiya va konservatsiya qilindi. Hozir yana 485 ta obyekt ta\u2019mirtalab.<\/p>\n<p>Bu ishlarga xususiy sektorni jalb etib, biznes loyiha qilish mumkinligi aytildi. Madaniy meros obyektlarini ijaraga berishni takomillashtirish, ularga tushumlarni raqamlashtirish vazifalari ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Turizm bo\u2018yicha oliy ta\u2019lim muddati 4 yildan 3 yilga kamaytirilib, dual tizimga o\u2018tkazildi. Endi buning davomi sifatida, talabalarni amaliyot va ishlash uchun xorijga yuborish yaxshi samara beradi.<\/p>\n<p>Umuman, bunday imkoniyatlar evaziga bu yil 15 million turistni jalb qilish va eksportni 4 milliard dollarga yetkazish mumkinligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish kun tartibidagi ikkinchi masala \u2013 xorijiy davlatlar bilan hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalar tahlili bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bu yil birinchi chorakning o\u2018zida Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflar chog\u2018ida 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi. Yaqinda Samarqandda o\u2018tgan sammitda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini ma\u2019lum qildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda 2025-yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish ko\u2018zda tutilgan. 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o\u2018rta va kichik loyiha amalga oshirilishi, donor tashkilotlardan 2 milliard dollar grant hamda banklar tomonidan 6 milliard dollar jalb qilinishi belgilangan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14341\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/01be6e29-0d2d-8cf6-3fe9-aae7ae41e33a_lists_slider_8049.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda bu boradagi imkoniyatlar hududlar va hamkor mamlakatlar kesimida tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Masalan, ilgari investor bormagan, temir yo\u2018l yoki magistral yo\u2018l ham o\u2018tmagan Oltinsoy tumanida 100 million dollarlik 3 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Yoki Qo\u2018shrabotda granit tosh qazib olish va qayta ishlash bo\u2018yicha 75 million dollarlik 2 ta yangi loyiha boshlangan. Izlansa, bunday imkoniyatlar har bir hududda bor.<\/p>\n<p>O\u2018tgan oyda Londonda \u201cO\u2018zbekiston investorlari kuni\u201d tashkil etildi. Shu yilning o\u2018zida 2 milliard 770 million dollar jalb qilish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Gonkong, Dubay, Shanxay, Tokio, Istanbul kabi biznes markazlarida ham tashkil etish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Xususiylashtirishga oid katta dastur ishlab chiqilmoqda. Unga ko\u2018ra, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotilishi, 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqarishi mo\u2018ljallangan. Bular ham xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun ulkan imkoniyat.<\/p>\n<p>Shu oyda Jizzaxda, iyunda esa Toshkent shahrida xalqaro investitsiya forumlari o\u2018tkaziladi. Ularda investorlarga taklif qilish uchun loyihalar jamlanmasini puxta shakllantirish zarur.<\/p>\n<p>Xalqaro moliya institutlari bilan yangicha tizimda ishlanayotgani tufayli yil boshidan buyon 706 million dollar o\u2018zlashtirildi. Issiqlik stansiyalari, hududiy elektr tarmoqlari, qishloq xo\u2018jaligi, avtoyo\u2018l va temir yo\u2018l tizimlaridagi loyihalar ancha oldinga siljidi.<\/p>\n<p>Lekin vaqtida bajarilmagan yoki asossiz cho\u2018zilayotgan holatlar ham bor. Bundan keyin tayyor loyihaga o\u2018zgartirish kiritish faqat Hukumat doirasida ko\u2018rib chiqilishi, qo\u2018shimcha ishlar loyiha tugagach, tejalgan mablag\u2018 hisobidan bo\u2018lishi ta\u2019kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Hozirda xalqaro moliya tashkilotlari bilan energetika, transport, agrar, kommunal va ijtimoiy sohalarda 20 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Chet ellik sheriklar mamlakatimizdagi islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlayapti.<\/p>\n<p>Jumladan, o\u2018tgan oylarda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Fransiya rivojlanish agentligi, Islom taraqqiyot bankining O\u2018zbekistondagi vakillari Qoraqalpog\u2018iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoga borib, 200 ga yaqin tadbirkor bilan ishladi. Qisqa vaqt ichida 1,5 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi.<\/p>\n<p>Bosh vazir o\u2018rinbosariga bu amaliyotni tizimga aylantirib, boshqa hududlarda ham yana kamida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan vazirlar, hokimlar, xorijiy davlatlardagi elchilar va sohadagi tadbirkorlarning takliflari eshitildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-aprel kuni hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u2018nggi yillarda mamlakatimizning&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14339,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14342,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14338\/revisions\/14342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14339"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}