﻿{"id":15889,"date":"2026-03-10T14:19:11","date_gmt":"2026-03-10T09:19:11","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15889"},"modified":"2026-03-10T14:23:39","modified_gmt":"2026-03-10T09:23:39","slug":"obsuzhdeny-rezultaty-reform-i-prioritetnye-zadachi-v-syrdarinskoj-oblasti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-rezultaty-reform-i-prioritetnye-zadachi-v-syrdarinskoj-oblasti\/","title":{"rendered":"Sirdaryo viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8996\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15890\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/bb8d3d96-11a0-a8f4-159e-ada0d609efc1_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda amalga oshirilgan yangilanishlar natijasida viloyat iqtisodiyotida muhim tarkibiy o\u02bbzgarishlar ro\u02bby bergani qayd etildi. Ilgari asosan qishloq xo\u02bbjaligiga bog\u02bblanib qolgan hududda sanoat va xizmatlar sohasi jadal rivojlanib, biznes muhiti yaxshilandi, ilg\u02bbor tadbirkorlarning qatlami shakllandi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili Sirdaryo viloyati iqtisodiyoti 9,8 foizga o\u02bbsdi. Sanoat ishlab chiqarishida 8,2 foizlik o\u02bbsish ta\u02bcminlanib, bu ko\u02bbrsatkich bo\u02bbyicha viloyat hududlar orasida to\u02bbrtinchi o\u02bbrinni egalladi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi ham izchil o\u02bbsib bormoqda. 2017-yilda 10 million so\u02bbmni tashkil etgan bo\u02bblsa, 2025-yilga kelib, 38,1 million so\u02bbmga yetdi, ya\u02bcni qariyb 3,8 barobarga oshdi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili viloyatda 42 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, ularning umumiy qiymati 333 million dollardan oshdi. Ushbu loyihalar doirasida 17,5 mingdan ortiq yangi ish o\u02bbrinlari yaratildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Sirdaryoni Xitoy tajribasi asosida ilg\u02bbor innovatsion hududga aylantirish bo\u02bbyicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to\u02bbxtalindi. Xitoy provinsiyalari bilan to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri hamkorlik yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15891\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3102d3ed-5856-878d-e627-0564785e1aa5_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Shuningdek, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Malayziyaga amalga oshirilgan xizmat safarlari doirasida qator investorlar bilan muzokaralar o\u02bbtkazildi, yuzlab million dollarlik loyihalar shakllantirildi. Jumladan, Guliston tumanida 300 million dollarlik chorvachilik majmuasi va bolalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish loyihasi bo\u02bbyicha kelishuvga erishildi. Yangiyer shahrida Fransiyaning \u201cBonduelle\u201d kompaniyasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot, kosmetika sanoati, agrosanoat va qayta ishlash sohalarida ham yangi investitsiya tashabbuslari ishlab chiqilmoqda. Xususan, Shirin shahrida data-markaz, Guliston shahrida inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish bo\u02bbyicha loyihalar shakllantirilgan.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda joriy yilda viloyatga 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyildi. Buning hisobiga yalpi hududiy mahsulotni 9 foizga, sanoatni 8,2 foizga, xizmatlar sohasini 15,4 foizga, qishloq xo\u02bbjaligini 6,8 foizga va qurilish hajmini 15 foizga oshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Bandlik va kambag\u02bballikni qisqartirish masalalariga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. O\u02bbtgan yili kambag\u02bballik darajasi 11,3 foizdan 6,2 foizga tushirildi. Biroq bu ko\u02bbrsatkich hali ham respublika o\u02bbrtacha darajasidan yuqori ekani qayd etildi.<\/p>\n<p>Joriy yilda tadbirkorlik loyihalarini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun 10 trillion so\u02bbm resurs ajratilmoqda. Mazkur mablag\u02bblar asosida 185 ming aholini ish bilan ta\u02bcminlash, ishsizlik darajasini 4,6 foizgacha, kambag\u02bballikni esa 3 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan. Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlarini ishsizlik hamda kambag\u02bballikdan xoli hududga aylantirish choralari ko\u02bbriladi.<\/p>\n<p>Bu borada \u201cMehnatsevar ayol\u201d, \u201cTeng imkon \u2013 inklyuziv bandlik\u201d, \u201cBir mahalla \u2013 bir mahsulot\u201d kabi dasturlar doirasida tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash, mahallalarda yangi ish o\u02bbrinlarini yaratish va aholining daromad manbalarini ko\u02bbpaytirish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Yo\u02bbnaltirilgan 100 million dollar hisobiga viloyatda 47 ta maktab, 45 ta bog\u02bbcha, 35 ta tibbiyot muassasasi hamda 18 ta sport va madaniyat obyektini to\u02bbliq ta\u02bcmirlash topshirildi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yilda Guliston shahridagi 22 ming xonadonni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlash masalasi hal etildi. Mirzaobod, Sardoba, Boyovut, Xovos tumanlari va Yangiyer shahridagi 12 ming xonadon ham doimiy ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlanmoqda.<\/p>\n<p>Muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish doirasida joriy yilda 349 kilometr elektr tarmoqlari qurish, 99 ta transformator o\u02bbrnatish, shuningdek, suv tarmoqlarini kengaytirish hisobiga aholini ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlash darajasini 89,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, viloyatda uy-joy qurilishi jadal davom ettirilmoqda. 2026-yilda 3,5 ming xonadondan iborat 80 ta ko\u02bbp qavatli uy qurish, jumladan, 1,5 ming xonadonni \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d massivlarida barpo etish hamda renovatsiya dasturi asosida yangi uy-joylar qurish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi alohida ta\u02bckidlandi. Sirdaryoda ekin maydonlari jon boshiga boshqa qator hududlarga nisbatan ancha ko\u02bbp bo\u02bblib, suv ta\u02bcminoti ham yaxshi. Biroq meva-sabzavot eksporti hozircha 60 million dollardan oshmayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Bu borada \u201cSirdaryo agro invest\u201d kompaniyasini tashkil etib, Xovos tumanida suv tejovchi va yuqori agrotexnologiyalar asosida daromadli ekin maydonlarini shakllantirish hamda ularni \u201ctayyor biznes\u201d shaklida aholiga taklif qilish rejalashtirilgan. Dastlab 12 ming gektar yer maydonida ushbu mexanizmni joriy etish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Joriy yilda 20,8 ming gektar yer maydonida suv ta\u02bcminotini yaxshilash va 748 million kub metr suvni tejash vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Vengriya tajribasi asosida Xovos tumanidagi qator mahallalarda \u201caqlli qishloq\u201d pilot loyihasini amalga oshirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi. Unda mahallalarga ajratilayotgan mablag\u02bblar shaffofligi, xavfsizlik, ekologik holat, ehtiyojmand oilalarni qo\u02bbllab-quvvatlash va tadbirkorlik imkoniyatlari haqidagi ma\u02bclumotlar ochiq raqamli tizim orqali aholiga yetkazib boriladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish yakunida mutasaddilarga qator aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, Guliston shahridagi \u201cSirdaryo\u201d erkin iqtisodiy zonasida kamida 5 ming ish o\u02bbrinli investitsiya loyihalarini joylashtirish, quyosh panellari ishlab chiqarish bo\u02bbyicha 100 million dollarlik loyihani ishga tushirish, \u201cFeruz\u201d podstansiyasi transformatorlarini modernizatsiya qilish vazifalari belgilandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Boyovut tumanida \u201cSultonhovuz\u201d suv ombori qurilishi bo\u02bbyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish, viloyat yo\u02bbllarini ta\u02bcmirlash uchun xalqaro moliya institutlari mablag\u02bblarini jalb qilish, Mirzaobod tumanida anorni saqlash va qayta ishlash agromajmuasini tashkil etish hamda zamonaviy ko\u02bbchatchilik markazlarini ochish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz yoshlarni zamonaviy kasb va tillarga o\u02bbqitishga ham alohida e\u02bctibor qaratib, xalqaro standartlar asosida malakani baholash markazlarini tashkil etish va kamida 2 ming yoshni kasb-hunarga tayyorlash zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari viloyatda amalga oshirilayotgan har bir loyiha aholi daromadi va turmush darajasida o\u02bbzining amaliy aksini topishi lozimligini qayd etib, belgilangan vazifalarning o\u02bbz vaqtida va sifatli ijrosini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u02bbnggi yillarda amalga oshirilgan yangilanishlar natijasida viloyat&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15892,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15889"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15894,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15889\/revisions\/15894"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15892"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}