﻿{"id":16871,"date":"2026-07-06T12:59:05","date_gmt":"2026-07-06T07:59:05","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16871"},"modified":"2026-07-06T12:59:05","modified_gmt":"2026-07-06T07:59:05","slug":"prezident-uzbekistana-i-premer-ministr-gruzii-opredelili-novuyu-povestku-vzaimovygodnogo-sotrudnichestva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-uzbekistana-i-premer-ministr-gruzii-opredelili-novuyu-povestku-vzaimovygodnogo-sotrudnichestva\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Prezidenti va Gruziya Bosh vaziri o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar"},"content":{"rendered":"<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o\u02bbtkazdilar, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9377\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16872\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/505506ae-8d7c-ed0e-eccf-9ce43bdcc5cd_lists_slider_9377-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari uchrashuv avvalida O\u02bbzbekiston Prezidentining Gruziyaga yigirma yildan ortiq davrda birinchi marta amalga oshirilayotgan ushbu davlat tashrifi O\u02bbzbekiston \u2013 Gruziya munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda alohida ahamiyat kasb etishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Barcha darajalardagi muloqotlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar hukumatlar, parlamentlar, ishbilarmon doiralar o\u02bbrtasidagi faol aloqalarni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligini ta\u02bckidladilar.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etdi, joriy yil boshidan buyon esa 100 million dollardan oshdi. Yaqin yillarda ushbu ko\u02bbrsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish, savdodagi nomutanosiblikni bartaraf etish, sanoat ko\u02bbrgazmalarini o\u02bbzaro o\u02bbtkazish orqali ikki mamlakat o\u02bbrtasida talab yuqori bo\u02bblgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmini oshirish bo\u02bbyicha \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201dni qabul qilishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ushbu muhim yo\u02bbnalish salohiyatidan to\u02bblaqonli foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan faol foydalanish choralariga alohida e\u02bctibor qaratildi. Gruziyada logistika xabini, unda esa sanoat zonasi va O\u02bbzbekiston mahsulotlari uchun shourum tashkil etish rejalari qo\u02bbllab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari \u201cBoku \u2013 Tbilisi \u2013 Kars\u201d temir yo\u02bblining ishga tushirilganini olqishladi. Uni barpo etilayotgan \u201cXitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston\u201d temir yo\u02bbl magistrali bilan bog\u02bblash masalasini o\u02bbrganish taklif etildi.<\/p>\n<p>Sanoat kooperatsiyasi hamkorlikning alohida ustuvor yo\u02bbnalishi sifatida belgilandi. Kuni kecha o\u02bbtkazilgan qo\u02bbshma biznes forumi natijalariga yuksak baho berildi. Uning yakunlari bo\u02bbyicha 2027-yilgacha mo\u02bbljallangan Kooperatsiya dasturi imzolandi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u02bbjaligi, elektrotexnika va energetika tarmoqlari, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va development, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, raqamli bank hamda turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo\u02bbyicha kelishuvlarga erishildi. Loyihaviy tashabbuslarni qo\u02bbllab-quvvatlash uchun qo\u02bbshma Investitsiya jamg\u02bbarmasini tashkil etish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Madaniy-gumanitar aloqalar faol kengaymoqda. Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Prezidenti Gruziya tomoniga Tbilisidagi bog\u02bblardan biriga buyuk shoir Alisher Navoiy nomini berishga qaror qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Joriy yilda O\u02bbzbekistonda qo\u02bbshma ta\u02bclim va turizm forumlarini o\u02bbtkazish rejalashtirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u02bbzbekiston Respublikasining Gruziyadagi elchixonasini ta\u02bcsis etish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta\u02bcminlashga qaratilgan qo\u02bbshma \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d tayyorlanadi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o\u02bbtkazdilar, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16873,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16871","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16871","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16871"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16874,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16871\/revisions\/16874"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16873"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}