﻿{"id":16003,"date":"2026-03-19T16:10:22","date_gmt":"2026-03-19T11:10:22","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16003"},"modified":"2026-03-19T16:10:52","modified_gmt":"2026-03-19T11:10:52","slug":"obsuzhdeny-mery-po-uskoreniyu-realizatsii-krupnyh-investitsionnyh-proektov-v-gornodobyvayushhej-promyshlennosti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-mery-po-uskoreniyu-realizatsii-krupnyh-investitsionnyh-proektov-v-gornodobyvayushhej-promyshlennosti\/","title":{"rendered":"Tog\u02bb-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif doirasida tog\u02bb-kon sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9015\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16004\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07a6224-b708-acdb-e153-cee82866a5fb_lists_slider_9015-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanganidek, bugungi kunda axborot texnologiyalari, sun\u02bciy intellekt, robototexnika, energetika, elektrotexnika, kimyo va mudofaa sanoati kabi strategik tarmoqlarni jadal rivojlantirish ko\u02bbp jihatdan mis, uran, litiy, volfram va boshqa muhim metallar bazasiga tayanadi. Dunyo bozorlarida mazkur resurslarga talab oshib borayotgani, jumladan, mis konsentrati bozorida taqchillik kuchayib, narxlar o\u02bbsishi kutilayotgani tog\u02bb-kon va metallurgiya sohasidagi loyihalarni tezlashtirishni yanada dolzarb qilib qo\u02bbymoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan 2030-yilga qadar O\u02bbzbekistonda oltin ishlab chiqarishni 175 tonnaga, kumushni 500 tonnaga, uranni 15 ming tonnaga, misni 500 ming tonnaga yetkazish bo\u02bbyicha belgilangan marralarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni to\u02bbliq safarbar etish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16005\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bu borada har bir yirik loyihani aniq grafik asosida amalga oshirish, moliyalashtirish, qurilish, logistika, texnologik jihozlash va kadrlar bilan ta\u02bcminlash masalalarini o\u02bbzaro uyg\u02bbunlikda hal qilish muhimligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda, avvalo, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan strategik loyihalarning borishi tanqidiy ko\u2018rib chiqildi. Xususan, 3-mis boyitish fabrikasining keyingi navbatlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mazkur loyihaning texnologik davomi hisoblangan yangi mis eritish zavodini barpo etish masalalari ham ko\u02bbrib chiqildi. Unda texnik-iqtisodiy asosni yakunlash, xorijiy ekspertlarni jalb qilish, qisqa muddatlarda qurilish ishlarini boshlash yuzasidan mas\u2019ullarga aniq vazifalar yuklatildi.<\/p>\n<p>Olmaliq kombinatining istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, 4-mis boyitish fabrikasi bo\u02bbyicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish uchun nufuzli xalqaro kompaniyalarni jalb etish vazifasi alohida ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Ushbu hujjatda suv ta\u02bcminoti, temir yo\u02bbl, energetika infratuzilmasi, ekologik talablar va yuqori samarali texnologiyalarni kompleks qamrab olish lozimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda joriy yil uchun tarmoqda 90 ta loyiha doirasida 2 milliard 200 million dollar investitsiya jalb qilish, 172,5 ming tonna mis, 120 tonna oltin, 210,5 tonna kumush va 8 ming tonna uran ishlab chiqarish vazifalari belgilangani qayd etildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16005\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/4d0df1a9-ff8b-5363-ba37-618c984c4045_lists_slider_9015-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a> <a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16006\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/dbc0c220-12ba-dd4b-f813-3c7fdaf43a9d_lists_slider_9015-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Shu bilan birga, bir qator istiqbolli konlar va obyektlar bo\u02bbyicha texnik-iqtisodiy asoslarni tez fursatda yakunlash, ekspertiza jarayonlarini soddalashtirish bo\u02bbyicha qabul qilingan yangi qaror imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi ta\u02bckidlandi. Hukumatga ushbu loyihalar doirasidagi tashkiliy va huquqiy masalalarni qisqa muddatda hal qilish topshirildi.<\/p>\n<p>Energetika resurslariga bo\u02bblgan talab ortib borayotgan sharoitda ko\u02bbmir qazib chiqarish va uni qayta ishlash loyihalarini jadallashtirish masalalariga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Aholi va sanoat korxonalariga ko\u02bbmir yetkazib berish hajmini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p>Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati doirasida \u201cMuruntov\u201d konini kengaytirishning navbatdagi bosqichi, yangi konlarni o\u02bbzlashtirish, murakkab rudalardan oltin ajratib olish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ayrim yirik loyihalar bo\u02bbyicha investorlar bilan hamkorlik mexanizmlarini qayta ko\u02bbrib chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Metallurgiya yo\u02bbnalishida \u201cO\u02bbzmetkombinat\u201dda ishlab chiqarish hajmini oshirish, ichki xomashyo bazasidan samarali foydalanish, raqobatbardosh mahsulot turlarini ko\u02bbpaytirish, bozor talabiga mos metall listlar ishlab chiqarishni yo\u02bblga qo\u02bbyish masalalari ko\u02bbrib chiqildi. Bu borada xomashyo ta\u02bcminoti, mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish va yangi bozorlarni o\u02bbzlashtirish bo\u02bbyicha aniq choralar belgilandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Texnologik metallar kombinati faoliyatiga ham to\u02bbxtalinib, sanoat uchun muhim metallar va murakkab qotishmalar ishlab chiqarishni kengaytirish, selen, tellur, kukun metallurgiyasi detallari va boshqa yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo\u02bbyicha loyihalarni jadallashtirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Tarmoq korxonalarida tannarxni pasaytirish va xarajatlarni qisqartirish masalalari ham diqqat markazida bo\u02bbldi. Mutasaddilarga bir birlik mahsulot tannarxini qisqartirish, energiya sarfini kamaytirish, resurslardan tejamkor foydalanish va oyma-oy aniq natijalarga erishish bo\u02bbyicha manzilli dasturlar ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Davlat xaridlari va kooperatsiya sohasida mahalliy komponentni kengaytirishga alohida urg\u02bbu berildi. Shu bois, mutasaddilarga loyihalar va xaridlarda mahalliy komponent ulushini joriy yilda 2 milliard dollardan oshirish bo\u02bbyicha aniq ko\u02bbrsatkichlar belgilab berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirish, qo\u02bbshimcha zaxiralarni aniqlash, yangi kon va investitsiya bloklarini investorlarga taklif qilish, uglevodorodga istiqbolli maydonlarni iqtisodiyotga jalb etish bo\u02bbyicha rejalar muhokama qilindi. Bu yo\u02bbnalishda joriy yilda oltin, kumush, mis, uran va rux zaxiralarini sezilarli oshirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda sohada amalga oshirilayotgan 22 milliard dollarlik loyihalar doirasida 38 mingta yangi ish o\u02bbrni yaratilishi, jumladan, 7,5 ming muhandis va 14 ming o\u02bbrta bo\u02bbg\u02bbin mutaxassislariga ehtiyoj paydo bo\u02bblishi qayd etildi. Shu munosabat bilan sohadagi oliy ta\u02bclim muassasalari va texnikumlar faoliyatini yangi talablar asosida tashkil etish, ta\u02bclim dasturlarini zamonaviy texnologiyalarga moslashtirish, dual ta\u02bclimni keng joriy etish, diplom ishlarini bevosita ishlab chiqarish vazifalari bilan bog\u02bblash bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, oliygohlardagi ilmiy tadqiqotlarni kombinatlardagi amaliy texnologik yechimlarga yo\u02bbnaltirish, ilmiy ishlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, talabalar uchun o\u02bbquv-mashg\u02bbulot poligonlarini tashkil qilish, sanoat korxonalarida sexlarni amaliyot va tadqiqotlar uchun moslashtirish vazifalari belgilandi.<\/p>\n<p>Yangi loyihalar doirasidagi dolzarb ilmiy mavzular ro\u02bbyxatini ochiq e\u02bclon qilish tizimini yo\u02bblga qo\u02bbyish topshirildi. Bu tadqiqotlarda sohadagi 5\u00a0ta oliygoh bilan bir qatorda texnika yo\u2018nalishidagi barcha davlat, xususiy oliygoh va ilmiy tashkilotlar ishtirok etishi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish yakunida tog\u02bb-kon, metallurgiya, kimyo va neft-gaz kabi bazaviy tarmoqlarda yirik loyihalar ijrosini tizimli nazorat qilish maqsadida Prezident rahbarligida Sanoat kengashi tuzilishi ma\u02bclum qilindi. Ushbu kengash doirasida yirik korxonalarni xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, tannarx va energiya sarfini kamaytirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, mahalliy kontentni oshirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish, sun\u02bciy intellektni joriy etish, investitsiya va eksportni ko\u02bbpaytirish bo\u02bbyicha oylik ish rejalari tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>Mutasaddi rahbarlarga ushbu rejalar ijrosini har oy joylarga chiqqan holda korxonabay tanqidiy muhokama qilish, mavjud masalalarni tezkor hal etish va har chorak yakunlari bo\u02bbyicha hisobot kiritib borish topshirildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif doirasida tog\u02bb-kon sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Ta\u02bckidlanganidek, bugungi kunda axborot&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16004,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16003","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16003","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16003"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16003\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16007,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16003\/revisions\/16007"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16004"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16003"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16003"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16003"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}