﻿{"id":16566,"date":"2026-06-01T10:43:01","date_gmt":"2026-06-01T05:43:01","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16566"},"modified":"2026-06-01T11:29:32","modified_gmt":"2026-06-01T06:29:32","slug":"prezident-uzbekistana-prinyal-uchastie-v-sammite-eaes-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistana-prinyal-uchastie-v-sammite-eaes-4\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi"},"content":{"rendered":"<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Ostona shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig\u02bbilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9264\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16567\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1c63fa16-966a-e07a-77ac-6f42eb8230e4_lists_slider_9264-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o\u02bbtgan uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg\u02bbiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri o\u02bbrinbosari Mger Grigoryan, kuzatuvchi maqomidagi Kuba Respublikasi vitse-prezidenti Salvador Mesa va Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atabak, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay\u02bcati raisi Baqitjan Sag\u02bbintayev hamda mehmon sifatida MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Kun tartibidan ko\u02bbp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo\u02bbllab-quvvatlash, sheriklikning ustuvor yo\u02bbnalishlarida qo\u02bbshma dasturlarni amalga oshirish masalalari o\u02bbrin oldi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Prezidenti nutqining avvalida YOII mamlakatlari bilan o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikni izchil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatining eng muhim yo\u02bbnalishlaridan biri bo\u02bblib qolayotganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16569\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7fd79fd7-fe25-b482-6f31-a8df8ad1fe1d_lists_slider_9264-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>YOII davlatlari bilan o\u02bbzaro hamkorlik kompleks iqtisodiy sheriklik tusini olgani qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u02bbzaro savdo hajmi barqaror o\u02bbsib bormoqda, sanoat kooperatsiyasi kengayib, logistika aloqalari mustahkamlanmoqda, raqamli iqtisodiyot, energetika va xizmatlar sohasida hamkorlikning yangi yo\u02bbnalishlari shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan uch yillik Hamkorlik rejasini amalga oshirish yakuniga yetayotgani bildirildi. Shu munosabat bilan joriy yilning kuz faslida Toshkent shahrida o\u02bbtkazilishi rejalashtirilgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan Qo\u02bbshma ishchi guruhning navbatdagi yig\u02bbilishi doirasida yangi rejani qabul qilish taklif etildi.<\/p>\n<p>Yaqinda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo\u02bbyicha \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d tasdiqlandi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston ittifoqning elektron tijoratni rivojlantirish, savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, iqlim masalalari va boshqa yo\u02bbnalishlardagi tashabbuslarida faol ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>Toshkent shahrida Yevroosiyo taraqqiyot bankining mamlakat ofisi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyilib, bank bilan hamkorlikda sanoat kooperatsiyasi bo\u02bbyicha yangi loyihalar portfeli shakllantirilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ittifoq bilan sheriklikni rivojlantirishning ustuvor yo\u02bbnalishlari yuzasidan o\u02bbz nuqtayi nazarini bayon qildi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston va birlashma davlatlari o\u02bbrtasida to\u02bbsiqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirishga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Bunda elektron tijoratni tartibga solish borasidagi yondashuvlarni muvofiqlashtirish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli ma\u02bclumot almashinuvini yo\u02bblga qo\u02bbyish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash hamda elektron hujjatlarni bosqichma-bosqich o\u02bbzaro tan olish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, raqamli tranzitni joriy etish, kuzatuv tizimlariga ulanish hamda o\u02bbtkazish punktlarini modernizatsiya qilish orqali \u201caqlli\u201d transport-bojxona yo\u02bblaklarini yaratish ishlariga kirishish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>Ishbilarmon doiralarning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologik sheriklik va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishga qiziqishi ortib borayotganini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida o\u02bbtkazilgan \u201cINNOPROM. Markaziy Osiyo\u201d VI xalqaro sanoat ko\u02bbrgazmasi tasdiqladi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston va YOII mamlakatlari o\u02bbrtasida sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlashda mazkur ko\u02bbrgazma salohiyatidan foydalanish taklif qilindi. Sanoat avtomatizatsiyasi va robototexnika, energetika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, suv tejovchi texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari va boshqa sohalar istiqbolli yo\u02bbnalishlar qatorida qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari O\u02bbzbekiston kooperatsiya bo\u02bbyicha \u201cyagona darcha\u201d formatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda sheriklarni tanlaydigan, erkin sanoat zonalar negizida tashabbuslarni qo\u02bbllab-quvvatlaydigan, moliyalashtirishni jalb etishga ko\u02bbmaklashadigan qo\u02bbshma loyiha ofisini ochishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 YOII davlatlaridan keladigan yuqori texnologiyali rezidentlar uchun qo\u02bbshimcha rag\u02bbbatlantiruvchi sharoitlarni ishlab chiqishga tayyormiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi O\u02bbzbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p>Energiya samaradorligini oshirish, toza texnologiyalarni joriy etish va mahsulotlarning uglerod sig\u02bbimini kamaytirishga qaratilgan Sanoatni \u201cyashil\u201d transformatsiya qilish qo\u02bbshma dasturini qabul qilish bo\u02bbyicha taklif ham ilgari surildi.<\/p>\n<p>Qo\u02bbshma \u201cyashil\u201d loyihalar portfelini shakllantirish, moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini rivojlantirish, sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini qo\u02bbllash orqali sanoatning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish amaliy chora-tadbirlar sifatida dasturdan o\u02bbrin olishi mumkin.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bu endilikda mamlakatlarimiz uchun nafaqat ekologik kun tartibidagi masala, balki sanoatning uzoq muddatli raqobatdoshligini ta\u02bcminlaydigan muhim omilga aylanmoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi O\u02bbzbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi. Mazkur sohadagi hamkorlikni milliy elektron bandlik xizmatlarini integratsiya qilish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Bu fuqarolarning ishonchli bo\u02bbsh ish o\u02bbrinlari, ishga joylashish shartlari hamda migratsiya qonunchiligi normalari haqidagi ma\u02bclumotlardan to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri foydalanishini ta\u02bcminlaydigan qulay va yaxlit raqamli muhitni shakllantirishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bu bir paytning o\u02bbzida mamlakatlarimiz mehnat bozorlari ehtiyojlarini hisobga olish, xodimlarning malakasini oshirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va norasmiy bandlik xavflarini kamaytirish imkonini beradi,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Turizm sohasida O\u02bbzbekiston tomonidan \u201cMarkaziy Osiyo turistik halqasi\u201d tashabbusi ilgari surilgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari YOII davlatlarini mazkur turizm yo\u02bbnalishini ommabop raqamli platformalarda birgalikda ilgari surishga qo\u02bbshilishga taklif qildi.<\/p>\n<p>Yakunda Prezidentimiz O\u02bbzbekistonning YOII ko\u02bbp tomonlama dasturlari va loyihalaridagi ishtiroki o\u02bbzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash hamda mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta\u02bcminlashga xizmat qilishini ta\u02bckidladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Ostona shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig\u02bbilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Qozog\u02bbiston Respublikasi&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16567,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16566"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16572,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16566\/revisions\/16572"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16567"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}