﻿{"id":16247,"date":"2026-04-28T18:25:52","date_gmt":"2026-04-28T13:25:52","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16247"},"modified":"2026-04-28T17:18:31","modified_gmt":"2026-04-28T12:18:31","slug":"opredeleny-prioritetnye-zadachi-po-razvitiyu-ferganskoj-oblasti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-prioritetnye-zadachi-po-razvitiyu-ferganskoj-oblasti\/","title":{"rendered":"Farg\u02bbona viloyatini rivojlantirish bo\u02bbyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Farg\u02bbona shahrida Farg\u02bbona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9153\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbnuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16248\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6f549091-6913-1817-fcf0-38f6909e75f3_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari avvalo keyingi yillarda hudud iqtisodiyotida ro\u02bby bergan o\u02bbzgarishlarga to\u02bbxtalib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda viloyatda 8 milliard 200 million dollar investitsiya hisobiga 8 mingta zamonaviy quvvat ishga tushirildi. Tadbirkorlik uchun 100 trillion so\u02bbm resurs yo\u02bbnaltirildi, tijorat maydonlari 10 million kvadrat metrga ko\u02bbpaydi. 13,5 ming kichik va o\u02bbrta korxona tashkil etilib, ularning soni qariyb 2 karra oshdi.<\/p>\n<p>Natijada yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobarga, sanoat 1,5 barobarga, xizmatlar 3 barobarga o\u02bbsdi. Asosiysi, so\u02bbnggi to\u02bbrt yilda ishsizlik 9,2 foizdan 4,6 foizga, kambag\u02bballik darajasi esa 11,6 foizdan 5,2 foizga tushdi.<\/p>\n<p>Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash bo\u02bbyicha ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Marg\u02bbilondagi Ipakchi va Qirguli mahallalarida 241 ta eski hovli o\u02bbrnida 2,5 ming xonadonli ko\u02bbp qavatli uylar barpo etildi. Navro\u02bbz mahallasida qurilayotgan \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d massiviga bu yil yana 6,5 ming oila ko\u02bbchib kiradi. Bunday ishlar Yozyovon, Quva tumanlari, Qo\u02bbqon va Farg\u02bbona shaharlarida ham davom etmoqda.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi o\u02bbn yilda viloyatda 74 ming o\u02bbrinli maktab, 145 ming o\u02bbrinli bog\u02bbcha va 3 ming koykali shifoxonalar ishga tushirildi. 167 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularda 40 mingdan ortiq o\u02bbquvchi ta\u02bclim olmoqda. Ta\u02bclim sifati oshgani natijasida yoshlarning oliy ta\u02bclim muassasalariga kirish ko\u02bbrsatkichi bo\u02bbyicha Farg\u02bbona respublikada 3-o\u02bbringa ko\u02bbtarildi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligida 15 ming gektar sanoatlashgan bog\u02bb va tokzor yaratildi, yana 6 ming gektari yangilandi. Meva-sabzavot eksporti 3 karra ko\u02bbpayib, 400 million dollarga yetdi. Farg\u02bbona, So\u02bbx, Quva tumanlari, Marg\u02bbilon va Qo\u02bbqon shahrida turizm jadal rivojlanmoqda. O\u02bbtgan yili xorijiy turistlar soni ilk bor 500 mingdan, mahalliy sayyohlar 3 milliondan oshdi, turizm eksporti esa 185 million dollarga yetdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Farg\u02bbona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Shu bois, joriy yil viloyatda iqtisodiyotni 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga o\u02bbstirish, 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish, eksportni 2 karra ko\u02bbpaytirib, 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16249\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64ab1938-d95b-d53d-04ae-e8ec907b5a80_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Farg\u02bbona davlat idoralari, sanoat, servis va qishloq xo\u02bbjaligida zamonaviy texnologiyalar, raqamli yechimlar va sun\u02bciy intellektni keng joriy etish bo\u02bbyicha namuna bo\u02bblishi kerakligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>\u201cBesh million sun\u02bciy intellekt yetakchisi\u201d dasturi bo\u02bbyicha sertifikat olgan yoshlarning eng ko\u02bbpi Farg\u02bbona viloyatiga to\u02bbg\u02bbri keladi. Viloyat va tumanlar rahbarlariga iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda davlat idoralaridagi xizmatlar va jarayonlarni raqamlashtirish, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish topshirildi.<\/p>\n<p>Mahallalarning ustunliklarini sun\u02bciy intellekt yordamida tahlil qilib, ish o\u02bbrni, qo\u02bbshilgan qiymat va aholi daromadini ko\u02bbpaytiradigan loyihalar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Masalan, Yozyovon tumani imkoniyatlari sun\u02bciy intellekt yordamida o\u02bbrganilganda tuman iqtisodiyotida asosiy e\u02bctiborni logistikaga qaratish zarurligi aniqlangan. A-373 magistral yo\u02bblining Yozyovondan o\u02bbtgan 35 kilometr qismi orqali kuniga 30 ming transport vositasi harakatlanadi. Shu bois, tumanda logistika markazlari, yirik omborlar, yo\u02bbl bo\u02bbyi servis obyektlarini ko\u02bbpaytirish orqali iqtisodiy aylanmani yana 1 trillion so\u02bbmga oshirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda Farg\u02bbonada IT xizmatlari 4 karra o\u02bbsib, eksport 23 million dollardan oshdi. Yangi o\u02bbquv yilidan Quva tajribasi asosida yana 16 ta tumanda texnikumlar negizida dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tillar bo\u02bbyicha kadrlar tayyorlash yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Farg\u02bbona shahrida IT-Park universiteti, Marg\u02bbilonda INHA universitetining filialini ochib, sun\u02bciy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yo\u02bbnalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani o\u02bbqitish belgilandi.<\/p>\n<p>Elektron tijoratni rivojlantirish masalasiga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Bu sohada Farg\u02bbona ulushi hali past ekani qayd etilib, viloyatda kamida 100 ming kvadrat metrli omborxona tashkil qilish, shundan 30 ming kvadrat metrini joriy yilda ishga tushirish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Sanoat va hunarmandchilikka ixtisoslashgan 126 ta mahalladagi tadbirkorlarni elektron tijorat platformalaridan foydalanishga o\u02bbrgatish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligida mavjud zaxiralarni ishga solish ham muhokama qilindi. Viloyatda 370 ming gektar sug\u02bboriladigan yer, shundan 55 ming gektar bog\u02bb va tokzor bor. Qolaversa, 5,5 ming gektar bog\u02bb va tokzor eskirgan, 6 ming gektar dasht va adir yerlaridan samarali foydalanilmayapti. Bu qo\u02bbshimcha 300 ming tonna meva-sabzavot va iqtisodiyotga 2 trillion so\u02bbmlik qo\u02bbshilgan qiymat yaratish imkoni ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>\u201cQuva Agrostar\u201d agromajmuasi tajribasi alohida qayd etildi. Bu yerda kooperatsiya asosida tomorqa va dehqon xo\u02bbjaliklariga kichik sexlar qurish, dehqonlarni o\u02bbqitish, in-vitro laboratoriyada yetishtirilgan ko\u02bbchatlar bilan ta\u02bcminlash va tayyor mahsulot eksportiga ko\u02bbmaklashish yo\u02bblga qo\u02bbyilmoqda. Mana shunday yondashuvlarni barcha tumanlarda joriy qilish, 5,5 ming gektar eskirgan bog\u02bblarni to\u02bbliq yangilash topshirildi.<\/p>\n<p>Viloyatda 50 ming gektar kam hosilli paxta va g\u02bballa yerlari hamda samarasi past bog\u02bblar o\u02bbrnida super intensiv bog\u02bblar yaratish bo\u02bbyicha katta dastur ishlab chiqiladi. Bu yil 611 ming tonna meva, 252 ming tonna uzum, 1,8 million tonna sabzavot, 119 ming tonna sholi yetishtirib, meva-sabzavot eksportini 25 foizga oshirish va 500 million dollarga yetkazish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari investitsiya masalalariga ham to\u02bbxtaldi. Viloyatda sanoat zonalari uchun ajratilgan 1 ming 77 gektar yerdan samarali foydalanish, har bir gektarda yiliga kamida 50 milliard so\u02bbmlik mahsulot ishlab chiqarish asosiy mezon bo\u02bblishi belgilandi. Sanoat zonalarida 5 milliard dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.<\/p>\n<p>Beshariqdagi Andarxon mahallasida erkin savdo zonasi tashkil etish, Qo\u02bbqondagi mexanika zavodi hududida 70 million dollarlik yirik savdo kompleksini barpo etish takliflari qo\u02bbllab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Turizm sohasida ham katta imkoniyatlar borligi qayd etildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Tarixiy obidalar va betakror tabiatni o\u02bbzida jamlagan Farg\u02bbonada xorijiy turistlar oqimini yana 2-3 karra oshirsa bo\u02bbladi,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Buning uchun Qo\u02bbqon va Marg\u02bbilonni ziyorat turizmiga, So\u02bbx, Quva, Beshariq va Farg\u02bbona tumanlarini tibbiy va ekoturizmga ixtisoslashtirish zarurligi ta\u02bckidlandi. Quvadagi \u201cKarkidon\u201d suv ombori atrofida dam oluvchilar xavfsizligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha favqulodda vaziyatlar markazi tashkil etilgani qayd etilib, mamlakatdagi boshqa suv omborlarini ham bosqichma-bosqich aholi va sayyohlar uchun qulay maskanlarga aylantirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Marg\u02bbilonda \u201cBurhoniddin Marg\u02bbinoniy\u201d ilmiy-ma\u02bcrifiy va turizm majmuasining ochilishi milliy qadriyatlar va tariximizni dunyoga namoyon etadigan muhim qadam sifatida baholandi. Farg\u02bbona tumanida \u201cShohimardon \u2013 Yordon\u201d xalqaro kurort zonasi, \u201cVodil\u201d malina-agroturizm klasteri, \u201cAvval\u201d ko\u02bbngilochar turizm majmuasi va \u201cChimyon\u201d sanatoriy-kurort zonasi kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Kelasi yil yakunigacha 300 million dollarlik 50 ta turizm loyihasini ishga tushirish zarurligi belgilandi.<\/p>\n<p>Qo\u02bbqonda 64 ta madaniy meros obyektini qamrab olgan 3 ta piyoda turizm marshruti ishlab chiqilgan. Shahardagi madaniy meros obyektlarida joylashgan davlat idoralarini boshqa binolarga ko\u02bbchirish, tarixiy obyektlarni turizm va madaniyat maskanlariga aylantirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>So\u02bbx tumanida ekoturizm, agro va tibbiy turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta\u02bckidlandi. So\u02bbx daryosining Sarikanda, Istiqlol va Rovon mahallalaridan o\u02bbtgan qismida 130 gektar maydonda yirik turizm kompleksini barpo etish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tumanni rivojlantirish bo\u02bbyicha master-reja ishlab chiqish topshirildi. Umuman, tumanga yangicha qiyofa olib kirish bo\u02bbyicha uch yillik dastur qabul qilinishi e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Farg\u02bbonaning boy madaniy merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish masalalari ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Qo\u02bbqon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi. Yoshlar o\u02bbrtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to\u02bblovlari bo\u02bbyicha imtiyozlar beriladi. \u201cBurhoniddin Marg\u02bbinoniy\u201d ilmiy-ma\u02bcrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o\u02bbtkazish, unga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>Farg\u02bbona madaniyatining ajralmas qismi bo\u02bblgan askiya san\u02bcatini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Marg\u02bbilonda Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san\u02bcati markazi tashkil etilgani qayd etilib, yosh iste\u02bcdodlarni qo\u02bbllab-quvvatlash, tuman madaniyat markazlari va musiqa-san\u02bcat maktablarida askiya va qiziqchilik mahorati yo\u02bbnalishlarini ochish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish davomida viloyat va tumanlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillarining fikrlari tinglandi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Farg\u02bbona shahrida Farg\u02bbona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbnuot xizmati. Davlatimiz rahbari avvalo keyingi yillarda hudud iqtisodiyotida ro\u02bby&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16248,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16247"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16252,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16247\/revisions\/16252"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16248"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}