﻿{"id":15298,"date":"2025-11-05T19:08:45","date_gmt":"2025-11-05T14:08:45","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15298"},"modified":"2025-11-05T19:08:45","modified_gmt":"2025-11-05T14:08:45","slug":"rassmotren-hod-reform-i-dalnejshie-plany-v-sfere-meditsiny-i-farmatsevtiki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotren-hod-reform-i-dalnejshie-plany-v-sfere-meditsiny-i-farmatsevtiki\/","title":{"rendered":"Tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi islohotlarning borishi hamda kelgusi rejalar ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmatsevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8618\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-15299\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618-254x169.jpg 254w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/951b5fec-9b56-55d3-3c82-8caef045e229_lists_slider_8618.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Mamlakatimizda irsiy va tug\u2018ma kasalliklar bilan tug\u2018ilishning oldini olish, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga chalingan bolalarga o\u2018z vaqtida tashxis qo\u2018yish va davolashga davolashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda 5 turdagi orfan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan jami 2174 nafar bola davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan bepul diagnostika, dori vositalari va maxsus shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta\u2019minlanib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ushbu turdagi kasalliklarning diagnostika qilish sifatining yaxshilanishi natijasida orfan kasalliklarining yangi turlari aniqlanmoqda va davolanishga muhtoj bolalarning soni ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Taqdimotda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko\u2018rsatishni tashkil etish bo\u2018yicha ishlab chiqilgan 2026-2030-yillarga mo\u2018ljallangan chora-tadbirlar dasturi to\u2018g\u2018risida axborot berildi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.<\/p>\n<p>Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030-yillarda jami 961 milliard so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirilishi ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tegishli qarorni imzolab, dasturni tasdiqladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Prezidentimizga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, \u201cTashkent Pharma Park\u201d farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.<\/p>\n<p>Tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 5 trillion so\u2018mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, 172 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi hamda 286 million dollar investitsiya, shundan 257 million dollar xorijiy sarmoyalar o\u2018zlashtirildi.<\/p>\n<p>35 ta mahalliy korxona tomonidan 205 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yildi, ular eksport qilinayotgan davlatlarning soni esa 55 taga yetdi. Shu yilning o\u2018zida qiymati 29 million dollarlik 16 ta loyiha ishga tushirildi hamda 830 ta yangi ish o\u2018rinlari yaratildi.<\/p>\n<p>Sifat va xavfsizlikni ta\u2019minlash maqsadida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi 61 ta korxonada GMP, 486 ta distribyutorlar omborida GDP hamda 9450 ta dorixonada GPP standarti joriy qilindi.<\/p>\n<p>Taqdimot davomida import qilinayotgan dorilarning referent narxlarini shakllantirishda turli manipulyatsiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va takliflar bo\u2018yicha axborot berildi.<\/p>\n<p>Hozirda 7,6 mingta import dori vositasidan 4,9 mingtasi referent mamlakatlarning narx reyestrida mavjud emas.<\/p>\n<p>Taklif etilayotgan chora-tadbirlarga ko\u2018ra, 2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi o\u2018rtacha 40-50 foizga tushishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Taqdimot davomida farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida ham axborot berildi.<\/p>\n<p>Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qilish maqsadida endilikda barcha davlat xaridlari \u201cfarma.xarid.uz\u201d maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Mazkur elektron tizim ishga tushurilganidan so\u2018ng davlat xaridlarida faqat ishlab chiqarish, yetkazib berish va mahsulot xavfsizligi bo\u2018yicha barcha zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega ishtirokchilar qatnasha oladi.<\/p>\n<p>Davlat xaridlari hajmlari hamda tegishli sertifikatlarga ega ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar reyestrlari jamoatchilik uchun ochiq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Davlat xaridlari jarayonida mahsulotlarning narxi belgilangan referent narxlaridan yuqori bo\u2018lmasligini ushbu tizimda avtomatik tarzda tekshiriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu tizim doirasida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlar ehtiyojlarini shakllantirish hamda qoldiqlarni samarali boshqarish bo\u2018yicha maxsus platformani ishlab chiqish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p>Prezidentimizga, shuningdek, aholini sifatli, xavfsiz va samarador dori vositalari bilan ta\u2019minlash maqsadida dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazishning yangi tartibi taqdimot qilindi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning quvvatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va tezlashtirilgan tartibda davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish imkoni yaratiladi.<\/p>\n<p>Yangi turdagi, biotibbiy hujayra mahsulotlar qatoriga kirgan, shikastlangan to\u2018qimalarni davolash, a\u2019zolarning qismlarini o\u2018stirish, organizmning funksional imkoniyatlarini tiklash uchun qo\u2018llaniladigan dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq qilish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p>\u201cDjenerik\u201d dori vositalarining klinik sinovlarini o\u2018tkazish va natijalarini baholash xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi hamda ularni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish muddatlari qisqartiriladi.<\/p>\n<p>Endilikda xavfsizlik klassifikatsiyasi bo\u2018yicha 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, o\u2018lchov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan o\u2018tkazilmaydi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma\u2019qullab, 2025-yil yakuni bo\u2018yicha 166 million dollarlik 32 ta investitsiya loyihasini to\u2018liq ishga tushirib, 1500 ta yangi ish o\u2018rinlarini yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada oshirish, retseptli dorilarning narxlarini tushirish bo\u2018yicha aniq ko\u2018rsatmalar berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmatsevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15300,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15298","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15298","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15298"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15301,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15298\/revisions\/15301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15300"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15298"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15298"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}