﻿{"id":16612,"date":"2026-06-03T16:37:45","date_gmt":"2026-06-03T11:37:45","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16612"},"modified":"2026-06-03T16:37:45","modified_gmt":"2026-06-03T11:37:45","slug":"opredeleny-zadachi-po-uskorennomu-razvitiyu-himicheskoj-promyshlennosti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-zadachi-po-uskorennomu-razvitiyu-himicheskoj-promyshlennosti\/","title":{"rendered":"Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-iyun kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo\u02bbyicha vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u02bbilishi bo\u02bblib o\u02bbtdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9273\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16613\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/34182d38-f6a5-3a0a-d90d-9717130474ef_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Iqtisodiyotimiz jadal rivojlanib, so\u02bbnggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyilgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Bundan 9-10 yil avval mamlakatimizda kimyo mahsulotlarining asosiy qismini mineral o\u02bbg\u02bbitlar tashkil qilgan. Keyingi yillarda sohaga 8 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilib, 87 ta yirik quvvat ishga tushirildi.<\/p>\n<p>PVX, \u201cyashil\u201d vodorod, ko\u02bbpikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o\u02bbzlashtirildi. Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida minglab yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo bazasi yaratildi.<\/p>\n<p>Natijada sohada eksport 3 karra o\u02bbsdi, ishchilar soni 50 ming nafardan oshdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, tarmoqda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko\u02bbpligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. So\u02bbnggi to\u02bbqqiz yilda respublika sanoati o\u02bbrtacha 6,3 foizga o\u02bbsgan bo\u02bblsa, kimyo sanoatida bu ko\u02bbrsatkich 3 foizga ham yetmagan. Kimyo mahsulotlari importi 4 barobar oshib, yiliga 4,5 milliard dollarga yetgan.<\/p>\n<p>\u201cO\u02bbzkimyosanoat\u201d aksiyadorlik jamiyati asosan o\u02bbz tizimidagi yirik korxonalar bilan cheklanib qolayotgani, sohadagi 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini eshitish sustligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda mahsulotlar tarkibini o\u02bbzgartirish, qo\u02bbshilgan qiymatni oshirish va energiya sarfini kamaytirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda yiliga 1,5 million tonna ammiakli selitra ishlab chiqarilib, bunga 1 milliard 70 million kub metr gaz sarflanmoqda. Shu bilan birga, ilg\u02bbor davlatlar selitra iste\u02bcmolini kamaytirib, qishloq xo\u02bbjaligida karbamid va suvda eruvchan o\u02bbg\u02bbitlar, tog\u02bb-kon sanoatida esa g\u02bbovaksimon selitradan foydalanishga o\u02bbtmoqda.<\/p>\n<p>Ammiakli selitra bilan tannarxi bir xil bo\u02bblgan g\u02bbovaksimon selitrada qo\u02bbshilgan qiymat 2 barobar yuqori. Mutasaddilar va kimyo korxonalari rahbarlari bunday loyihalarni ko\u02bbpaytirish haqida jiddiy o\u02bbylashi kerakligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cNavoiyazot\u201dda ishlab chiqarilayotgan 1 tonna sian tuzining narxi 3 ming 700 dollar bo\u02bblsa, undan yelim ishlab chiqarilganda qiymati 8 ming dollargacha oshishi mumkinligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Mas\u02bcullarga \u201cNavoiyazot\u201d yonidagi klasterda 1 milliard dollarlik 10 ta kam tonnali kimyo loyihasini boshlash topshirildi.<\/p>\n<p>Geologiyada mavjud zaxiralarni to\u02bbliq ishga solish orqali ham qo\u02bbshilgan qiymatni bir necha barobar oshirish mumkinligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u02bbiston, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiyda 550 million tonna natriy va kaliy, 20 million tonna bentonit zaxiralari bor. Ushbu xomashyo chuqur qayta ishlanib, kaustik soda ishlab chiqarilsa, qo\u02bbshilgan qiymat 3 barobar oshadi.<\/p>\n<p>Jizzaxda 1,5 million tonna, Qoraqalpog\u02bbistonda 500 ming tonna serpentinit zaxirasi aniqlangan. Unga sulfat kislotasi bilan ishlov berilsa, tonnasi 5 ming dollargacha bo\u02bblgan magniy oksidi olish mumkin. Serpentinit yanada chuqur qayta ishlansa, nikel, xrom va kobalt olish imkoniyati paydo bo\u02bbladi. Bu esa elektrotexnika sanoati uchun muhim xomashyo hisoblanadi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga fosforit, galit, mirabilit, serpentinit kabi kimyo sanoati uchun zarur xomashyo zaxiralarini 2 barobar oshirish bo\u02bbyicha uch yillik dastur ishlab chiqib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Serpentinit xomashyosini qayta ishlash bo\u02bbyicha kamida 200 million dollarlik loyihalarni yo\u02bblga qo\u02bbyish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizga yiliga 300 million dollarlik maishiy kimyo mahsulotlari import qilinmoqda. Mintaqada esa bunday mahsulotlar uchun 2 milliard dollarlik bozor mavjud.<\/p>\n<p>Misol uchun, \u201cAngren\u201d erkin iqtisodiy zonasidagi tadbirkor dunyoga mashhur \u201cHenkel\u201d kompaniyasi bilan hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbygan. Hozir ushbu korxona \u201cHenkel\u201d tomonidan sotib olingan bo\u02bblib, bu yerdan Hamdo\u02bbstlik davlatlariga mahsulot yetkazib berish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Bunday loyihalarni ko\u02bbpaytirish maqsadida poytaxtdagi sanoat zonalaridan biridagi maydonlar maishiy kimyo loyihalari uchun ajratiladi. Ishga tushirilgan korxonalarni brendi bilan birga tayyor daromadli biznes sifatida xususiy sektorga sotish sharti bilan ushbu yo\u02bbnalishga 50 million dollar yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>Boshqa viloyatlardagi shunday loyihalar uchun Sanoat kooperatsiyasi jamg\u02bbarmasidan 15 million dollar ajratiladi. Umuman, mutasaddilarga maishiy kimyoda kamida 100 ta yangi brend mahsulot ishlab chiqarishni yo\u02bblga qo\u02bbyish bo\u02bbyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda mineral o\u02bbg\u02bbitlar bozoridagi imkoniyatlar ham tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Dunyoda mineral o\u02bbg\u02bbitlarga talab yiliga 5 foizdan o\u02bbsmoqda va 2030-yilda 260 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ayniqsa, yangi agrotexnologiyalar hisobiga suvda eruvchan o\u02bbg\u02bbitlarga ehtiyoj keskin ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Kelgusi uch yilda soha mas\u02bcullari va hokimlar oldida 2 milliard 800 million dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi turibdi. Bu orqali 2030-yilga borib, azotli o\u02bbg\u02bbitlar ishlab chiqarish hajmini 2,8 million tonnadan 4 million tonnaga, fosforli o\u02bbg\u02bbitlarni 400 ming tonnadan 900 ming tonnaga, suvda eruvchan o\u02bbg\u02bbitlarni 100 ming tonnadan 400 ming tonnaga yetkazish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Suvda eruvchan o\u02bbg\u02bbitlar, polimerlar, maishiy va noorganik kimyo bo\u02bbyicha rejalashtirilgan yirik loyihalar hisobidan nanokimyo, \u201cyashil\u201d kimyo, supermolekulyar kimyo, sun\u02bciy intellekt asosida kimyoviy modellashtirish kabi zamonaviy yo\u02bbnalishlarda kadrlarga talab ortishi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan kimyo sanoatida ta\u02bclim, tadqiqot, laboratoriya va startaplarni qamrab olgan yaxlit tizim yaratilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Buning uchun Mirzo Ulug\u02bbbek tumanidagi 60 gektar maydonda kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta\u02bclim klasteri tashkil etiladi. Ushbu klasterda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi barpo qilinadi. Markazda tajriba-sinov ishlari bilan bog\u02bbliq xarajatlarning yarmi qoplab beriladi.<\/p>\n<p>Umuman, kimyo sanoatida 17 milliard dollarlik 350 dan ziyod loyihani ishga tushirish bo\u02bbyicha dastur ishlab chiqib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ushbu katta marralarga erishish uchun sohani ilmiy asoslangan va zamonaviy yondashuvlar asosida boshqarish zarurligini ta\u02bckidladi. Shu munosabat bilan \u201cO\u02bbzkimyosanoat\u201dni transformatsiya qilish bo\u02bbyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilish davomida kimyo sanoati mas\u02bcullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot bo\u02bblib o\u02bbtdi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-iyun kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo\u02bbyicha vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u02bbilishi bo\u02bblib o\u02bbtdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16614,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16612","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16612","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16612"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16612\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16615,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16612\/revisions\/16615"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16614"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16612"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16612"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16612"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}