﻿{"id":16677,"date":"2026-06-12T11:54:59","date_gmt":"2026-06-12T06:54:59","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16677"},"modified":"2026-06-12T12:00:29","modified_gmt":"2026-06-12T07:00:29","slug":"obsuzhdeny-mery-po-razvitiyu-rybnoj-otrasli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/obsuzhdeny-mery-po-razvitiyu-rybnoj-otrasli\/","title":{"rendered":"Baliqchilik tarmog\u02bbini rivojlantirish choralari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog\u02bbini rivojlantirish va qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9298\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbaro matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16678\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/66cef8d9-01b9-3cc1-4bdc-3579b359b624_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Baliqchilik oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash, qishloq aholisi daromadlarini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim yo\u02bbnalish hisoblanadi. Dunyoda akvakultura jadal rivojlanmoqda. Ilk bor yetishtirilgan baliq hajmi tabiiy suv havzalarida ovlangan baliq miqdoridan oshib ketdi.<\/p>\n<p>Yurtimizda bu sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. O\u02bbzbekistonda 173 ming kilometr daryo va kanal o\u02bbzanlari mavjud. Suv resurslari cheklangan bo\u02bblishiga qaramasdan, mamlakatimiz Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish hajmi bo\u02bbyicha yetakchi o\u02bbrinda turibdi. 2025-yilda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda aholi soni o\u02bbsishi bilan oqsilli mahsulotlarga bo\u02bblgan talab ham oshib bormoqda. Baliq esa iqtisodiy jihatdan samarali, parhezbop va aholi salomatligi uchun foydali ozuqa manbaidir. Shu bois, oddiy ko\u02bbl baliqchiligidan suvni tejaydigan, qayta aylantiradigan va intensiv texnologiyalarga asoslangan tizimga o\u02bbtish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16679\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/6169fb86-e197-ae2c-af65-865ed25f187c_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Taqdimotda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berishning yangi, shaffof tizimini joriy qilish, intensiv baliqchilik va naslchilik xo\u02bbjaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib berish kafolatlanishi lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda intensiv usulda baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 20 foizidan oshmayapti. Vaholanki, bunday texnologiyalar hosildorlik va daromadni bir necha barobar oshiradi. Agar mavjud imkoniyatlar to\u02bbliq ishga solinsa, baliq yetishtirish hajmini 5 barobar oshirish mumkinligi aytib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Sohada yangi texnologiyalarni joriy etish va tadbirkorlarni moliyaviy qo\u02bbllab-quvvatlash, xususan, yopiq suv aylanma tizimini o\u02bbrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash, naslli ona baliqlarni import qilish uchun subsidiya ajratish, quyosh panellarini o\u02bbrnatish uchun subsidiya berish va aylanma mablag\u02bb uchun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish lozimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Baliqchilik xo\u02bbjaliklariga kreditlar ajratish, milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar bo\u02bbyicha foiz xarajatlarini qisman qoplash mexanizmlari joriy etiladi.<\/p>\n<p>Ushbu imkoniyatlar hisobiga keyingi yilda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnadan oshirish choralarini ko\u02bbrish topshirildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda naslchilik va ilmiy yondashuv masalalariga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Sifatli chavoq va yaxshi genetika yuqori hosildorlikning asosiy sharti ekani ta\u02bckidlandi. Shu bois, karp, laqqa, forel, osyotr kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish bo\u02bbyicha ishlar yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>Kelgusi yildan tog\u02bb oldi hududlarida yiliga forel va osyotr balig\u02bbi yetishtirish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron daryosi bo\u02bbyida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Milliy karp zotini yaratish bo\u02bbyicha xorijiy grantlar jalb etiladi.<\/p>\n<p>Sohada malakali kadrlar tayyorlash ham muhim vazifa sifatida belgilandi. Agrar universitetda Astraxan davlat texnika universiteti va Xitoyning Dalyan okean universiteti bilan hamkorlikda baliqchilik va akvakultura bo\u02bbyicha qo\u02bbshma fakultet ochish taklifi ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Baliqchilik tarmog\u02bbini raqamlashtirish masalasiga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtildi. Suvdan foydalanish holati, yer maydonlari, noqonuniy baliq ovlash, soliq to\u02bblovlari, ovlangan baliq mahsulotlari to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlarni birlashtirgan yagona elektron platformani yaratish taklif qilindi. Sohaga sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish orqali xarajatlarni qisqartirish va mahsuldorlikni oshirish mumkinligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz takliflarni ma\u02bcqullab, sohani qo\u02bbllab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga baliqchilik tarmog\u02bbini zamonaviy texnologiyalar, ilmiy yondashuv va samarali boshqaruv asosida rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va aholi dasturxoniga arzon, sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan topshiriqlar berildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog\u02bbini rivojlantirish va qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbaro matbuot xizmati. Baliqchilik oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash, qishloq aholisi daromadlarini oshirish va suv&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16678,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16677","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16677","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16677"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16682,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16677\/revisions\/16682"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16678"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}