﻿{"id":15334,"date":"2025-11-24T11:23:20","date_gmt":"2025-11-24T06:23:20","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15334"},"modified":"2025-11-24T11:23:20","modified_gmt":"2025-11-24T06:23:20","slug":"rassmotreny-provodimaya-rabota-i-plany-na-perspektivu-v-sfere-stroitelnyh-materialov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotreny-provodimaya-rabota-i-plany-na-perspektivu-v-sfere-stroitelnyh-materialov\/","title":{"rendered":"Qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi asosiy rejalar ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni qurilish materiallari tarmog\u2018ini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8696\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/cef066c9-c3e4-4cb7-568a-d3a5dbe3ef86_lists_slider_8696.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-18940\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/cef066c9-c3e4-4cb7-568a-d3a5dbe3ef86_lists_slider_8696.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u2018nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 million nafarga ko\u2018paydi. Shunga mos ravishda yangi uylar, yo\u2018llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish ko\u2018lami kengayib bormoqda. O\u2018tgan davrda 210 million kvadrat metr turar va noturar joylar foydalanishga topshirildi. Aholi uchun 565 mingta, avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko\u2018p xonadon qurildi.<\/p>\n<p>Qurilish materiallarining sanoati uchun ham katta imkoniyatlar yaratildi. Uning hajmi so\u2018nggi sakkiz yilda 4 barobar o\u2018sib, joriy yilda 53 trillion so\u2018mga, eksporti esa 1,1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Eng muhimi, bu tarmoq Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarining ilgari sanoati bo\u2018lmagan tumanlarida ish o\u2018rni va daromad manbai yaratadigan katta \u201cdrayver\u201d sohaga aylandi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sohada mahsulotlar sifati va standartlarga rioya etish, logistika masalalari, yangi bozorlarga chiqish bilan bog\u2018liq muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Jumladan, PVX-quvur, fitinglar, pardozbop tosh va qurilish oynasi ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar mavjud bo\u2018lsa-da, 2024-yilda ushbu mahsulotlar katta hajmda import qilingani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda kelgusidagi asosiy rejalar bayon qilindi.<\/p>\n<p>Xususan, tarmoqda 2,4 milliard dollarlik 112 ta loyihani amalga oshirish, ular orqali 13,5 mingta ish o\u2018rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Strategik ahamiyatga ega 110 million dollarlik yana 5 ta yirik loyiha amalga oshiriladi. Kelgusi yillarda loyihalar portfelini 3,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bu loyihalar har bir viloyat va tumanning mavjud zaxiralari, xomashyo bazasi va logistika imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Qo\u2018shni mamlakatlarda 4 milliard dollardan ziyod qurilish materiallari bozori bor. Bundan tashqari, 26 mamlakatga 9 ta mahsulot eksportini keskin ko\u2018paytirish imkoni mavjud.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga hududlar va tarmoqlarning eksport imkoniyatlarini to\u2018liq ishga solib, tashqi bozorlarga chiqishni faollashtirish, eksportbop materiallar ishlab chiqarishni ko\u2018paytirish topshirildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda kaolin zaxiralaridan samarali foydalanish masalalari ham o\u2018rganildi. Yurtimizda 1 milliard tonnadan ortiq kaolin bo\u2018lishiga qaramay, har yili millionlab dollarlik chinni import qilinayotgani qayd etildi. Shu bois, kelgusi yilda kaolinni chuqur qayta ishlash bo\u2018yicha 515 million dollarlik 40 ta loyihani amalga oshirish va 460 nafar mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Tarmoqda energiya samaradorligini oshirish masalasiga ham alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Bugungi kungacha 34 ta korxonada energiya auditining o\u2018tkazilishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg\u2018i miqdorining kamayishiga erishildi.<\/p>\n<p>Bu ishlarni tizimli davom ettirib, ishlab chiqarilayotgan energiya tejovchi mahsulotlarning turini kengaytirish, qurilishda foydalaniladigan energiya tejamkor va ekologik mahsulotlarning ulushini kelgusi yili 25 foizga, 2030-yilga qadar esa 35 foizgacha yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Mahsulot sifati va xavfsizligini oshirishda ilm-fanning o\u2018rni muhimligi, olimlarimizning salohiyatidan kengroq foydalanish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bu borada Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda 4 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda, Germaniya, Koreya va Turkiyadan olimlar jalb etilgan. Amaliyot va fan integratsiyasini kuchaytirish doirasida kelgusi yildan qurilish materiallari yo\u2018nalishidagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun 30 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Korxonalarda raqamli boshqaruv va sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali tannarxni 5-10 foizga qisqartirish mumkinligi ta\u2019kidlandi. Bunday tizimlar joriy etiladigan korxonalarni ko\u2018paytirish maqsadida ikki yil davomida 100 milliard so\u2018m ajratilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lishi jarayonida qurilish materiallari sohasi ham xalqaro talablarga moslashtirilmoqda. O\u2018tgan davrda bu borada 125 ta xalqaro standart qabul qilindi. 2026-yilda buni 166 taga yetkazish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz belgilangan rejalarni amalga oshirish, yuqori sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish bo\u2018yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni qurilish materiallari tarmog\u2018ini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u2018nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 million nafarga ko\u2018paydi. Shunga&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15335,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15334","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15334","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15336,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15334\/revisions\/15336"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15335"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15334"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15334"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}