﻿{"id":16114,"date":"2026-04-20T13:15:25","date_gmt":"2026-04-20T08:15:25","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16114"},"modified":"2026-04-20T13:15:25","modified_gmt":"2026-04-20T08:15:25","slug":"opredeleny-prioritetnye-zadachi-sotsialno-ekonomicheskogo-razvitiya-sohskogo-rajona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-prioritetnye-zadachi-sotsialno-ekonomicheskogo-razvitiya-sohskogo-rajona\/","title":{"rendered":"So\u02bbx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u02bbyicha ustuvor vazifalar belgilandi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg\u02bbona viloyatining So\u02bbx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9087\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16115\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087.jpeg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087.jpeg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/5ebeffd7-625b-8fa5-ee70-6dc2312e9f56_lists_slider_9087-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanganidek, avvallari So\u02bbx yetib borish qiyin, transport va logistika imkoniyatlari cheklangan, iqtisodiy aloqalari zaif hududlardan biri edi. So\u02bbnggi yillarda mintaqaviy hamkorlik va qat\u02bciy siyosiy iroda tufayli bu hududni kompleks rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Yangi yo\u02bbllar ochildi, chegaradan o\u02bbtish tartiblari yengillashtirildi, tadbirkorlik uchun sharoitlar yaxshilandi, zamonaviy bog\u02bbcha, maktab, poliklinika va uy-joylar barpo etildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda So\u02bbxdagi 25 ta mahallada 88,6 ming aholi yashaydi. Hududda 29 ta maktabgacha ta\u02bclim tashkiloti, 33 ta maktab, 2 ta o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim muassasasi, 14 ta sog\u02bbliqni saqlash muassasasi va 2 ta madaniyat obyekti faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. O\u02bbtgan yilning o\u02bbzida 13 ming 921 ta ish o\u02bbrni yaratildi, 1 ming 667 ta oila kambag\u02bballikdan chiqarildi.<\/p>\n<p>Umuman, So\u02bbxdagi o\u02bbzgarishlar shunchaki infratuzilma yangilanishi emas, balki hududning iqtisodiy faolligi oshgani, aholi ishonchi mustahkamlangani va yoshlar uchun imkoniyatlar kengayganining amaliy ifodasidir. Bugungi So\u02bbx asta-sekin mintaqaviy iqtisodiy tizimga qayta qo\u02bbshilmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, tumanda kambag\u02bballik darajasi 7,9 foiz, ishsizlik 5,5 foizni tashkil etib, bu ko\u02bbrsatkichlar hali ham respublika o\u02bbrtacha darajasidan yuqori ekani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda mutasaddilar joriy yilda tumanga 40 million dollar investitsiya jalb qilish, 15 million dollarlik eksportni ta\u02bcminlash rejasi olingani haqida axborot berdi. Buning hisobiga sanoatda 9 foiz, xizmatlar sohasida 17,1 foiz, qishloq xo\u02bbjaligida 7,6 foiz o\u02bbsishga erishish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16116\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087.jpeg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087.jpeg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8576d571-dcb1-dc2b-27cf-ab426fdd75b7_lists_slider_9087-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda tumanning turizm salohiyatiga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>So\u02bbxning betakror tabiati, musaffo havosi, daryolari va salqin iqlimi mazkur sohani iqtisodiyot drayverlaridan biriga aylantirish imkonini berishi ta\u02bckidlandi. Masalan, Sarikanda, Rovon va Istiqlol mahallalaridan o\u02bbtgan So\u02bbx daryosi qirg\u02bboqlarida yangi turizm obyektlarini qursa bo\u02bbladi. Yoki bu yerda reabilitatsiya, fizioterapiya, dori-darmon logistikasi va tibbiy ta\u02bclimni bir hududda jamlagan Tibbiy xizmatlar klasterini tashkil etish uchun barcha sharoitlar mavjud.<\/p>\n<p>Umuman, turizm va xizmat ko\u02bbrsatish sohasida 60 million dollar investitsiya jalb qilish, qariyb 2 ming ish o\u02bbrni yaratish, turizm xizmatlari hajmini 15 milliard so\u02bbmga, eksportni esa 2 million dollarga oshirish rejalashtirilgani ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p>Eng muhim vazifalardan biri sifatida aholi yashashi va mehnat qilishi uchun qulay infratuzilma yaratish, tadbirkorlikni kengaytirish va bandlikni ta\u02bcminlash masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Har bir mahallada 10 tadan, jami 300 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 8,6 ming aholi kasb-hunarga o\u02bbqitiladi. Bu loyihalarga banklar tomonidan 64 milliard so\u02bbm kredit resursi yo\u02bbnaltiriladi, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun esa qo\u02bbshimcha 74,5 milliard so\u02bbm ajratiladi.<\/p>\n<p>Transport-logistika masalalari ham atroflicha ko\u02bbrib chiqildi. Tumanning boshqa hududlar bilan bog\u02bbliqligini oshirish, chegaradan o\u02bbtishni tezlashtirish hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo\u02bbyicha amaliy choralar belgilandi.<\/p>\n<p>Aholi daromadining asosiy qismi qishloq xo\u02bbjaligi bilan bog\u02bbliq ekani inobatga olinib, ushbu sohada zamonaviy yondashuvlar va yangi texnologiyalarni keng joriy etish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Masalan, Qayroq massividagi 425 gektar yaylovda mevali bog\u02bblar, Chashma mahallasidagi 60 gektar yerda za\u02bcfaron plantatsiyalari, Ozod va So\u02bbx xo\u02bbjaliklariga qarashli 100 gektar maydonda kartoshka yetishtirish loyihalarini amalga oshirish taklif etildi. Shuningdek, Navobod mahallasida baliqchilikni rivojlantirish bo\u02bbyicha loyiha taqdim etildi. Unga ko\u02bbra, 50 sotixdan 30 ta hovuz tashkil qilinib, har bir hovuzdan 50 tonnadan forel balig\u02bbi yetishtirish mumkin.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Devayron va Tul-dasht hududlari oralig\u02bbida 8 kilometr uzunlikda o\u02bbzi oqar sug\u02bborish tarmog\u02bbi qurilishi hisobidan 500 gektar mevali bog\u02bb va qo\u02bbshimcha 300 gektar ekin maydonini o\u02bbzlashtirish imkoniyati mavjudligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari So\u02bbx tumanini rivojlantirishda eng asosiy maqsad odamlar hayotida sezilarli o\u02bbzgarish qilish, aholi daromadini oshirish, ish o\u02bbrinlari yaratish va hududning transport bog\u02bbliqligini yanada kuchaytirishdan iborat ekanini ta\u02bckidladi. Mutasaddilarga tuman bo\u02bbyicha belgilangan vazifalar ijrosini ta\u02bcminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg\u02bbona viloyatining So\u02bbx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Ta\u02bckidlanganidek, avvallari So\u02bbx yetib borish qiyin, transport va logistika imkoniyatlari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16115,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16114","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16114"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16117,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16114\/revisions\/16117"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16115"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}