﻿{"id":14779,"date":"2025-06-18T20:27:00","date_gmt":"2025-06-18T15:27:00","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=14779"},"modified":"2025-06-18T19:35:12","modified_gmt":"2025-06-18T14:35:12","slug":"prezident-uzbekistana-vystupil-s-initsiativami-po-rasshireniyu-mnogostoronnego-sotrudnichestva-s-knr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistana-vystupil-s-initsiativami-po-rasshireniyu-mnogostoronnego-sotrudnichestva-s-knr\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Xitoy bilan ko\u2018p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo\u2018yicha tashabbuslarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Ostona shahrida &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; ikkinchi sammitida ishtirok etdi, deb<a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8232\"> xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14780\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5b89067e-7516-36f0-d8f4-8d845257a48a_lists_slider_8232.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o\u2018tgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o\u2018rtasidagi o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni ustuvor yo\u2018nalishlarda kengaytirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti nutqining avvalida XXR Raisi Si Szinpinning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do\u2018stlik va hamkorlikni mustahkamlash, aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali mintaqaning barqaror taraqqiyotini qo\u2018llab-quvvatlashdagi o\u2018rnini alohida qayd etdi.<\/p>\n<p>2023-yilda Sian shahrida o\u2018tgan birinchi sammitdan so\u2018ng &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; formatidagi hamkorlikda katta muvaffaqiyatlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Xususan, kotibiyat tashkil etildi, vazirlar, ekspertlar uchrashuvlari va yig\u2018ilishlarini o\u2018tkazish mexanizmlari ishga tushirildi, keng ko\u2018lamli hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi shakllantirilmoqda.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda, joriy yilda bu ko\u2018rsatkich 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bizningcha, bir tomondan, ishonch, yaxshi qo\u2018shnichilik va sheriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning o\u2018zidagi chuqur transformatsiya jarayonlari, boshqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qo\u2018shni davlatlar bilan do\u2018stona munosabatlarni rivojlantirish va \u201cBelbog\u2018 va yo\u2018l\u201d global konsepsiyasini ilgari surishga qat\u2019iy sodiqligi ushbu formatdagi hamkorlikning rivojlanishiga imkon bermoqda,\u00a0<\/em>&#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>So\u2018ng O\u2018zbekiston yetakchisi mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo\u2018yicha o\u2018z nuqtayi nazarini bayon qildi.<\/p>\n<p>Avvalo, bu galgi uchrashuv xalqaro vaziyat sezilarli darajada yomonlashgan bir sharoitda o\u2018tayotgani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Raqobatning ortishi keskinlikning zo\u2018rayishiga, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga yangi xavf va tahdidlar paydo bo\u2018lishiga olib kelmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o\u2018zini oqlamaydi va bunga yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydi, deb hisoblaymiz,\u00a0<\/em>&#8211; dedi Prezident.\u00a0<em>&#8211; Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq me\u2019yorlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi asosida faqat diplomatik sa\u2019y-harakatlar yo\u2018li bilan \u2013 muzokaralar stolida hal etilishi shart.<\/em><\/p>\n<p>Shu munosabat bilan sammit davomida mintaqaviy barqarorlikni ta\u2019minlashga umumiy hissa qo\u2018shadigan Abadiy yaxshi qo\u2018shnichilik, do\u2018stlik va hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi shartnoma qabul qilinishi tarixiy ahamiyatga ega ekani ta\u2019kidlandi. Ushbu shartnomani rivojlantirish maqsadida aniq mexanizm va loyihalarni kiritgan holda Uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14781\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bd3bc4be-3bbf-68ad-74f4-f863afa95169_lists_slider_8232.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi ta\u2019kidlaganidek, Xitoy bilan savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishda kuchli lokomotiv bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Mintaqa mamlakatlarining o\u2018sib borayotgan salohiyati va Xitoyning sanoat sohasidagi yetakchiligini birlashtirish bilimlar bilan almashish va texnologiyalar transferining samarali mexanizmlariga ega bo\u2018lgan umumiy keng imkoniyatlar makoni paydo bo\u2018lishiga olib kelishi mumkinligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yangi iqtisodiy sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish hamda Bosh vazir o\u2018rinbosarlari darajasida Savdo va investitsiyalar bo\u2018yicha hududlararo kengashni ta\u2019sis etish bu boradagi amaliy qadam bo\u2018ladi. O\u2018zbekiston tomoni kengashning birinchi yig\u2018ilishini joriy yil oxirigacha o\u2018tkazishga tayyorligi bildirildi.<\/p>\n<p>Savdo aloqalarini rag\u2018batlantirish maqsadida O\u2018zbekiston Prezidenti &laquo;Raqamli makon va yo\u2018l&raquo; doirasida &laquo;Raqamli Ipak yo\u2018li&raquo; ko\u2018p tomonlama savdo platformasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, reglament va standartlarni yaqinlashtirish, eksport mahsulotlarini Xitoy talablari asosida sertifikatlash uchun Toshkent shahrida Sanoatda standartlashtirish va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazini tashkil etish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Biznes, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va muhandislik markazlarini jalb qilgan holda, texnologiyalar transferi bo\u2018yicha alohida &laquo;yo\u2018l xaritasi&raquo;ni qabul qilish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi iqtisodiy salohiyatni samarali ro\u2018yobga chiqarish uchun sanoat va infratuzilmaviy o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirish zarurligiga alohida to\u2018xtaldi. Shu maqsadda &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; sanoat va infratuzilma makoni&raquo; uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p>Xitoy investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb qilgan holda, o\u2018zaro bog\u2018langan sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy energetika tizimlarini o\u2018zaro bog\u2018lash, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini barpo etish megaloyihasini amalga oshirish masalalari ham diqqat bilan o\u2018rganilishi lozim.<\/p>\n<p>Mintaqaviy ahamiyatga molik yirik loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlashga qodir bo\u2018lgan samarali moliyaviy vositalarni joriy etish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bugungi kunda amalda bo\u2018lgan xalqaro mexanizmlar, hech shubhasiz, muhim rol o\u2018ynamoqda, ammo mintaqaning investitsiyaga bo\u2018lgan talabini to\u2018liq qoplay olmayapti. Ekspertlarning xulosasiga ko\u2018ra, Markaziy Osiyoni infratuzilmaviy rivojlantirishda kapital qo\u2018yilmalar taqchilligi bir necha yuz milliard dollar deb baholanmoqda&raquo;,<\/em>\u00a0&#8211; dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan infratuzilmaviy tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali platforma bo\u2018la oladigan &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; taraqqiyot fondini ta\u2019sis etish imkoniyatini ko\u2018rib chiqish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo va Xitoyning transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqligini rivojlantirish yana bir ustuvor yo\u2018nalish sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p>&laquo;Xitoy &#8211; Qirg\u2018iziston &#8211; O\u2018zbekiston&raquo; temir yo\u2018li qurilishi boshlangani Yevroosiyo makonidagi yangi transport va tranzit kommunikatsiyalari tizimining muhim elementi ekani ta\u2019kidlandi. Shu bilan birga, Transafg\u2018on temir yo\u2018l magistrali loyihasini amalga oshirish yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Ushbu strategik soha istiqboliga oid umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun transport idoralarimizga dala tadqiqotlarini olib borish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish imkoniyatlarini o\u2018rganish, muqobil yo\u2018laklar bo\u2018yicha yuklarni tashish borasida sinov tariqasidagi loyihalarini amalga oshirish uchun ekspertlar guruhlarini shakllantirish yuzasidan topshiriq berishimiz zarur, deb hisoblayman,<\/em>\u00a0&#8211; dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Ushbu guruhlar ishining natijalari asosida kelgusi sammitga qadar transport yo\u2018laklari va zamonaviy tranzit infratuzilmasining yagona xaritasini shakllantirish bo\u2018yicha aniq va asoslangan takliflar ishlab chiqilishi kerak.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari iqlim o\u2018zgarishining barqaror rivojlanish uchun jiddiy tahdidlariga e\u2019tibor qaratib, 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan &laquo;Yashil&raquo; rivojlanish dasturini qabul qilishni jadallashtirish, shuningdek, cho\u2018llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurg\u2018oqchil va cho\u2018l hududlarida bioekologik barqarorlikni oshirish bo\u2018yicha muloqot va sheriklik uchun Ekologik alyansni tuzishga chaqirdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Sun\u2019iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida to\u2018xtalishni istar edim. Aynan ushbu yo\u2018nalishlar bugungi kunda milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini belgilab, uzoq muddatli o\u2018sishning drayveri bo\u2018lmoqda,\u00a0<\/em>&#8211; dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Iqtisodiy hamkorlikning barqaror raqamli infratuzilmasini shakllantirish maqsadida katta ma\u2019lumotlar bazalari va protsessing markazlarining O\u2018zaro integratsiyalashgan banklar tarmog\u2018ini yaratish, shuningdek, asosiy energetika va transport yo\u2018nalishlari bo\u2018ylab &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; optik tolali aloqa liniyasining raqamli trassasini barpo etish taklif qilindi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Xalqlarimizning bir-birining madaniyatini o\u2018zaro boyitish va yaqinlashishga bo\u2018lgan umumiy intilishi \u2013 bu bizning bebaho boyligimizdir. Bugun qabul qilinayotgan O\u2018zaro tashriflarni yengillashtirish bo\u2018yicha tashabbus va Madaniy-gumanitar tadbirlar dasturi aynan shu maqsadlarga qaratilgan,<\/em>\u00a0&#8211; dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini o\u2018zida mujassam etgan, tadqiqotchilar, talabalar, sayyohlar va kreativ industriya vakillarini qamrab olgan &laquo;Ipak yo\u2018li madaniy merosi&raquo; yagona raqamli portalini yaratish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, professional ta\u2019lim sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish, universitet rektorlari forumlari, fanlar akademiyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining uchrashuvlarini o\u2018tkazish orqali umumiy ilmiy-ta\u2019lim platformasini shakllantirish maqsadga muvofiqligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik asosiy ustuvor yo\u2018nalishlardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Shu munosabat bilan Prezidentimiz terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda maxsus xizmatlar va xavfsizlik kengashlari orqali ko\u2018p tomonlama axborot almashish mexanizmlarini yo\u2018lga qo\u2018yish muhimligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Biz uchun nafaqat qo\u2018shni, balki umumiy tarixiy-madaniy va iqtisodiy makonimizning ajralmas qismi bo\u2018lgan Afg\u2018oniston muammolariga xalqaro hamjamiyat e\u2019tiborining pasayishi jiddiy tashvish uyg\u2018otmoqda,\u00a0<\/em>&#8211; dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg\u2018oniston bilan hamkorligida to\u2018plangan boy tajribani qayd etib, O\u2018zbekiston Prezidenti ushbu mamlakatning tiklanishiga ko\u2018maklashish va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish masalalarini ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha yuqori darajadagi guruhni ta\u2019sis etishni taklif qildi.<\/p>\n<p>Guruh uchrashuvini Termiz shahrida Afg\u2018oniston vakillari ishtirokida o\u2018tkazishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari so\u2018zining yakunida O\u2018zbekiston &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; formatidagi ochiq muloqot, pragmatik va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish so\u2018ngida davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qo\u2018shnichilik, do\u2018stlik va hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi shartnomani imzoladilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to\u2018plami qabul qilindi.<\/p>\n<p>Sammit yakunida kambag\u2018allikka qarshi, cho\u2018llanishga qarshi kurashish, ta\u2019lim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda to\u2018siqsiz savdo bo\u2018yicha hamkorlik platformasini ishga tushirish marosimi bo\u2018ldi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Ostona shahrida &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; ikkinchi sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14781,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-14779","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14779","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14779"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14779\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14787,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14779\/revisions\/14787"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14781"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14779"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14779"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14779"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}