﻿{"id":17367,"date":"2026-09-21T14:55:19","date_gmt":"2026-09-21T09:55:19","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=17367"},"modified":"2026-09-21T14:59:28","modified_gmt":"2026-09-21T09:59:28","slug":"v-karakalpakstane-zapushheny-proekty-i-nachato-stroitelstvo-novyh-moshhnostej-na-7-6-milliarda-dollarov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/v-karakalpakstane-zapushheny-proekty-i-nachato-stroitelstvo-novyh-moshhnostej-na-7-6-milliarda-dollarov\/","title":{"rendered":"Qoraqalpog\u02bbistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9634\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17368\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c64ddba2-157d-c3bf-1999-f606d3830478_lists_slider_9634-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda hududda tadbirkorlik va investitsiyalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va aholi bandligini ta\u02bcminlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, 2016-yilda Qoraqalpog\u02bbistonning yalpi hududiy mahsuloti 8,5 trillion so\u02bbmni tashkil etgan bo\u02bblsa, joriy yil boshiga kelib 54 trillion so\u02bbmdan oshdi. Mahsulot ishlab chiqarishda xususiy sektorning ulushi 66 foizga yetdi. Faol tadbirkorlik subyektlari soni 2,5 barobar ko\u02bbpayib, 26,5 mingtani tashkil etdi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi to\u02bbqqiz yilda yuqori daromadli ish o\u02bbrinlarini yaratish uchun Qoraqalpog\u02bbistonga 5 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritildi. Joriy yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy va qo\u02bbshma korxonalar soni 2018-yilga nisbatan 2,2 barobar oshib, 271 tani tashkil etdi.<\/p>\n<p>Marosim doirasida 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi hamda xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Ularning hisobiga 8 mingta yuqori daromadli ish o\u02bbrni yaratiladi.<\/p>\n<p>Xususan, Qorao\u02bbzak tumanida umumiy quvvati 300 megavatt bo\u02bblgan ikkita shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi.<br \/>\nIshga tushirilgan obyektlar qatorida Nukus shahrida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda barpo etilgan Shayx Xalifa nomidagi shifoxona bor. Qiymati 27 million dollar bo\u02bblgan 100 o\u02bbrinli muassasa zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta\u02bcminlangan. Bu yerda 80 ta ish o\u02bbrni yaratildi. Qoraqalpog\u02bbiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi ham hududda tibbiy xizmat sifatini oshirish va mutaxassislar malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Raqamli infratuzilmani rivojlantirish yo\u02bbnalishida Taxiatosh tumanida \u201cLinkwise\u201d korxonasining 150 million dollarlik modulli intellektual hisoblash markazining birinchi bosqichi ishga tushirildi.<\/p>\n<p>Nukus shahrida jamoat transportini yaxshilashga qaratilgan \u201cSAPSAN TRANS NO\u02bbKIS\u201d korxonasining 20 million dollarlik loyihasi ham ish boshladi. 25 ta avtobus va elektrobus olib kelingan bo\u02bblib, yil yakuniga qadar qo\u02bbshimcha 75 ta elektrobus keltiriladi. Loyihada 200 ta ish o\u02bbrni yaratilishi ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Qurilishi boshlanayotgan loyihalar energetika, raqamli iqtisodiyot, sanoat, transport, tibbiyot va xizmat ko\u02bbrsatish sohalarini qamrab olgan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17370\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634.jpeg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634-300x200.jpeg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634-1024x682.jpeg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634-768x512.jpeg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634-1536x1023.jpeg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bfe3e35-e10b-4634-cb78-173513b67b50_lists_slider_9634-254x169.jpeg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Qo\u02bbng\u02bbirot tumanida Saudiya Arabistonining \u201cACWA\u201d kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 2,6 milliard dollar bo\u02bblgan 1,5 gigavattli yirik shamol elektr stansiyasini qurish va yagona energetika tizimiga ulash ishlari faol bosqichga o\u02bbtmoqda. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmog\u02bbi tortiladi, 500 kilovoltli uchta podstansiya quriladi va yana ikkitasi modernizasiya qilinadi.<\/p>\n<p>Chimboy tumanida koreyalik investorlar bilan respublikada ilk bor qizilmiya ildizini qayta ishlash orqali yiliga 3 million kub metr biogaz ishlab chiqarish loyihasi boshlandi.<\/p>\n<p>Transport infratuzilmasini rivo\u0436lantirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A-380 \u201cG\u02bbuzor \u2013 Buxoro \u2013 Nukus \u2013 Beyneu\u201d avtomobil yo\u02bblining 92 kilometrlik qismida qurilish ishlari boshlandi. Loyiha qiymati 233 million dollarni tashkil etadi. Nukus shahri \u0436amoat transporti uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 112 ta elektrobus xarid qilish va depo tashkil etish loyihasi ham amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Xitoylik hamkorlar bilan Qo\u02bbng\u02bbirot va Taxiatosh tumanlarida umumiy qiymati 2 milliard 281 million dollar bo\u02bblgan raqamli valyuta ishlab chiqarish va sun\u02bciy intellekt ma\u02bclumotlar markazlarini tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Taxtako\u02bbpir tumanida ham ma\u02bclumotlar markazi barpo etiladi. Nukus shahrida chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasiga start berildi.<br \/>\nQorao\u02bbzak tumanidagi \u201cZengibobo\u201d konida oltin qazib olish bo\u02bbyicha 20 million dollarlik korxona barpo etiladi. Amudaryo tumanida esa 15 million dollarlik zamonaviy yirik savdo markazi tashkil qilinadi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sohada hindistonlik hamkorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot fanlari universiteti va yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko\u02bbrsatish shifoxonasi tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Turkiyalik hamkorlar ishtirokida Nukus shahridagi \u201cDo\u02bbstlik\u201d kanali bo\u02bbyida Toshkentdagi \u201cSeul Mun\u201d namunasi asosida 103 million dollarlik dam olish, ko\u02bbngilochar va savdo markazi barpo etiladi.<\/p>\n<p>Marosimda xorijiy hamkorlar loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirish muddatlari haqida axborot berdi. Viloyat hokimlari o\u02bbzlariga biriktirilgan tumanlarda yangi ish o\u02bbrinlari yaratish va kambag\u02bbal oilalar daromadini oshirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari nuroniylar, olimlar va keng jamoatchilik vakillarini har bir loyiha ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o\u02bbrnatishga chaqirdi. Bunday yondashuv oilalar farovonligini ta\u02bcminlash, yoshlar kelajagi va Orolbo\u02bbyining mustahkam iqtisodiy poydevorini yaratishga xizmat qilishi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijlik hamkorlar va tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Ramziy tugma bosilib, yangi obyektlar ishga tushirildi va qurilish ishlariga start berildi. Investorlar va hudud faollari bilan samimiy muloqot bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>Shu yerning o\u02bbzida Nukus shahrida yosh oilalar uchun barpo etiladigan \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d turar joy massivining taqdimoti ham o\u02bbtkazildi. Massiv uchun 270 gektar maydon belgilanib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boshlangan. Bu yerda 30 ming aholiga mo\u02bbljallangan ko\u02bbp qavatli uy-joylar, yirik biznes markazlari, savdo, xizmat ko\u02bbrsatish va ko\u02bbngilochar obyektlar quriladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u02bbnggi yillarda hududda tadbirkorlik va&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17368,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-17367","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17367","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17367"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17367\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17371,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17367\/revisions\/17371"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17368"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17367"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17367"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17367"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}