﻿{"id":15391,"date":"2025-12-05T12:34:27","date_gmt":"2025-12-05T07:34:27","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15391"},"modified":"2025-12-05T12:34:27","modified_gmt":"2025-12-05T07:34:27","slug":"opredeleny-novye-vozmozhnosti-dlya-razvitiya-syrdari-i-zadachi-po-ih-realizatsii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-novye-vozmozhnosti-dlya-razvitiya-syrdari-i-zadachi-po-ih-realizatsii\/","title":{"rendered":"Sirdaryo rivojiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar va ularni ro\u02bbyobga chiqarish bo\u02bbyicha vazifalar belgilab olindi"},"content":{"rendered":"<strong>Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8743\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/e1452b82-b01b-6f60-c278-9c49672eb316_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-18993\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/e1452b82-b01b-6f60-c278-9c49672eb316_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yig\u02bbilish avvalida davlatimiz rahbari \u201cInson qadri uchun\u201d degan ezgu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi sifatida Sirdaryo viloyatidagi ulkan o\u02bbzgarishlarni alohida ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>\u2013 Ilgari asosan qishloq xo\u02bbjaligiga bog\u02bblanib qolgan bu zaminda so\u02bbnggi yillarda sanoat, servis, turizm yo\u02bbqdan bor bo\u02bbldi. Biznes muhiti butunlay o\u02bbzgardi, ilg\u02bbor tadbirkorlar qatlami shakllandi, \u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Sakkiz yilda Sirdaryo viloyatiga 4 milliard dollar investitsiya kiritildi. Shu davr mobaynida 187 ta yirik quvvat ishga tushirilib, 120 ming yangi ish o\u02bbrni yaratildi. 50 ga yaqin yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Natijada sanoat hajmi 4 trillion so\u02bbmdan 25 trillion so\u02bbmga yetdi.<\/p>\n<p>Ilgari dotatsiya olgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari bugun o\u02bbz xarajatini o\u02bbzi qoplash darajasiga yetgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Sirdaryo tumanida kelgusi yili xitoylik sheriklar bilan 122 million dollarlik avtomobilsozlik loyihasi ishga tushiriladi. Yaqinda Qozog\u02bbiston bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanida Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi. Ushbu markaz hududida qiymati 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yilning birinchi choragi yakuniga qadar ish boshlashi, 2026-yilda yana 720 million dollarlik 40 ta yangi loyiha joylashtirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Sirdaryoda bog\u02bbcha, maktab, shifoxona o\u02bbrinlarini ko\u02bbpaytirish, elektr, suv, kanalizatsiya va yo\u02bbllarni yaxshilash borasida ham amalga oshirilgan ishlarga to\u02bbxtalib o\u02bbtdi. Birgina joriy yilning o\u02bbzida aholi turmush sharoitini yaxshilash uchun 100 million dollar resurs yo\u02bbnaltirildi. Natijada 47 ta maktab, 45 ta bolalar bog\u02bbchasi, 31 ta tibbiyot muassasasi, 5 ta sport va madaniyat maskani tubdan ta\u02bcmirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta\u02bcminlandi. Bu ishlar izchil davom ettirilib, kelasi yili yana 100 million dollar ajratilishi e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>Sessiyada tashkiliy masala ham ko\u02bbrildi. Prezidentimiz hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimov nomzodini Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga ilgari surdi.<\/p>\n<p>Viloyat faollarining fikr-mulohazalari tinglanib, nomzod ovozga qo\u02bbyildi. Ovoz berish natijasiga ko\u02bbra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari yangi hokim oldiga Sirdaryoni rivojlantirish bo\u02bbyicha aniq vazifalar qo\u02bbydi. Jumladan, kelasi yillar davomida viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritish, eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish, 185 ming aholini ish bilan ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha qat\u02bciy ishlash zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda viloyatda sanoat, servis, qishloq xo\u02bbjaligini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash masalalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 500 million dollar bo\u02bblgan 31 ta korxona ishga tushirilib, 5 ming nafar fuqaro yuqori daromadli ish o\u02bbrinlari bilan ta\u02bcminlandi. Xitoylik hamkorlar bilan yana 700 million dollarlik 40 ta loyiha bo\u02bbyicha ishlar jadal davom etmoqda.<\/p>\n<p>Yangiyer, Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos tumanlari hisobiga Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududi 1080 gektargacha kengaytirildi. Viloyat va tuman hokimlariga sanoat zonasiga qo\u02bbshib berilgan maydonlarda kamida 4 milliard dollarlik loyihalarni boshlash muhimligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Buning uchun loyihalarning samaradorligini puxta hisoblab, investorlarga taqdimot qilish maqsadida Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos tumanlari, shuningdek, Yangiyer, Guliston va Shirin shaharlari hokimlaridan iborat delegatsiyani Xitoyga yuborish topshirildi.<\/p>\n<p>Qurilish materiallari bo\u02bbyicha Szyansu, Shandun va Guandun, kimyo sanoati bo\u02bbyicha Tyanszin, elektrotexnikada Fuszyan va Gonkong, yengil sanoatda Shandun va Sinszyan, farmatsevtika sohasida Shanxay va Szyansi hududlari bilan to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri hamkorlik o\u02bbrnatish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Guliston shahrida kamida 5 ming ish o\u02bbrniga ega \u201cO\u02bbzbekiston \u2013 Shanxay hamkorlik tashkiloti\u201d savdo va sanoat zonasi tashkil etilishi belgilandi. Bu yerdagi obyektlar tayyor loyiha sifatida tadbirkorlarga sanoat ipotekasi yoki lizing asosida taklif etiladi.<\/p>\n<p>Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga ko\u02bbchirish jarayonida Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasidagi bo\u02bbsh yerlar mavjud quvvatlarni joylashtirish uchun katta imkoniyat ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu bois, poytaxtdan o\u02bbz korxonasini Sirdaryoga ko\u02bbchirish istagida bo\u02bblgan tadbirkorlarga sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda, chegirma bilan taqdim etiladi, ularga 10 milliard so\u02bbmgacha imtiyozli kredit ajratiladi, xomashyoni temir yo\u02bbl orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qo\u02bbllanadi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda tadbirkorlik va servis infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>2026-yilda viloyat infratuzilmasini yaxshilashga 1,5 trillion so\u02bbm, tadbirkorlik loyihalari uchun 10 trillion so\u02bbm resurs ajratish rejalashtirilgan. Shuning 753 milliard so\u02bbmi ilk bor Sirdaryo viloyati va tuman budjetlariga mahallalar sharoitini yaxshilash uchun yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz aholi bandligini ta\u02bcminlash va kambag\u02bballikni qisqartirish bo\u02bbyicha yangicha yondashuvlar, samarali yechimlarni joriy etish uchun doim izlanish, o\u02bbrganish va tajriba orttirish juda muhimligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda 11 ta tuman hokimining birinchi o\u02bbrinbosarini Pekindagi Kambag\u02bballikka qarshi kurashish bo\u02bbyicha xalqaro markazda amaliyot o\u02bbtashini tashkil qilish, sirdaryolik 50 yoshni Pekin shahrida avtomobillarga texnik xizmat ko\u02bbrsatish bo\u02bbyicha kurslarda o\u02bbqitish topshirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Guliston universiteti qoshida Xitoyning \u201cLu Ban ustaxonasi\u201d dasturi doirasida kasb-hunarga o\u02bbqitish markazini, Sirdaryo tumanidagi tibbiyot texnikumi negizida esa Xitoy bilan hamkorlikda farmatsevtika texnologiyalari yo\u02bbnalishida oliygoh tashkil etish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligini rivojlantirish masalalari ham atroflicha ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Ekin yerlarida suv ta\u02bcminotini yaxshilash maqsadida kelasi yili Boyovut tumanida sig\u02bbimi 100 million kub metr bo\u02bblgan \u201cSultonhovuz\u201d suv ombori qurilishi boshlanadi. Bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga ikki marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda aholi va tadbirkorlarning hayotini yengillashtirishga qaratilgan tashabbuslarga ham alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>A-373 yo\u02bblining Sayxunobod va Guliston tumanlaridan o\u02bbtuvchi 37 kilometr qismini oltita tasmali qilib rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash topshirildi. Boyovut, Guliston, Xovos, Mirzaobod, Sirdaryo va Sayxunobodning 18 ta mahallasidagi 67 kilometr yo\u02bblni sement-beton qoplamaga o\u02bbtkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Ikki kun oldin Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlashi natijasida 29 nafar fuqaro jarohat oldi.<\/p>\n<p>Afsuski, mazkur baxtsiz hodisada qurbonlar ham bor. Prezidentimiz halok bo\u02bblganlarning oila a\u02bczolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbonlarning oilasiga 100 million so\u02bbmdan moddiy yordam ajratish topshirildi.<\/p>\n<p>\u2013 Bugun sizlar bilan viloyatni yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning og\u02bbirini yengil, uzog\u02bbini yaqin qilish bo\u02bbyicha katta-katta reja va maqsadlarni belgilab oldik. Hech shubhasiz, sirdaryoliklarning bunyodkorlik, tashabbuskorlik va fidoyilik fazilatlariga tayanib, bu marralarga albatta erishamiz, \u2013 dedi Prezidentimiz yig\u02bbilish yakunida.<\/p>\n<p>Sessiya davomida mutasaddilarning hisobotlari, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi.<\/p>\n<p>Shu bilan davlatimiz rahbarining hududga tashrifi yakunlandi, Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Yig\u02bbilish avvalida davlatimiz rahbari \u201cInson qadri uchun\u201d&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15392,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15391","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15391"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15393,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15391\/revisions\/15393"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15392"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}