﻿{"id":14726,"date":"2025-06-16T11:17:49","date_gmt":"2025-06-16T06:17:49","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14726"},"modified":"2025-06-16T11:17:49","modified_gmt":"2025-06-16T06:17:49","slug":"razreshenie-mezhdunarodnyh-sporov-v-uzbekistane-tashkentskij-mezhdunarodnyj-kommercheskij-sud","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/razreshenie-mezhdunarodnyh-sporov-v-uzbekistane-tashkentskij-mezhdunarodnyj-kommercheskij-sud\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda xalqaro nizolarni hal etish: Toshkent Xalqaro Tijorat Sudi"},"content":{"rendered":"<strong>2025-yilgi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining ikkinchi kunida \u201cO\u2018zbekistonda xalqaro nizolarni hal etish: Toshkent Xalqaro Tijorat Sudi\u201d mavzusida panel sessiya bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/gov.uz\/oz\/miit\/news\/view\/60022\">xabar bermoqda<\/a> ISSV matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14727\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_-1024x682.webp\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_-1024x682.webp 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_-300x200.webp 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_-768x512.webp 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_-254x169.webp 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/95492abb-e2d5-3b3a-1b52-681fbc49a28e_lists_slider_.webp 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda qayd etilishicha, Toshkent Xalqaro Tijorat Sudi (TXTS) xalqaro investorlar uchun umumiy huquq (common law) tamoyillari va amaliyotlariga asoslangan xalqaro sud jarayoniga kirish imkonini berish maqsadida tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, xalqaro huquq bo\u2018yicha ekspert Marie-Anne Birken moderatorligi ostida o\u2018tgan sessiyada TXTSning tuzilmasi hamda Tashkent Xalqaro Arbitraj Markazi bilan birgalikda mintaqada investorlar nizolarini hal etish bo\u2018yicha xalqaro markazni yaratishdagi o\u2018rni tushuntirildi.<\/p>\n<p>Tadbirda nutq so\u2018zlaganlar:<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Herta D\u00e4ubler-Gmelin, \u201cGlobal Neighbors\u201d maslahatchilar kengashi a\u2019zosi, Germaniyaning sobiq adliya vaziri<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Nasser Mohsin Al-Adba, \u201cOmani &amp; Partners\u201d asoschisi va direktori<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Jon Zaidi, \u201cACWA Power\u201d kompaniyasining O\u2018zbekistondagi bosh menejeri<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Diana Bayzakova, Toshkent Xalqaro Arbitraj Markazi direktori<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Islambek Rustambekov, Toshkent Yuridik Universitetining rektori<\/p>\n<p>\u00b7\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Jamshid Urunov, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha vakil o\u2018rinbosari<\/p>\n<p>\u201cOmani &amp; Partners\u201d asoschisi va direktori Nasser Mohsin Al-Adba xalqaro tijorat sudlarining ahamiyati haqida gapirar ekan, bu xalqaro investorlarni mamlakatga jalb qilishda muhimligini aytib o\u2018tdi.<\/p>\n<p><em>\u201cXalqaro tijorat sudlarining o\u2018zgachaligi nimada? Birinchidan, ular hukumatga bog\u2018lanmagan va bu sudyalar hamda ularning faoliyatiga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri ta\u2019sir bo\u2018lmasligini anglatadi. Ikkinchidan ular xorijiy sudyalarni sud faoliyatida qatnashishga imkoniyat yaratadi\u201d,\u00a0<\/em>\u2014 deydi \u201cOmani &amp; Partners\u201d asoschisi va direktori.<\/p>\n<p>Toshkent Xalqaro Arbitraj Markazi direktori Diana Bayzakova esa Xalqaro Arbitjaj Markazi va Xalqaro tijorat sudi faoliyatidagi farqlarni va ularning faoliyatini tushuntirib berdi.<\/p>\n<p><em>\u201cTXTSning paydo bo\u2018lishi investorlar uchun tanlov imkoniyatini paydo qildi. Arbitraj, iqtisodiy sud va mana endi maxsus Xalqaro Tijorat Sudining mavjudligi O\u2018zbekiston investorlarga to\u2018liq shart-sharoitlar yaratib berayotganini anglatadi\u201d,<\/em>\u00a0\u2014 deydi Diana Bayzakova.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng Toshkent Yuridik Universiteti rektori Islambek Rustambekov so\u2018zga chiqib, TXTS xalqaro standard va tajriba asosida O\u2018zbekistonga yangi amaliyotni olib kelishini, bu esa an\u2019anaviy tizim uchun yangiliklarning qonuniy laboratoriyasi bo\u2018lib xizmat qilishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><em>\u201cBunday xalqaro tajriba va xorijiy huquqshunoslarning O\u2018zbekistonda paydo bo\u2018lishi yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa hozirgi huquqiy ta\u2019lim tizimini o\u2018zgartirishga imkoniyat yaratadi. Biz Buyuk Britaniya va AQSH universitetlari bilan qo\u2018shma dasturlar ustida ish olib boryapmiz. Kelajakda umumiy huquq tajribasiga ega yangi avlod huquqshunoslariga katta talab yuzaga keladi, bunga tayyor turishimiz kerak\u201d,\u00a0<\/em>\u2014 deydi Islambek Rustambekov.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston enegriya sektoridagi eng yirik xorijiy investor \u2014 \u201cACWA Power\u201d kompaniyasining O\u2018zbekistondagi bosh menejeri Jon Zaidi shunday deydi:<\/p>\n<p><em>\u201cO\u2018zbekiston ACWA Power uchun Saudiya Arabistoni tashqarisidagi eng yirik ikkinchi investitsion manzil hisoblanadi. Shu sababli mamlakatda islohotlar doirasida nimalar bo\u2018layotganini kuzatish biz uchun muhim. Investorlar huquq shunchaki atama emas, haqiqat bo\u2018lgan mamlakatlarni yoqtiradi. O\u2018zbekistonda esa huquq allaqachon atamadan haqiqatga aylanib bo\u2018ldi deyish mumkin\u201d<\/em><\/p>\n<p>Mazkur panel sessiya O\u2018zbekistonda xalqaro nizolarni hal etish tizimini yanada takomillashtirish yo\u2018lida muhim qadam bo\u2018ldi. Unda TXTSning tashkil etilishi va uning umumiy huquq tamoyillariga asoslangan yangi yondashuv usullari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>TXTSning faoliyati, Tashkent Xalqaro Arbitraj Markazi bilan hamkorlikda, mintaqada investorlar uchun ishonchli va zamonaviy nizolarni hal etish markazini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi. Sessiya O\u2018zbekistonning huquqiy islohotlarga sodiqligini va xalqaro investorlar uchun ochiq bo\u2018lishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025-yilgi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining ikkinchi kunida \u201cO\u2018zbekistonda xalqaro nizolarni hal etish: Toshkent Xalqaro Tijorat Sudi\u201d mavzusida panel sessiya bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati. Tadbirda qayd etilishicha,&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14727,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14726","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14726","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14728,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14726\/revisions\/14728"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14727"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}