﻿{"id":15969,"date":"2026-03-13T17:57:02","date_gmt":"2026-03-13T12:57:02","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=15969"},"modified":"2026-03-13T16:47:23","modified_gmt":"2026-03-13T11:47:23","slug":"rassmotreny-voprosy-uskoreniya-realizatsii-krupnyh-investitsionnyh-proektov-v-himicheskoj-promyshlennosti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotreny-voprosy-uskoreniya-realizatsii-krupnyh-investitsionnyh-proektov-v-himicheskoj-promyshlennosti\/","title":{"rendered":"Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo\u02bbyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9007\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15971\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/82e10de9-2775-1675-3256-2a6ff8b3583e_lists_slider_9007-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tanqidiy ruhda o\u2018tgan tadbirda tarmoqni \u201cmaqsad \u2013 harakat \u2013 natija\u201d tamoyiliga asoslangan yangi strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimi asosida isloh qilish zarurligi ta\u2019kidlandi. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish va eksport salohiyatini kengaytirish bo\u2018yicha aniq ko\u2018rsatkichlarni belgilash topshirildi.<\/p>\n<p>Jumladan, joriy yilda tarmoq mahsulotlari eksportini 720 million dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyilgan. Qishloq xo\u02bbjaligida rejalashtirilgan hosil hajmlarini ta\u02bcminlash uchun azotli o\u02bbg\u02bbitlar ishlab chiqarishni 1 million 120 ming tonnaga, fosforli o\u02bbg\u02bbitlarni 135 ming tonnaga, kaliyli o\u02bbg\u02bbitlarni esa 222 ming tonnaga yetkazish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, tarmoq va hududlar tomonidan joriy yilda 9,5 milliard dollarlik 133 ta loyihani amalga oshirish doirasida 2,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan. Jumladan, kimyo sanoati korxonalari va hududlarda 24 ta strategik loyiha doirasida 1,3 milliard dollar investitsiyalarni o\u02bbzlashtirib, 7 ta yangi ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish vazifasi belgilangan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15970\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ff8d7f4a-6cd3-ca0d-6f04-a6846b2fbf12_lists_slider_9007-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Shu bilan birga, Qo\u2018ng\u2018irot soda zavodida ishlab chiqarishni kengaytirish, \u201cSamarqandkimyo\u201d korxonasida mineral o\u2018g\u2018itlar ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatlarini oshirish bo\u2018yicha loyihalarni amalga oshirish jarayoni tanqidiy ko\u2018rib chiqildi. Muddatlarning asossiz cho\u2018zilayotgani qayd etildi. Mutasaddilarga investorlar bilan birgalikda mazkur loyihalarni jadallashtirib, qisqa muddatlarda yakunlashni ta\u2019minlash topshirildi.<\/p>\n<p>\u201cAmmofos-Maksam\u201d korxonasi faoliyati davomida to\u02bbplangan fosfogips sanoat chiqindilarini qayta ishlash masalasiga ham e\u02bctibor qaratildi. Ushbu chiqindidan qo\u02bbshimcha mahsulotlar, jumladan, sulfat kislotasi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, kimyo sanoatini strategik rivojlantirish uchun zamonaviy ilmiy va texnologik infratuzilmani shakllantirish masalalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Xususan, Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilgani ma\u02bclum qilindi. Mazkur markaz gaz va ko\u02bbmir kimyosi, chuqur kimyoviy tahlil, sorbentlar, katalizatorlar, nano va kompozit materiallar kabi yo\u02bbnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashadi va bu borada Markaziy Osiyodagi yagona ilmiy-tadqiqot instituti bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda erituvchi moddalar, quruq sian tuzlari, kaustik soda, silikon, mineral o\u02bbg\u02bbitlar ishlab chiqarishni tashkil etish, \u201cFarg\u02bbonaazot\u201dda ammiak, karbamid va ammiakli selitra quvvatlarini modernizatsiya qilish, \u201cNavoiyazot\u201dda g\u02bbovaksimon selitra, Toshkent viloyatida maishiy kimyo vositalari, Birinchi rezinotexnika zavodida yangi turdagi shinalar ishlab chiqarish loyihalarining borishi haqida ham ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, \u201cO\u02bbzkimyosanoat\u201d aksiyadorlik jamiyatida loyihalarning boshqarish samaradorligini oshirish rejalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Jumladan, jamiyat va uning tizimidagi korxonalarda ERP tizimi joriy qilinib, 21 ta vazirlik va idoralar hamda xarid operatorlari bilan integratsiya qilindi, 16 ta axborot tizimi yagona raqamli platformaga birlashtirildi. Moliyaviy holatni tahlil qilish va prognozlash, mineral o\u02bbg\u02bbitga ehtiyojni bashorat qilish jarayonlariga bosqichma-bosqich sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, mineral o\u02bbg\u02bbitlarning korxonadan fermergacha harakatidagi barcha jarayonlarni raqamli nazorat bilan qamrab olish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Hisob palatasi bilan birgalikda energiya resurslarini tejash, xomashyo xarajatlarini qisqartirish va raqamlashtirish chora-tadbirlari orqali kimyo sanoatida mahsulot tannarxini 10-15 foizgacha pasaytirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yakunda davlatimiz rahbari kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish, muammoli masalalarni tezkor hal qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo\u02bbyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo\u02bbyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15971,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-15969","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15969","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15969"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15969\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15977,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15969\/revisions\/15977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15971"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15969"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15969"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15969"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}