﻿{"id":15811,"date":"2026-02-11T12:40:46","date_gmt":"2026-02-11T07:40:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15811"},"modified":"2026-02-11T12:40:46","modified_gmt":"2026-02-11T07:40:46","slug":"obsuzhdeny-rezultativnost-reform-i-prioritetnye-zadachi-v-navoijskoj-oblasti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-rezultativnost-reform-i-prioritetnye-zadachi-v-navoijskoj-oblasti\/","title":{"rendered":"Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8930\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/3bee4310-b7c8-2cf5-c6f7-3c8a49fe8a6e_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-19361\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/3bee4310-b7c8-2cf5-c6f7-3c8a49fe8a6e_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ilgari Navoiy sanoati deganda asosan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, \u201cNavoiyuran\u201d, \u201cNavoiyazot\u201d, \u201cQizilqumsement\u201d kabi yirik tarmoq korxonalari nazarda tutilar, investitsiya ham, ish o\u2018rinlari ham, iqtisodiy o\u2018sish ham aynan shu korxonalar faoliyatiga bog\u2018liq edi.<\/p>\n<p>Hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi o\u2018sish nuqtalarini aniqlash bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar natijasida 2025-yilda yirik tarmoq korxonalariga bog\u2018liq bo\u2018lmagan hududiy investitsiyalar hajmi 1,4 milliard dollarga yetdi. 2026-yilda ushbu ko\u2018rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, o\u2018tgan yilda viloyatda makroiqtisodiy barqarorlik ta\u2019minlandi. Yalpi hududiy mahsulot 168 trillion so\u2018mni tashkil etib, 7,7 foizga o\u2018sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida 8,3 foiz, qishloq xo\u2018jaligida 4,7 foiz, xizmatlar sohasida esa 13,7 foiz o\u2018sish qayd etildi. 161 mingta yangi ish o\u2018rni yaratildi, ishsizlik va kambag\u2018allik darajasi 4,2 foizga tushdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, har bir tuman va shaharni ularning solishtirma ustunliklaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish zarur.<\/p>\n<p>Xususan, Nurota va G\u2018ozg\u2018onda pardozbop toshlar va turizm, Tomdi va Uchquduqda tog\u2018-kon sanoati, Navbahorda to\u2018qimachilik va bog\u2018dorchilik, Konimexda yaylov chorvachiligi, Zarafshonda zargarlik va axborot texnologiyalari, Karmanada kimyo sanoati va madaniy turizm, Navoiy shahrida esa mashinasozlik va servis sohalari bo\u2018yicha katta salohiyat borligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sanoat rivoji hududlar kesimida nomutanosib ekani qayd etildi. Viloyat bo\u2018yicha jon boshiga sanoat mahsuloti hajmi 177 million so\u2018mni tashkil etsa-da, Tomdi, Nurota, Xatirchi, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida ushbu ko\u2018rsatkich respublika o\u2018rtacha darajasidan past qolmoqda. Vaholanki, Tomdi va Nurota marmar, kvars va bazalt kabi tabiiy resurslarga boy.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Nurota tumanida 50 gektar maydonda granit sanoat parki, qayta ishlash klasteri va pardozbop toshlar bozorini tashkil etish, Xatirchi tumanida 50 gektar maydonda kichik sanoat zonasini ishga tushirib, 100 million dollarlik yuqori qiymatli loyihalarni joylashtirish takliflari ma\u2019qullandi. Pardozbop toshlar ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Ushbu quvvatlarni kadrlar bilan ta\u2019minlash maqsadida Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumida tog\u2018-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Umuman, joriy yilda viloyatga 4,2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilib, eksport hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda viloyatning kichik va o\u2018rta korxonalarini qo\u2018llab-quvvatlash, ularni mahalliylashtirishga kengroq jalb qilish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligi yo\u2018nalishida ham mavjud imkoniyatlar to\u2018liq ishga solinmayotgani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Viloyatdagi 9 million gektar yaylov qo\u2018ychilik, tuyachilik va yilqichilikni iqtisodiyot drayveriga aylantirish uchun yetarli. Chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 2026-yilda xorijdan mayda shoxli mol, zotli tuya va otlar olib kelinadi.<\/p>\n<p>Umuman, viloyatdagi 3,3 mln gektar yaylov loyihaviy yondashuv asosida qishloq xo\u2018jaligi aylanmasiga kiritiladi. Xitoyning cho\u2018llanishga qarshi kurash tajribasi asosida Navoiyda cho\u2018llanishni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Viloyat ta\u2019lim sohasida ham respublikada yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. Oliy ta\u2019lim qamrovi 71 foizni tashkil etmoqda, o\u2018tgan yilda 10 ta maktab bitiruvchilari oliygohlarga kirish bo\u2018yicha 100 foizlik natijaga erishdi.<\/p>\n<p>Yangi o\u2018quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida \u201cBir maktab \u2013 bir IT sinf\u201d tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi. Buning uchun viloyatdan 100 nafar o\u2018qituvchi IT va sun\u2019iy intellekt yo\u2018nalishlarida poytaxtda va xorijda malaka oshiradi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon filialida sun\u2019iy intellekt va kiberxavfsizlik yo\u2018nalishida kunduzgi ta\u2019lim dasturi yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda turizm sohasi ham muhokama qilindi. 2026-yilda Navoiy viloyatiga 600 ming xorijiy va 3 million mahalliy sayyohni jalb qilish, 72 ta yangi joylashtirish vositasini ishga tushirish hamda 500 ta yangi ish o\u2018rni yaratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Buning uchun tuman va shaharlar markazidagi 65 ta mahallani bog\u2018lovchi ko\u2018chalar, sohil va yo\u2018l bo\u2018yi hududlarida savdo, ko\u2018ngilochar va dam olish markazlari barpo etiladi, shuningdek, turistik salohiyati yuqori bo\u2018lgan 18 ta mahallada mehmon uylari tashkil etiladi. Xalqaro yo\u2018llar bo\u2018yidagi 15 ta mahallada savdo va xizmat ko\u2018rsatish obyektlari faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Nurota tumanida \u201cNaqshlar va nurlar\u201d milliy kashtachilik markazini tashkil etish, Xatirchi tumanida Langar va Angidon mahallalarini turizmga ixtisoslashtirgan holda rivojlantirish, Nurota va Konimex tumanlaridagi 4 ta qishloqni turizm qishlog\u2018iga aylantirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>\u201cOg\u2018ir\u201d tuman sifatida belgilangan Navbahor tumanidagi \u201cSarmishsoy\u201d hududi atrofida dam olish va ko\u2018ngilochar maskan tashkil etish bo\u2018yicha master reja ishlab chiqib, sayyohlar oqimini 3 karraga oshirish hamda 200 dan ortiq ish o\u2018rni yaratish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Navoiy shahridagi Alisher Navoiy bog\u2018i, Yoshlik ko\u2018li va ular atrofidagi hududlar bugungi kun talablariga to\u2018liq javob bermasligi qayd etilib, ularni yaxlit holda rivojlantirish orqali aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Karmana shahrida turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Samarqanddan Buxoroga yo\u2018l olayotgan turistlarni qadimda Buyuk ipak yo\u2018li bo\u2018yida joylashgan bu shaharda yana bir kun ushlab qolish imkoniyati bor. Shu munosabat bilan Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom ziyoratgohi, Eski shahar bozori hamda \u201cYangi avlod\u201d bog\u2018i negizida \u201cQadimiy Karmana\u201d madaniyat va turizm markazini tashkil etish taklifi qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tajribasini o\u2018rganib, Navoiy hududining katta qismini egallagan cho\u2018l va yaylovlarda turizmni rivojlantirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini yaxshilash ishlarini davom ettirish topshirildi. Xususan, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq va Zafarobod shaharlarida ta\u2019mirtalab holga kelib qolgan 312 kilometr ichimlik suv va 124 kilometr oqova suv quvurlarini 2026-2028-yillarda bosqichma-bosqich yangisiga almashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatdagi barcha maktab, bog\u2018cha va tibbiyot muassasalarida zamonaviy sanitariya sharoitlarini yaratish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida davlatimiz rahbari bildirilgan reja va takliflarni ma\u2019qullab, ularning ijrosi aholi hayotiga aniq o\u2018zgarishlar olib kelishi lozimligini ta\u2019kidladi hamda mutasaddilarga tegishli ko\u2018rsatmalar berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Ilgari Navoiy sanoati&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15813,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15814,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15811\/revisions\/15814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15813"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}