﻿{"id":15108,"date":"2025-07-17T14:24:55","date_gmt":"2025-07-17T09:24:55","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15108"},"modified":"2025-07-17T14:24:55","modified_gmt":"2025-07-17T09:24:55","slug":"obsuzhdeno-ispolnenie-zadach-po-sokrashheniyu-gosudarstvennogo-uchastiya-v-ekonomike-i-dalnejshemu-uskoreniyu-protsessov-privatizatsii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeno-ispolnenie-zadach-po-sokrashheniyu-gosudarstvennogo-uchastiya-v-ekonomike-i-dalnejshemu-uskoreniyu-protsessov-privatizatsii\/","title":{"rendered":"Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish bo\u2018yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo\u2018mitasining majlisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda eshitildi, deb <a href=\"https:\/\/senat.uz\/events\/post-3862\">xabar bermoqda<\/a> Senat matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-15109\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6UIt0ECFyUIcc0Q4VSM38GK1kyEXb4.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Senatorlar muhokama davomida so\u2018nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, samarasiz ishlayotgan hamda istiqbolsiz korxonalarni tugatish bo\u2018yicha tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Xususan, 2021-yildan buyon ustav fondida davlat ulushi bo\u2018lgan 500\u00a0dan ziyod xo\u2018jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari, 3,4 mingga yaqin ko\u2018chmas mulk obyektlari xususiylashtirilgan, 1\u00a0027\u00a0ta korxona tugatilgan va 964\u00a0tasi qayta tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, 2021\u20132024-yillarda davlat aktivlarini xususiylashtirish natijasida 35,8 mingdan ortiq yangi ish o\u2018rinlari yaratilgan.<\/p>\n<p>O\u2018tgan 2024-yilning noyabr oyida ilk bor \u201cXalqchil IPO\u201d dasturi doirasida Respublika tovar-xomashyo birjasining 3\u00a0milliondan ortiq aksiyalari aholiga sotilib, qariyb 11\u00a0ming kishi aksiyadorga aylangan.<\/p>\n<p>Hududlarda davlat aktivlaridan samarali foydalanib, mahalliy byudjetga tushumni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha ko\u2018rilgan choralar ham o\u2018z samarasini bermoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, 2021-2024-yillarda bo\u2018sh turgan davlat ko\u2018chmas mulki obyektlarini ijaraga berish hisobiga qariyb 1,4 trln so\u2018m miqdorida tushumlar ta\u02bcminlanib, ularning 245,1 mlrd so\u2018mi mahalliy byudjetlarga yo\u2018naltirilgan.<\/p>\n<p>Tadbirkorlarga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar samarasi o\u2018laroq xususiy sektorga 50\u00a0dan ortiq davlat xizmatlari ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Majlis davomida senatorlar davlat ulushi 50\u00a0foizdan yuqori bo\u2018lgan korxonalarning yarmi zarar ko\u2018rib ishlayotgan, faoliyatsiz va tugatish jarayonida ekanligini qayd etdi.<\/p>\n<p>Ushbu korxonalarning asosiy qismi Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahriga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Senatorlar mas\u02bcul idoralarga davlat mulkini xususiylashtirishda boshlang\u2018ich narxni pasaytirish mexanizmlarini o\u2018z vaqtida qo\u2018llamaslik, sotib olingan davlat aktivlarida investitsiya majburiyatlarini bajarmaslik kabi holatlarning oldini olish bo\u2018yicha o\u2018z taklif va tavsiyalarini berdi.<\/p>\n<p>Majlis yakunida Qo\u2018mitaning tegishli qarori qabul qilindi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo\u2018mitasining majlisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda eshitildi, deb&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15109,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15108","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15108","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15108"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15108\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15110,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15108\/revisions\/15110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15108"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15108"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15108"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}