﻿{"id":16122,"date":"2026-04-20T16:55:46","date_gmt":"2026-04-20T11:55:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16122"},"modified":"2026-04-20T16:35:55","modified_gmt":"2026-04-20T11:35:55","slug":"obsuzhdeny-provodimaya-rabota-i-prioritetnye-zadachi-v-sfere-zhilishhnogo-stroitelstva-i-urbanizatsii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-provodimaya-rabota-i-prioritetnye-zadachi-v-sfere-zhilishhnogo-stroitelstva-i-urbanizatsii\/","title":{"rendered":"Uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasidagi ishlar hamda ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-aprel kuni uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9101\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16123\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101.jpg 1280w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/512e7347-b9b6-3fba-f7cb-8fdc542dc003_lists_slider_9101-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda joylardagi studiyalardan videoaloqa orqali 500 dan ziyod tadbirkor, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari barcha tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o\u02bbsish bo\u02bbyicha belgilangan katta marralarga erishishda qurilish sohasi alohida o\u02bbrin tutishini ta\u02bckidladi. Tahlillarga ko\u02bbra, qurilishga kiritilgan har 1 dollar iqtisodiyotga 2-3 dollarlik samara keltiradi, sohada yaratilgan bitta ish o\u02bbrni esa boshqa tarmoqlarda yana 5 tagacha ish o\u02bbrnining paydo bo\u02bblishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi to\u02bbqqiz yilda mamlakatimizda qariyb 10 mingta yangi qurilish korxonasi ish boshladi. Aylanmasi 1 trillion so\u02bbmdan oshgan 20 ta, 100 milliard so\u02bbmdan yuqori ko\u02bbrsatkichga chiqqan 365 ta yirik kompaniya shakllandi. Loyiha tashkilotlari soni 2 mingdan oshib, ularning 650 dan ziyodi xalqaro sertifikat oldi.<\/p>\n<p>Shu davrda qurilish sohasida ruxsat berish bosqichlari 3 karra, muddatlar 4 karra qisqartirildi. 420 ta shaharsozlik norma va qoidalari birlashtirilib, eskilari bekor qilindi va 140 ta yangi norma va qoida tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Natijada o\u02bbtgan yillar mobaynida 210 million kvadrat metr bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq ko\u02bbp qavatli uy-joy barpo etildi. Qurilish ishlarining hajmi 2016-yildagi 30 trillion so\u02bbmdan o\u02bbtgan yili 314 trillion so\u02bbmga yetdi. Bugun qurilish, qurilish materiallari va ularga yondosh sohalarda 3,5 million aholi band.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlanganidek, tadbirkorlik uchun har yili 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metr bino-inshootlar savdoga chiqarilmoqda, kichik va o\u02bbrta biznes uchun 140 trillion so\u02bbm resurs ajratilmoqda. Lekin yer va kredit kabi asosiy masalalar hal etilgan bo\u02bblsa-da, tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichida haligacha turli to\u02bbsiqlarga duch kelmoqda, bu jarayonlar oylab-yillab cho\u02bbzilmoqda.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda urbanizatsiya masalasiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Hozirgi kunda yurtimiz aholisi 38 milliondan oshib, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetgan, qariyb 20 million nafar aholi shaharlarda yashamoqda. Davlatimiz rahbari urbanizatsiya darajasining har 1 foizga o\u02bbsishi iqtisodiyotga kamida 1 foiz qo\u02bbshimcha o\u02bbsish olib kelishini, investitsiya oqimi, biznes va startaplar faolligi, mehnat unumdorligi shunga mutanosib ravishda ortishini ta\u02bckidladi. Shu bois, respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo\u02bbyicha yagona yondashuv bo\u02bblishi shartligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, bosh rejalarni ishlab chiqish uchun budjetdan yiliga 200-250 milliard so\u02bbm ajratilmoqda. Mazkur mablag\u02bblar, avvalo, bosh rejasi yo\u02bbq yoki eskirgan hududlarga yo\u02bbnaltirilishi lozim. Ayni paytda kichik shahar va shaharchalarda ham yirik loyihalarni amalga oshirish istagida bo\u02bblgan tadbirkorlar ko\u02bbp, ammo shaharsozlik hujjatlari yo\u02bbqligi tufayli ularning ishlari to\u02bbxtab qolmoqda.<\/p>\n<p>Viloyat hokimlari va Urbanizatsiya qo\u02bbmitasiga joriy yilning o\u02bbzida budjet mablag\u02bblari hisobidan 6 ta shahar va 44 ta shaharcha bo\u02bbyicha bosh rejalarni, 104 ta qishloq bo\u02bbyicha master-rejalarni yakunlash, bundan tashqari, tashabbuskor tadbirkorlar bilan birga yana 50 ta aholi punkti uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni boshlash topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda bosh reja yo\u02bbqligi vaji bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo\u02bbyicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgani, bu esa 4 ming gektar yerni aktivga aylantirish imkoniyati va budjet uchun qo\u02bbshimcha 550 milliard so\u02bbm tushumni boy berishga sabab bo\u02bblgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Shu munosabat bilan uch oy ichida yerlarni xususiylashtirish bo\u02bbyicha arizalarga inson omilisiz, 5-10 daqiqa ichida onlayn javob beradigan tizimga o\u02bbtish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Qolaversa, bosh rejalarni tasdiqlash bilan cheklanib qolish mumkin emasligi ta\u02bckidlandi. Ularda belgilangan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr tarmoqlari va yo\u02bbllarning qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan qurilishi aniq ko\u02bbrsatilmagani tanqid qilindi. Har bir tasdiqlangan bosh reja bo\u02bbyicha uni amalga oshirishning yilma-yil kompleks dasturlari ishlab chiqilishi, bu aholi, tadbirkorlar va mutasaddilarga yetkazilishi shartligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu bois, har bir viloyat hokimiga ikki oy muddatda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan bosh rejalarini ro\u02bbyobga chiqarish bo\u02bbyicha kompleks dasturlarni yaratish topshirildi. Ulardagi tadbirlarning qaysi qismi respublika va mahalliy budjetdan, qaysi qismi xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan moliyalashtirilishi aniq belgilab berilishi shartligi ko\u02bbrsatildi.<\/p>\n<p>Yer va obyektlarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish bo\u02bbyicha ham jiddiy kamchiliklar qayd etildi. So\u02bbnggi to\u02bbrt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerning 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Shuningdek, auksionga chiqarilgan 582 gektar yer uchastkasi va 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Bunda xususiylashtirish dasturini shakllantirishda ham, obyektlarni sotishda ham hokimlarning o\u02bbrni sezilmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o\u02bbrganilmayotgani tanqid qilindi. Aslida, har bir obyektni sotishda hududga investitsiya jalb qilish va mahalla uchun yangi ish o\u02bbrni yaratish birinchi o\u02bbrinda turishi lozimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu bois, endi xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligini ta\u02bcminlashda hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan teng mas\u02bcul bo\u02bblishi belgilandi. Xususiylashtirish doirasida bo\u02bblib-bo\u02bblib to\u02bblash sharti bilan sotilgan obyektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash amaliyoti ham bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish masalasi ham muhokama markazida bo\u02bbldi. O\u02bbtgan yili qurilish bilan bog\u02bbliq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgani, bu holat ortida ko\u02bbp hollarda korrupsiya va ortiqcha byurokratik g\u02bbovlar turgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari bunday muammolarga barham berishning eng samarali yo\u02bbli raqamlashtirish va sun\u02bciy intellektni keng joriy etish ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Hozirgi tizimda aholi va tadbirkorlar avval loyihalashga ruxsat olish, keyin arxitektura-rejalashtirish topshirig\u02bbini ishlab chiqish uchun alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt yo\u02bbqotmoqda. Toshkent shahrida ushbu ikki xizmatni bir bosqichda ko\u02bbrib chiqish tajribasi joriy etilgani va natijada hujjatlarni kelishish muddati 3-4 karra qisqargani ma\u02bclum qilindi. Mazkur tajribani 1-iyuldan boshlab barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.<\/p>\n<p>Kommunal tarmoqlarga ulanish bo\u02bbyicha texnik shart olishda ham aholi har bir idoraga alohida murojaat qilishiga to\u02bbg\u02bbri kelmoqda. Endi 1-iyuldan bitta ariza va bitta to\u02bblov orqali elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlari bo\u02bbyicha texnik shart olish imkoni yaratiladi.<\/p>\n<p>Sansalorlikning yana bir sababi sifatida joylarda shaharsozlik kengashiga a\u02bczo 26 ta idora o\u02bbrtasida o\u02bbzaro muloqot va hamkorlik yo\u02bbqligi ko\u02bbrsatildi. Shu munosabat bilan shaharsozlik kengashiga Toshkent shahri va viloyat hokimlarining o\u02bbzi boshchilik qilishi, tadbirkor masalasiga yakuniy yechim beradigan tizim joriy etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga uch oy ichida qurilishga ruxsat olishdan tortib, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo\u02bblgan barcha jarayonlarni chuqur tahlil qilib, talablar, muddatlar va to\u02bblovlarni kamida ikki barobarga qisqartirish bo\u02bbyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.<\/p>\n<p>Qurilish sifati va nazorat masalalari ham tanqidiy muhokama qilindi. O\u02bbtgan yili qurilish obyektlarida loyihachi va buyurtmachi nazoratchilari tomonidan 42 mingta kamchilik, Qurilish inspeksiyasi tomonidan esa yana 250 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Bunga loyihachi va buyurtmachilarda mualliflik hamda texnik nazorat bo\u02bbyicha manfaatdorlik pastligi sabab bo\u02bblayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu bois, joriy yil 1-iyundan boshlab davlat buyurtmachilari faoliyati to\u02bbliq KPI asosida baholanishi, xodimlar oyligi 3 karra oshirilishi belgilandi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablag\u02bb ajratiladi, mualliflik nazorati uchun esa alohida shartnoma asosida to\u02bblov qilinadi. Endi texnik yoki mualliflik nazoratchisi mas\u02bcul bo\u02bblgan obyektda qo\u02bbpol qoidabuzarlik aniqlansa, pudratchi bilan birga nazoratchilarga ham qat\u02bciy chora ko\u02bbriladi, loyihachining \u201cShaffof qurilish\u201ddagi reytingi pasaytiriladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bo\u02bbyicha ham alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtildi. Hozirgi kunda mazkur yo\u02bbnalishda 20 milliard dollardan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Mutasaddilar va buyurtmachi vazirlik-idoralar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralarda mahalliy quruvchilar imkoniyatlarini yetarlicha himoya qilmayotgani, shartnoma shartlarini belgilashda ularning manfaatini ko\u02bbzlamayotgani, xalqaro tenderlarda ishtirok etish shartlarini o\u02bbrgatish bo\u02bbyicha tizimli ish olib bormayotgani tanqid qilindi.<\/p>\n<p>Aholining uy-joyga bo\u02bblgan talabini ta\u02bcminlash masalasi doimiy diqqat markazida bo\u02bblishi shartligi ta\u02bckidlandi. So\u02bbnggi yillarda 56 ta \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d massivi infratuzilmasi uchun 4 trillion 100 milliard so\u02bbm ajratilgan, joriy yilda esa ushbu maqsadlar uchun yana 1 trillion 400 milliard so\u02bbm yo\u02bbnaltirilmoqda.<\/p>\n<p>Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil mazkur massivlarda 34 ming xonadonni qurib bitkazishi shartligi qayd etildi. Qurilishi davom etayotgan massivlarni kengaytirish faqat o\u02bbsha hududdagi kvartiralarning kamida 85 foizi egalariga topshirilganidan keyin ruxsat etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Umuman, joriy yil hududlarda 140 ming xonadonli ko\u02bbp qavatli uylarni foydalanishga topshirish zarurligi ta\u02bckidlandi. Bunda renovatsiyaga alohida e\u02bctibor qaratish muhimligi bildirildi.<\/p>\n<p>Soha uchun kadrlar tayyorlash va kreativ muhitni rivojlantirish masalalariga ham e\u02bctibor qaratildi. Arxitektor, loyihachi va urbanistika sohasi uchun birinchi kreativ parkni Toshkent shahrida tashkil qilish, keyinchalik bunday parklarni hududlarda ham barpo etish ishlarini boshlash topshirildi. Bundan tashqari, yangi o\u02bbquv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan, o\u02bbzini o\u02bbzi moliyalashtiruvchi oliygoh faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Uning tarkibida o\u02bbrta bo\u02bbg\u02bbin mutaxassislari uchun texnikum ham tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish yakunida Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-aprel kuni uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16123,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16122","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16122","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16122"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16129,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16122\/revisions\/16129"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16123"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}