﻿{"id":16296,"date":"2026-05-04T18:28:26","date_gmt":"2026-05-04T13:28:26","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16296"},"modified":"2026-05-04T16:36:03","modified_gmt":"2026-05-04T11:36:03","slug":"prezident-uzbekistana-oboznachil-klyuchevye-napravleniya-sotrudnichestva-v-ramkah-ezhegodnogo-zasedaniya-abr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistana-oboznachil-klyuchevye-napravleniya-sotrudnichestva-v-ramkah-ezhegodnogo-zasedaniya-abr\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot bankining yillik yig\u02bbilishi doirasida hamkorlikning asosiy yo\u02bbnalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Samarqand shahrida bo\u02bblib o\u02bbtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig\u02bbilishining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9174\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16297\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1267\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/84c5d9dc-62d0-6975-69ab-86546b7e46dc_lists_slider_9174-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>\u201cTaraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o\u02bbzaro bog\u02bbliq kelajagini ilgari surish\u201d shiori ostida o\u02bbtkazilayotgan forumda 100 dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod ekspertlar, shuningdek, xorijiy hukumatlar, xalqaro moliya tashkilotlari, yetakchi banklar va kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>Kun tartibidan raqamli va \u201cyashil\u201d transformatsiya, iqlim barqarorligi, ishlab chiqarish ta\u02bcminoti zanjirlarini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash va boshqa masalalar o\u02bbrin olgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tadbirda nutq so\u02bbzlab, bunday nufuzli anjumanning yurtimizda o\u02bbtkazilayotgani O\u02bbzbekistonga g\u02bburur va iftixor bag\u02bbishlashini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz buyuk tarix va yorqin kelajakni o\u02bbzida mujassam etgan Yangi O\u02bbzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib borayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston yetakchisi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar natijalariga batafsil to\u02bbxtalib o\u02bbtdi. So\u02bbnggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra o\u02bbsdi, milliy iqtisodiyot hajmi esa 50 milliarddan 147 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>2020-yildan buyon O\u02bbzbekiston suveren kredit reytinglarida o\u02bbz o\u02bbrnini izchil oshirib bormoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida joriy yil yurtimiz 14 pog\u02bbona yuqorilab, ilk bor \u201ciqtisodiyoti mo\u02bbtadil erkin\u201d davlatlar qatoridan joy oldi.<\/p>\n<p>Global beqarorlik sharoitida ham iqtisodiyotimiz birinchi chorak yakuni bo\u02bbyicha 8,7 foizli o\u02bbsishga erishdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxshilashga asosiy e\u02bctiborni qaratdik. Biz o\u02bbtgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oshirib, kambag\u02bballik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tushirishga erishdik,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston oxirgi o\u02bbn yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o\u02bbzgarish qilgan beshta davlatdan biri bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>2030-yilga qadar barcha sohalarni texnologik va innovatsion o\u02bbsish modeliga o\u02bbtkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish, daromadi o\u02bbrtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirish hamda kambag\u02bballikka to\u02bbliq barham berish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining o\u02bbrnini alohida e\u02bctirof etdi. OTB bilan amalga oshirilgan va joriy qo\u02bbshma loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda, Bank boshqaruvchilari hamda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg\u02bbarmasi, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari rahbariyatiga yaqin hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan murakkab o\u02bbzgarishlar va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi haqida so\u02bbz yuritar ekan, barqaror rivojlanishni ta\u02bcminlash uchun Bank bilan hamkorlikda yangi mexanizm va ta\u02bcsirchan yondashuvlarni joriy etish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Raqamli transformatsiya va sun\u02bciy intellektga alohida e\u02bctibor qaratildi. Yurtimizda Sun\u02bciy intellekt xabini yaratish boshlandi, hududlarda data markazlarni ko\u02bbpaytirish, super kompyuterlarni ishga tushirish va \u201cBesh million sun\u02bciy intellekt yetakchilari\u201dni tayyorlash bo\u02bbyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Ta\u02bclim, tibbiyot, suv xo\u02bbjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur bo\u02bblgan yo\u02bbnalishlarda ham ochiq sun\u02bciy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sun\u02bciy intellekt ko\u02bblamini oshirish bo\u02bbyicha alohida dastur ishlab chiqish taklif etildi. O\u02bbzbekiston bankning \u201cOsiyo uchun raqamli magistral\u201d tashabbusiga qo\u02bbshilishga tayyorligini ma\u02bclum qilib, Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.<\/p>\n<p>\u201cYashil\u201d energetikani rivojlantirish ustuvor yo\u02bbnalish sifatida belgilandi. Dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5 ming 600 megavattli quvvatlar ishga tushirildi, 2030-yilga borib esa generatsiyada qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Osiyo taraqqiyot banki toza energiya eksportini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo \u2013 Yevropa \u201cyashil\u201d energetika koridorini yaratishga ko\u02bbmaklashayotgani minnatdorlik bilan ta\u02bckidlandi. Mintaqa davlatlari bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda ushbu \u201cenergetik arteriya\u201d loyihasini boshlashiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p>Keyingi dolzarb vazifa \u2013 transport tizimlarining o\u02bbzaro bog\u02bbliqligini va logistika yo\u02bblaklari barqarorligini ta\u02bcminlash.<\/p>\n<p>Xalqaro logistikadagi qiyinchiliklar \u201cXitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston\u201d temir yo\u02bblini qurishning ahamiyatini oshirmoqda. Mazkur loyiha yuklarni yetkazib berish muddatini 10 kungacha qisqartirish va butun mintaqa tranzit salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasida \u201cRaqamli bojxona va logistika alyansi\u201dni tashkil etish taklif etildi.<\/p>\n<p>Muhim minerallar zaxiralarini o\u02bbzlashtirishda hamkorlik salohiyati alohida ta\u02bckidlandi. Prezidentimiz qayd etganidek, O\u02bbzbekiston nafaqat foydali minerallarni qazib olish, balki ularni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo\u02bbshilgan qiymatga ega ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni maqsad qilgan.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston yetakchisi yuqori qo\u02bbshilgan qiymatga ega bo\u02bblgan loyihalarni ilgari surish uchun Osiyo taraqqiyot bankining \u201cKritik mineraldan \u2013 ishlab chiqarishga\u201d dasturiga qo\u02bbshilish muhimligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, iqlim o\u02bbzgarishiga qarshi kurashish muhim vazifa sifatida belgilandi. Orol dengizining qurigan tubida himoya o\u02bbrmonzorlarini barpo etish bo\u02bbyicha milliy sa\u02bcy-harakatlarga qo\u02bbshimcha ravishda \u201cMarkaziy Osiyo yashil belbog\u02bbi\u201d mintaqaviy loyihasini amalga oshirish taklif etildi.<\/p>\n<p>Mintaqaviy hamkorlik doirasida \u201cMarkaziy Osiyo turizm halqasi\u201dni yaratish tashabbusi ilgari surildi. Loyiha mintaqadagi noyob madaniy, ziyorat, gastronomik, etnografik va boshqa obyektlarni sayyohlar uchun yagona makonga birlashtirishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Bildirilgan barcha taklif va tashabbuslarni tizimli ilgari surish uchun OTBning loyihalarni moliyalashtirish bo\u02bbyicha keng imkoniyatlarini, jumladan, xususiy kapitalni safarbar qilish orqali to\u02bbliq ishga solish zarurligi ta\u02bckidlandi. Shu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirish taklif etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro\u02bby berayotgan keskin o\u02bbzgarishlar sharoitida Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta\u02bcminlashdagi muhim o\u02bbrni yanada oshayotganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Yakunda Prezidentimiz Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va tashabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelishuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanishiga ishonch bildirdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Samarqand shahrida bo\u02bblib o\u02bbtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig\u02bbilishining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. \u201cTaraqqiyot&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16297,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16296","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16296","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16296"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16296\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16300,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16296\/revisions\/16300"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16297"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16296"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16296"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16296"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}