﻿{"id":16662,"date":"2026-06-11T10:57:25","date_gmt":"2026-06-11T05:57:25","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16662"},"modified":"2026-06-11T10:57:25","modified_gmt":"2026-06-11T05:57:25","slug":"rassmotreny-mery-po-shirokomu-vnedreniyu-tsifrovyh-tehnologij-v-gornoj-promyshlennosti-i-geologii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotreny-mery-po-shirokomu-vnedreniyu-tsifrovyh-tehnologij-v-gornoj-promyshlennosti-i-geologii\/","title":{"rendered":"Tog\u02bb-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev tog\u02bb-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb<a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9294\"> xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16663\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/adab7070-24b8-bdbc-9163-4d213babca7a_lists_slider_9294-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Mamlakatimiz iqtisodiyotida tog\u02bb-kon sanoati va geologiya tarmog\u02bbi muhim o\u02bbrin tutadi. 2025-yilda jami sanoat mahsulotining 20 foizi ushbu soha korxonalari hissasiga to\u02bbg\u02bbri keldi. Ularning budjetga tushumlari 118,5 trillion so\u02bbmni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Shu bois, sohani texnologik transformatsiya qilish, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli yechimlarni keng tatbiq etish iqtisodiy xavfsizlikni ta\u02bcminlash, investitsiyalarni ko\u02bbpaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda strategik ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Dunyoda \u201cbarqaror rivojlanish\u201d va \u201craqamli geologiya\u201d konsepsiyalari jadal rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2025-yilda yirik tog\u02bb-kon sanoati korxonalarida 7,3 trillion so\u02bbm operatsion xarajatlar tejalib, mahsulot tannarxi 9,1 foizga kamaygan.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cGeomonitoring\u201d axborot tizimi joriy qilinib, 2 mingdan ortiq qazilma uchastkalariga oid ma\u02bclumotlar raqamlashtirilgan.<\/p>\n<p>Kelgusi besh yilda oltin zaxirasini qo\u02bbshimcha 879 tonnaga, kumushni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oshirish bo\u02bbyicha ishlar boshlangani qayd etildi.<\/p>\n<p>Sun\u02bciy intellekt texnologiyalari geologik ma\u02bclumotlarni tezkor tahlil qilish, qazilma boyliklarni prognozlash, zaxiralarni aniq hisoblash va burg\u02bbilash ishlari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shu maqsadda geologiya-qidiruv jarayonlarining barcha bosqichlariga sun\u02bciy intellekt yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16659\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Prezidentimiz buning uchun sohada texnologik transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini sun\u02bciy intellekt yordamida boshqarish va tahlil qilish tizimini shakllantirish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Tog\u02bb-kon sanoati va geologiyada xaritalar, qidiruv natijalari, burg\u02bbilash ma\u02bclumotlari, laboratoriya tahlillari va ishlab chiqarish ko\u02bbrsatkichlari kabi juda katta hajmdagi ma\u02bclumotlar shakllanadi. Ularni yagona elektron bazaga jamlash, tezkor qidirish va 3D modellar orqali tahlil qilish yangi konlarni aniqlash imkoniyatini oshiradi.<\/p>\n<p>Buning natijasida tannarxni 10 foizga kamaytirish, yangi konlarni ochish muddatini 2 karra qisqartirish, investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini 4 barobar oshirish mumkinligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda 2030-yilgacha geologiya va tog\u02bb-kon sanoatiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilish maqsad qilingani ta\u02bckidlandi. Buning uchun, avvalo, investorlar talab qilayotgan sifatli va ishonchli raqamli ma\u02bclumotlar bazasini shakllantirish zarur.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Geologik ma\u02bclumotlar milliy bazasini yaratish taklif qilindi. Mazkur jarayonda \u201cTexnologik transformatsiya markazi\u201d tashkil etilib, mavjud 36 mingdan ortiq hisobotlar va birlamchi ma\u02bclumotlar raqamli ko\u02bbrinishga o\u02bbtkaziladi. Natijada geologik ma\u02bclumotlarni shakllantirish, konlarni modellash va zaxiralarni hisoblash jarayoni 2 karra tezlashadi.<\/p>\n<p>Taqdimotda 2026-2030-yillarda geologiya sohasida hamda 6 ta yirik korxona \u2013 \u201cNavoiy kon-metallurgiya kombinati\u201d, \u201cOlmaliq kon-metallurgiya kombinati\u201d, \u201cNavoiyuran\u201d, \u201cO\u02bbzmetkombinat\u201d, \u201cO\u02bbzbekko\u02bbmir\u201d hamda \u201cO\u02bbzbekiston texnologik metallar kombinati\u201dda sun\u02bciy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo\u02bbyicha jami 44 ta loyihani amalga oshirish rejalari haqida axborot berildi.<\/p>\n<p>Ushbu loyihalar besh asosiy yo\u02bbnalishni qamrab oladi: ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, korporativ boshqaruvni raqamlashtirish, sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mehnat va sanoat xavfsizligini ta\u02bcminlash hamda kon-geologiya ishlarini raqamli transformatsiya qilish.<\/p>\n<p>Loyihalarni amalga oshirish natijasida operatsion samaradorlik 7 foizga, texnika va uskunalar ishonchliligi 20 foizga, energiya samaradorligi esa 8 foizga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, inson omili bilan bog\u02bbliq xato va xavflar 15 foizga kamayishi mumkin.<\/p>\n<p>Keyinchalik ushbu yechimlarni patentlash zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga tog\u02bb-kon sanoati korxonalari biznes-rejalarini tuzishda ishlab chiqarish va mehnat resurslari samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlarni kiritish, texnologik va sun\u02bciy intellekt loyihalari bo\u02bbyicha alohida dasturlarni tasdiqlab borish topshirildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev tog\u02bb-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Mamlakatimiz iqtisodiyotida tog\u02bb-kon sanoati&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16663,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16662","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16662","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16662"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16662\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16664,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16662\/revisions\/16664"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16663"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16662"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16662"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16662"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}