﻿{"id":16923,"date":"2026-08-03T14:57:08","date_gmt":"2026-08-03T09:57:08","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=16923"},"modified":"2026-08-03T14:10:11","modified_gmt":"2026-08-03T09:10:11","slug":"prezident-respubliki-uzbekistan-oboznachil-perspektivy-razvitiya-regionalnogo-sotrudnichestva-stran-tsentralnoj-azii-i-azerbajdzhana","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-respubliki-uzbekistan-oboznachil-perspektivy-razvitiya-regionalnogo-sotrudnichestva-stran-tsentralnoj-azii-i-azerbajdzhana\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Qirg\u02bbiziston Respublikasining Cho\u02bblponota shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9476\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16924\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/ccf1a3a1-29a1-a041-d711-cfcc41db0d35_lists_slider_9476-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog\u02bbiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u02bbiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlari va xalqlarining barqaror rivojlanishi, iqtisodiy taraqqiyoti, xavfsizligini ta\u02bcminlash hamda farovonligini yuksaltirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston yetakchisi so\u02bbzining avvalida norasmiy sammitni o\u02bbtkazish tashabbusi va Issiqko\u02bbl sohilidagi iliq qabul uchun Qirg\u02bbiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga samimiy minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham Maslahat uchrashuvlari formatida samarali raislik qilayotgani uchun tashakkur izhor etildi.<\/p>\n<p>Mintaqa mamlakatlari mustaqilligining 35 yillik bayramlarini nishonlash arafasida har birining davlatchilikni barpo etish, iqtisodiy o\u02bbsish va milliy tiklanish borasida erishgan muvaffaqiyatlariga yuksak baho berildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16925\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/b3e2c90f-a83b-430a-eaa1-44fc2dba919b_lists_slider_9476-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p><em>\u2013 Birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlarimiz natijasida ilgari tarqoq bo\u2018lgan\u00a0Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo\u02bblida birlashmoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz yetakchisi murakkab va oldindan bashorat qilib bo\u02bblmaydigan xalqaro voqelikni tahlil qilar ekan, uchrashuv ishtirokchilarini qat\u02bciyat bilan harakat qilish va o\u02bbzaro muvofiqlashuvni yanada kuchaytirishga chaqirdi. Davlatimiz rahbari ta\u02bckidlaganidek, Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo\u02bbshilishi o\u02bbzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi \u2013 makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va yaqin qo\u02bbshnimiz \u2013 Afg\u02bbonistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi O\u02bbzbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon o\u02bbrtasida barqaror rivojlanish, o\u02bbzaro bog\u02bbliqlik va yaxshi qo\u02bbshnichilik uchun mustahkam zamin yaratish maqsadida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha nuqtayi nazarini bayon qildi.<\/p>\n<p>Avvalo, mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga o\u02bbtish muhimligi ta\u02bckidlandi. Uning tuzilishi hamkorlikning samarali institutlari, tarmoq idoralarining yaqin munosabatlari, hududlarning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri aloqalari hamda rivojlanishning asosiy yo\u02bbnalishlaridagi uzoq muddatli qo\u02bbshma dasturlarga tayanishi zarur.<\/p>\n<p>Mintaqaning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlash uchun davlatlararo tashkilotlar va \u201cMarkaziy Osiyo plyus\u201d formatlari doirasida o\u2018zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi o\u02bbzaro bog\u02bbliqlikni mustahkamlash, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlarni kengaytirish, umumiy raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda investitsiya platformalarini ishga tushirish bo\u02bbyicha kelgusi qadamlarni puxta ishlab chiqish talab etiladi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoni kadrlar salohiyati, sun\u02bciy intellekt texnologiyalari, data-markazlar va energetika quvvatlarini birlashtirgan yaxlit infratuzilmani yaratish orqali ta\u02bclim, ilm-fan va innovatsiyalar bo\u02bbyicha raqobatbardosh xabga aylantirish masalasi istiqbolli vazifalar qatorida ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bblib kelgani\u00a0va shunday bo\u02bblib qolishi alohida ta\u02bckidlandi. Yagona tabiiy makonimizda yuzaga kelayotgan tahdidlar chegara bilmaydi, shunday ekan ularga javob choralari ham umumiy bo\u02bblishi kerak.<\/p>\n<p><em>\u2013 Joriy yilgi yozning anomal darajada issiq kelishi iqlim o\u02bbzgarishi allaqachon iqtisodiyot, suv va energetika xavfsizligi, odamlarning salomatligi va hayot sifatiga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri ta\u02bcsir qiladigan omilga aylanib borayotganini yana bir bor ko\u02bbrsatdi. Ana shunday yangi xavf-xatarlarga birgalikda moslashish bo\u02bbyicha uzoq muddatli yechimlarni topish muhimdir,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Hamkorlikning o\u02bbzgarmas ustuvor yo\u02bbnalishlari orasida gumanitar aloqalarga alohida e\u02bctibor qaratildi. Mintaqa xalqlari asrlar davomida yonma-yon yashagan, savdo-sotiqni rivojlantirgan, bilim va madaniy an\u02bcanalar bilan o\u02bbzaro almashgan. Hamkorlik chuqurlashgani sari hamjihatlik tuyg\u02bbusi ham mustahkamlanmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Umummintaqaviy o\u02bbziga xoslik, xalqlarimizning milliy o\u02bbzligi saqlangan holda bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Ishonchim komil, ushbu sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o\u02bbzgarishi xalqlarimiz o\u02bbrtasidagi birlik, hamjihatlik va o\u02bbzaro tushunish tuyg\u02bbusini mustahkamlaydi,<\/em>\u00a0\u2013 dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Prezidenti nutqining yakunida umumiy kuchimiz \u2013 birlik, o\u02bbzaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat\u02bciy intilishda ekanini yana bir bor ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon yetakchilari ham so\u02bbzga chiqib, mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o\u02bbz qarashlarini bayon qildilar.<\/p>\n<p>Sammit yakunida Cho\u02bblponota deklaratsiyasi qabul qilindi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Qirg\u02bbiziston Respublikasining Cho\u02bblponota shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16925,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-16923","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16923","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16923"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16923\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16931,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16923\/revisions\/16931"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16925"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16923"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16923"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16923"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}