﻿{"id":15582,"date":"2026-01-20T18:18:33","date_gmt":"2026-01-20T13:18:33","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15582"},"modified":"2026-01-20T17:28:12","modified_gmt":"2026-01-20T12:28:12","slug":"obsuzhdeny-zadachi-v-sfere-turizma-i-kultury","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-zadachi-v-sfere-turizma-i-kultury\/","title":{"rendered":"Turizm va madaniyat sohasidagi masalalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo\u02bbyicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8860\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15583\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/e5d07044-abd8-a291-44e8-3abad409bc6a_lists_slider_8860-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekiston xalqaro madaniyat makonida o\u02bbz mavqeini izchil mustahkamlab bormoqda. Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 190 mamlakatdan 3 mingdan ortiq delegatlar ishtirokida muvaffaqiyatli o\u02bbtkazildi. Tadbir yakunlariga ko\u02bbra, O\u02bbzbekistonning madaniy merosni muhofaza qilish, ta\u02bclim va kreativ iqtisodiyot bo\u02bbyicha tashabbuslarini amaliyotga joriy etish bo\u02bbyicha \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d ishlab chiqildi va tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning Yaponiyada bo\u02bblib o\u02bbtgan EKSPO-2025 Butunjahon ko\u02bbrgazmasidagi ishtiroki yakunlari sarhisob qilindi. O\u02bbzbekistonning 1,2 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan \u201cBilimlar bog\u02bbi\u201d pavilyoniga 1 million nafarga yaqin odam tashrif buyurdi. Taqdim etilgan ekspozitsiyalar xalqaro miqyosda keng yoritildi hamda eng ko\u02bbp tashrif buyurilgan pavilyonlar qatoridan joy oldi. Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo\u02bblib o\u02bbtadigan EKSPO-2030 ko\u02bbrgazmasida ishtirok etishga tayyorgarlik ishlari boshlanib, maydoni 3,6 ming kvadrat metr bo\u02bblgan pavilyon qurilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Buxoroda o\u02bbtkazilgan birinchi Zamonaviy san\u02bcat biyennalesiga alohida e\u02bctibor berildi. 70 kun davom etgan tadbir 3,5 gektar maydonni va 14 ta restavratsiya qilingan madaniy meros obyektlarini qamrab oldi. Biyennaleda 40 dan ortiq davlatdan 70 nafar ijodkor va kurator ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etganlarning soni qariyb 1,8 million nafarni tashkil etib, jumladan, 100 nafardan ortiq yuqori martabali xorijiy mehmon tashrif buyurdi. O\u02bbzbekiston 2021-yildan buyon Venetsiya biyennalesida doimiy ravishda ishtirok etishi esa Italiyadan sayyohlar oqimining o\u02bbsishiga xizmat qilayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatda yirik xalqaro konsert dasturlari o\u02bbtkazildi. Xususan, Toshkentda Jennifer Lopes, Xivada Black Coffee, Samarqandda Andrea Bochellining konsertlari bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbirlarni o\u02bbtkazish davrida mazkur shaharlarda mehmonxonalardan foydalanish darajasi 90 foizdan oshdi, bu esa turizm va xizmatlar sohasi daromadlariga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi.<\/p>\n<p>2025-yilda sayyohlar soni 11 milliondan oshib, turistik xizmatlar eksporti 4,8 milliard dollarga yetgani, shuningdek, vizasiz tartib joriy etilgan davlatlarning soni 94 taga ko\u02bbpaygani qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, turizm sohasini loyiha boshqaruvi tizimiga o\u02bbtkazish, turizm mahsulotlarini yaratish va rivojlantirish bo\u02bbyicha yagona mexanizmni joriy etish hamda yirik tadbirlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Soha faoliyatini raqamlashtirishga alohida e\u02bctibor qaratildi. Davlat va xususiy axborot tizimlarini uyg\u02bbunlashtirib, Milliy turizm platformasini ishga tushirish, turistlar va tadbirkorlar uchun proaktiv raqamli xizmatlarni joriy etish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish hamda turistlar oqimini tahlil qilish vazifalari belgilab berildi. Raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va sayyohlik yig\u02bbimidan yillik tushumlarni oshirish rejalashtirilgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz turizm salohiyatini AQSh, Fors ko\u02bbrfazi davlatlari, Hindiston, Xitoy va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda ilgari surish bo\u02bbyicha yangi marketing strategiyasini amalga oshirish zarurligi ta\u02bckidlandi. O\u02bbzbekistonning xalqaro turistik platformalardagi ishtirokini kengaytirish, raqamli kontentni rivojlantirish hamda yirik media resurslari va fikr yetakchilarini jalb qilish vazifalari belgilandi.<\/p>\n<p>Taqdimotda yirik madaniyat va turizm obyektlari loyihalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Samarqandda \u201cSamarqand merosi yo\u02bblagi\u201d loyihasi ish boshlamoqda. Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulug\u02bbbek rasadxonasini 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yo\u02bbnalishi o\u02bbzaro bog\u02bblaydi.<\/p>\n<p>Samarqandda yangi \u201cIpak yo\u02bbli\u201d muzeyini qurish loyihasi taqdim etildi. Umumiy maydoni 19,5 ming kvadrat metrni tashkil etadigan uch qavatli zamonaviy bino qurilib, unda inklyuziv muhit, ko\u02bbrgazma zallari, eksponatlarni saqlash fondlari, shuningdek, ta\u02bclim olishga mo\u02bbljallangan hududlarni yaratish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Mirzo Ulug\u02bbbek rasadxonasi hududida landshaft dizaynini yangilash rejalashtirmoqda. Yangi muzey binosi, immersiv ko\u02bbrgazma zallari, tashrif buyuruvchilar uchun markaz barpo etiladi. Piyoda yo\u02bblaklari obodonlashtirilib, arxeologik obyektlar yagona muzey muhitiga uyg\u02bbunlashtiriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, kongress-xoll, amfiteatr, kutubxona, fud-xoll, chakana savdo va tijorat obyektlari hamda yuqori toifali mehmonxonani o\u02bbz ichiga oladigan ko\u02bbp funksiyali majmua sifatida tarixiy-etnografik bog\u02bb barpo etish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Muhokama yakunida Prezidentimiz madaniyat loyihalarini turizmni rivojlantirish vazifalari bilan o\u02bbzaro bog\u02bblagan holda amalga oshirish, ularning iqtisodiy barqarorligi va sifatli boshqaruvini ta\u02bcminlash zarurligini alohida ta\u02bckidladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo\u02bbyicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15584,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15582","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15582","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15582"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15582\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15586,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15582\/revisions\/15586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15584"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15582"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15582"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15582"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}