﻿{"id":14679,"date":"2025-06-12T10:41:53","date_gmt":"2025-06-12T05:41:53","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14679"},"modified":"2025-06-12T10:41:53","modified_gmt":"2025-06-12T05:41:53","slug":"prezident-uzbekistana-oboznachil-klyuchevye-napravleniya-investitsionnogo-sotrudnichestva-s-zarubezhnymi-partnerami","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistana-oboznachil-klyuchevye-napravleniya-investitsionnogo-sotrudnichestva-s-zarubezhnymi-partnerami\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti xorijiy hamkorlar bilan investitsiyaviy sheriklikning asosiy yo\u2018nalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida to\u2018rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8202\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14680\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5e5c75d7-6691-f659-0989-c086c4704c68_lists_slider_8202.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Qozog\u2018iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg\u2018iziston Hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Rossiya Hukumati raisi o\u2018rinbosari Aleksandr Novak, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o\u2018rinbosari Nokerguli Ataguliyev hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso va Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Umuman, forumga 100 dan ziyod mamlakatdan 7,5 mingdan ortiq delegat, jumladan, 3 mingga yaqin xorijiy mehmon tashrif buyurdi. Bu yilgi tadbir yangi, kengaytirilgan shaklda o\u2018tkazilmoqda. Uning doirasida ilk bor O\u2018zbekiston kompaniyalarining loyihalari va qo\u2018shma tashabbuslari namoyish etilayotgan ixtisoslashgan ko\u2018rgazma tashkil etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari forumdagi nutqini dunyodagi bugungi vaziyatning qisqacha tahlilidan boshladi. Bugungi kunda geosiyosiy jarayonlar shiddat bilan o\u2018zgarib, global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdidlar kuchayib borayotgani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy inqirozning keskinlashuvi va moliyaviy resurslar taqchilligi natijasida jahon yalpi ichki mahsulotining o\u2018sish sur\u2019atlari ketma-ket uchinchi yil pasaymoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari mintaqaviy mojarolar va muammolarni faqat diplomatik vositalar bilan, xalqaro huquq normalari va prinsiplari asosida, BMT rezolyutsiyalariga muvofiq hal etish muhimligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>&#8211; Men hozir ta\u2019kidlab o\u2018tgan muammolar bo\u2018yicha barcha sherik davlatlarimizni ochiq va keng ko\u2018lamli xalqaro hamkorlikka chaqiramiz. Chunki forumning asosiy mavzusi bo\u2018lgan investitsiyalar \u2013 faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi nafaqat daromad keltiradigan, balki inson qadrini ulug\u2018lash, uning hayotiy manfaatlari va jamiyat taraqqiyotini ta\u2019minlash uchun mustahkam poydevor bo\u2018lib xizmat qiladigan investitsiya muhitini yaratishga chaqirdi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14681\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b7e87f11-48dd-53f5-315a-5c34f67814de_lists_slider_8202.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotni ta\u2019minlash borasidagi yutuqlariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. So\u2018nggi 8 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti ikki barobar ko\u2018paydi. Bu ko\u2018rsatkichni 2030-yilga borib 200 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. 2024-yilda investitsiyalar hajmi 35 milliard dollarga, eksport esa 27 milliard dollarga yetgan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi 5 yil ichida O\u2018zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida 48 pog\u2018onaga, Garvardning Iqtisodiyot murakkabligi indeksida 28 pog\u2018onaga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan oyda nufuzli \u201cS&amp;P\u201d agentligi O\u2018zbekistonning suveren reytingi bo\u2018yicha prognozini &laquo;barqaror&raquo;dan &laquo;ijobiy&raquo;ga ko\u2018tardi.<\/p>\n<p>Bugun jahon iqtisodiyoti yangi o\u2018zgarishlar ostonasida turganini ta\u2019kidlar ekan, O\u2018zbekiston Prezidenti to\u2018rtta muhim yo\u2018nalish bo\u2018yicha hamkorlik qilish muhimligini ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Birinchisi &#8211; &laquo;yashil&raquo; iqtisodiyot modeliga o\u2018tish.<\/p>\n<p><em>&#8211; Biz iqtisodiyotni barqaror energiya resurslari bilan ta\u2019minlash uchun aynan \u201cyashil\u201d energetikani rivojlantirishga qattiq bel bog\u2018laganmiz,\u00a0<\/em>&#8211; dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda bu sohaga qariyb 6 milliard dollar to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 59 milliarddan 82 milliard kilovatt soatga oshdi. Kelgusi 5 yilda bu ko\u2018rsatkich 120 milliard kilovatt-soatdan oshib, &laquo;yashil&raquo; energiya ulushi 54 foizga yetadi.<\/p>\n<p>Elektr tarmoqlarini yangilashga ham 4 milliard dollar jalb qilinadi. Joriy yilda Samarqand shahrida, kelgusi yilda yana 8 ta hududda elektr tarmoqlari xususiy sheriklikka beriladi.<\/p>\n<p>Birinchi marta &laquo;yashil sertifikatlar&raquo; va uglerod birliklari savdosini yo\u2018lga qo\u2018yish rejalashtirilgan. O\u2018zbekiston global uglerod bozorlariga qo\u2018shiladi, &laquo;Yashil O\u2018zbekiston&raquo; iqlim investitsiyalari platformasi yaratiladi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, raqamli texnologiyalar va sun\u2019iy intellekt iqtisodiyotning yangi &laquo;drayveri&raquo;ga aylanmoqda.<\/p>\n<p><em>&#8211; Mamlakatimizda shu yilning o\u2018zida IT eksporti 1 milliard dollarga yetadi. 2030-yilga borib, bu ko\u2018rsatkichni 5 karra oshirish uchun salohiyatimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli,\u00a0<\/em>&#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning bu boradagi yutuqlari xalqaro miqyosda e\u2019tirof etilmoqda. Xususan, Xalqaro sun\u2019iy intellektga tayyorlik indeksida mamlakatimiz bir yilda 17 pog\u2018onaga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda &laquo;Bulutli texnologiyalar&raquo; milliy platformasi ishga tushiriladi. Yaqin 5 yilda xususiy investorlar bilan birga 500 megavattdan ziyod quvvatli 20 ta data-markaz barpo etiladi.<\/p>\n<p>Boy tariximiz, qadriyatlarimiz va yangi kreativ g\u2018oyalarni mujassam etadigan milliy sun\u2019iy intellekt modelini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ushbu tizim samaradorligini ta\u2019minlash maqsadida &laquo;Bir million sun\u2019iy intellekt yetakchilari&raquo; loyihasi boshlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar bilan O\u2018zbekiston nufuzli IT va fintex xabiga aylanishiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, moliyaviy tizim va texnologiyalar tubdan o\u2018zgarmoqda.<\/p>\n<p><em>&#8211; Biz yaqinda Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi va Jahon banki bilan birga O\u2018zbekiston moliya sektorini ilk bor kompleks baholashdan o\u2018tkazdik. Ular bank, moliya, sug\u2018urta, kapital bozoridagi islohotlarimizni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatladi,\u00a0<\/em>&#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Bu sohalarni keyingi bosqichga olib chiqish uchun Moliyaviy barqarorlik kengashi tuziladi, Markaziy bank huzurida kiberxavfsizlik va moliyaviy texnologiyalar platformalari ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Sug\u2018urta tizimida islohotlar boshlandi, Milliy qayta sug\u2018urtalash kompaniyasi va Global qayta sug\u2018urtalash raqamli platformasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Startaplar uchun muqobil moliyaviy vosita &#8211; venchurlar jadal rivojlanmoqda. Masalan, o\u2018tgan yili ikkita milliy startap kompaniyasining qiymati ilk bor 1 milliard dollardan oshdi.<\/p>\n<p>Bunday kompaniyalarni ko\u2018paytirish maqsadida &laquo;Muqobil investitsiya jamg\u2018armalari to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Kelgusi 5 yilda venchur va boshqa muqobil investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi.<\/p>\n<p>Yana bir yo\u2018nalish &#8211; &laquo;To\u2018rtinchi sanoat inqilobi&raquo; sharoitida texnologik minerallarga talab bir necha barobar ko\u2018paymoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxiralari aniqlangan. Yer osti boyliklarimizning umumiy salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.<\/p>\n<p>&#8211; Mintaqamizning minerallardan yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish \u201cxabi\u201dga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu borada Toshkent va Samarqand viloyatlarida \u201cKelajak metallari texnoparki\u201dni bunyod etmoqdamiz, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Shu bois geologiya-qidiruv ishlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo\u2018lgan to\u2018liq zanjirni yo\u2018lga qo\u2018ygan investorlarga 10 yil davomida renta solig\u2018ini qaytarib berish taklif qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti o\u2018z nutqida &laquo;Yangi O\u2018zbekiston &#8211; investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati&raquo; tamoyilini amalda ro\u2018yobga chiqarishga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Birinchidan, O\u2018zbekiston kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lishni maqsad qilgan. Bu borada o\u2018nlab qonunlar, yuzlab standartlar xalqaro talablarga moslashtirildi. Bu jarayon joriy yilda to\u2018liq yakunlanadi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, xorijiy investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy kompaniyalar bilan bir xil sharoitlarni kafolatlaydigan &laquo;milliy rejim&raquo;, davlat idoralari bilan o\u2018zaro hamkorlikda &laquo;yagona darcha&raquo; tamoyili joriy etiladi, investitsiya faoliyatini kafolatli himoya qilish tizimi yaratiladi.<\/p>\n<p>Bunday chora-tadbirlar orqali 2030-yilga borib O\u2018zbekistonning kredit reytingini \u201cinvestitsion\u201d darajaga ko\u2018tarish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Uchinchidan, davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda ularni mamlakat farovonligi o\u2018sishiga xizmat qiladigan yirik aktivlarga aylantirish yo\u2018li tanlandi.<\/p>\n<p>18 ta yirik kompaniya va banklardagi qariyb 2 milliard dollarlik davlat ulushlarini birlashtirgan Milliy investitsiya jamg\u2018armasi tashkil etildi. Jamg\u2018armani boshqarishga nufuzli \u201cFranklin Templeton\u201d xalqaro kompaniyasi jalb qilingan. Kelgusi yilda fond aksiyalari paketini xalqaro IPOga chiqarish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yil ichida 29 ta yirik davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, xususiy kapitalni jalb etgan holda transport va logistikani rivojlantirishga katta e\u2019tibor qaratilmoqda. Masalan, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida salohiyatli investorlarga boshqaruvga berilgan.<\/p>\n<p>Urganch aeroportini boshqarishga jahonning yetakchi &laquo;Inchxon&raquo; kompaniyasi jalb etildi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farg\u2018ona, Navoiy aeroportlari bo\u2018yicha tenderlar o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, poytaxtimiz aholisi 5 milliondan oshishini inobatga olib, 2 million aholiga mo\u2018ljallangan Yangi Toshkent shahri barpo etiladi. Bu yerda aeroport, temir yo\u2018l va avtomobil transportini bog\u2018laydigan, yiliga 20 million yo\u2018lovchiga xizmat ko\u2018rsatadigan multimodal xab quriladi.<\/p>\n<p>Beshinchidan, Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi hamkorlik muhiti shakllandi. So\u2018nggi 8 yilda qo\u2018shni davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 3,5 barobardan ziyodga o\u2018sib, qariyb 13 milliard dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. &laquo;Xitoy &#8211; Qirg\u2018iziston &#8211; O\u2018zbekiston&raquo; temir yo\u2018li qurilishi boshlandi, yirik energetika va infratuzilma loyihalarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoda &laquo;Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud&raquo; konsepsiyasini ilgari surishni taklif etdi.<\/p>\n<p><em>&#8211; Shu o\u2018rinda xalqaro tashkilotlarga murojaat qilmoqchiman: mintaqaviy loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy mexanizmlarni yo\u2018lga qo\u2018yish vaqti keldi. Birgalikda harakat qilsak, Markaziy Osiyoni tinchlik va taraqqiyot makoniga aylantiramiz,\u00a0<\/em>&#8211; dedi Prezident.<\/p>\n<p>So\u2018zining yakunida O\u2018zbekiston rahbari ishtirokchilar e\u2019tiborini mamlakatimiz uchun investitsiyalar shunchaki moliyaviy resurs emas, balki texnologiyalar, bilimlar, malakali kadrlar, shuningdek, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga integratsiyalashuv ekaniga qaratdi.<\/p>\n<p><em>&#8211; O\u2018zbekiston mana shunday ezgu g\u2018oyalar bilan keladigan xorijiy investorlarga barcha sharoitlarni yaratib beradi, ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlaydi va buni kafolatlaydi,<\/em>\u00a0&#8211; dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p>Yalpi majlisda so\u2018zga chiqqanlar Yangi O\u2018zbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholab, mamlakatimiz bilan ustuvor tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo\u2018yicha o\u2018z taklif va tashabbuslarini bildirdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida to\u2018rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Tadbirda Bolgariya Prezidenti&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14680,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14679","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14679","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14679"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14679\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14682,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14679\/revisions\/14682"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14679"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14679"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14679"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}